• Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda о‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish.
  • 1-mavzu. Aktdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalari reja




    Download 348.33 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana06.06.2022
    Hajmi348.33 Kb.
    #23105
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-СИНФ ЯНГИ КИТОБИ, 9dbaadd3-97b6-425a-8571-e732867f140f
    Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: dо‘stonalik, foydalanuvchiga 
    moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
    Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida о‘qitishga mо‘ljallangan 
    о‘quv fanining о‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish 
    metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish 
    imkoniyatlarini hisobga olishni kо‘zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik 
    dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 
    1. Pedagogik dasturiy vositalar – о‘quv materialini taqdim etishning 
    tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining о‘zaro bog‘liqligiga tayangan 
    holda qurilishi. 
    2. Pedagogik dasturiy vositalar о‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma 
    kо‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy о‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi. 
    3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga о‘quv materialini 
    bosqichma-bosqich о‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish 
    asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
    Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda о‘quvchilarning psixofiziologik 
    hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qо‘llash asosida 
    о‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishda 
    о‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. 


    Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar kо‘proq 
    ma’lumotlarni yoritishga intilishi о‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi 
    mumkin. О‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni 
    о‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, 
    о‘quvchining о‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi. 
    Fiziologik-gigiyenik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda 
    ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati о‘zlashtiriladigan ma’lumotlar 
    hajmiga teskari proporsional ravishda о‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi 
    sabablar bilan izohlanadi: 
    - kо‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi; 

    yangiliklarni 
    qabul 
    qilishda 
    yuzaga 
    keluvchi 
    dastlabki 
    ruhiy 
    kо‘tarinkilikning tinib qolishi; 
    - yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy 
    hissiyotlarning yig‘ilib borishi; 
    - katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot 
    resurslarini faol о‘zlashtirishga tо‘sqinlik qiladi. 
    Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va 
    joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga 
    olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
    Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi 
    birinchidan: talabalarning о‘quv materiallarini о‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va 
    intellektual rivojlanganligi, ishchanlik kо‘rsatkichlari, motivasion barqarorlik 
    darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, о‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bо‘lib, 
    о‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan rasional 
    foydalanish kо‘rsatkichlari, о‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror 
    motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. 

    Download 348.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 348.33 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Aktdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalari reja

    Download 348.33 Kb.
    Pdf ko'rish