O‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlarini shakllantirishda axborot –




Download 348.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana06.06.2022
Hajmi348.33 Kb.
#23105
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-СИНФ ЯНГИ КИТОБИ, 9dbaadd3-97b6-425a-8571-e732867f140f
 O‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlarini shakllantirishda axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari 
Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy 
faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va 
mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim 
ahamiyatga ega. 
Axborotlar 
oqimining 
ortib 
borishi 
va 
ta'lim 
metodlarining 
murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora 
qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘quv 
jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng 
imkoniyatlarni taqdim qiladi: 
- differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi; 
- teskari aloqa bog‘lashi: o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va 
tuzatib borishi; 
- darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va 
axborot texnologiyalardan foydalanilishi; 
- o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalar hosil qilishi va 
hokazo. 
Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana 
shu jihatdan ham o‘z ustunligiga ega. O‘rganilgan nazariy bilimlarning texnik 


vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi 
o‘quvchilarning ta'lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta'minlaydi. 
Axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish, ikki tomonlama muloqot (o‘qituvchi va 
o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasida)ni samarali tashkil etish o‘quvchilar 
faolligining yuqori bo‘lishini talab etadi. O‘quv-tarbiya jarayonida axborot-
metodik 
ta'minotini 
amalga 
oshirishda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi - ikki tomonlama muloqotni 
ta'minlashdir. Teskari aloqasiz, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi doimiy 
muloqotsiz o‘qitish mumkin emas. Bu jarayonning samarali tashkil etilishida 
o‘quv-biluv motivlari alohida o‘rin kasb etadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o‘z navbatida motivlarni 
yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning 
jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing 
mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va 
fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda 
ta'limga bo‘lgan qiziqishni va bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi 
kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni 
motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat. 
Axborotlashtirish 
axborot 
jarayonlarini 
rivojlantirish 
vosita 
va 
sharoitlarining butun majmui bo‘lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, 
iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy islohotlar qilishni o‘z ichiga oluvchi jarayon bo‘lib, u 
ta'limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini 
kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual 
salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini 
muntazam rivojlanishini ta'minlaydi. 
Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi 
vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi: 
- manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; 
- jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va 
ular asosida nazoratlar olib borish. 
O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, o‘quvchiga 
o‘qituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar 
qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta'lim oluvchining o‘rganilgan 
materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid 
faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta'lim jarayonini tashkil qilish sifatini 
jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq o‘quv jarayonini an'anaviy 
qo‘llanadigan 
sxemadan 
(axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarisiz) 


foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan 
muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. 
O‘qitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini 
izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad 
ta'lim 
oluvchilarning 
bilish 
faolligini 
oshirishga 
maksimal 
darajada 
ko‘maklashishdan iborat. Ta'lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli 
toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish 
uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil qilish ko‘zda 
tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid 
ko‘nikmalarni egallashga alohida e'tibor qaratiladi. 
O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan 
tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik 
tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu 
metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi. 
Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta'lim jarayonida o‘zining munosib 
o‘rnini egallagan, bu ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno 
emas. O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar 
hisoblash texnikasidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini sezilarli 
darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin 
vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta'lim oluvchiga yakka tartibda 
yordam berishini ta'minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va 
boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli 
vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta 
ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) 
imkoni mavjudligidir. 
O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish 
malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish 
uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va 
ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish 
imkonini beradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa 
texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli 
modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xatti-
harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday 
vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik 


va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie 
va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim 
oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim 
oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga 
o‘tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o‘qitish oson va tabiiy 
tarzda amalga oshiriladi. 
Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi 
bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. 
Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi 
dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi 
katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilardan yanada faol bo‘lishni talab etadi. Aynan, 
shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar 
taqdim qiladi. 
O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli 
hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati
axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda. 
Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, 
ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, 
animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik 
xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu 
o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish 
orqali resurslarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga imkoniyatning 
mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega. 
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot 
texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: 
• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning 
zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish; 
• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini 
loyihalash va qo‘llash; 
• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish; 
• zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi 
samaradorlikni kafolatlash. 

Download 348.33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 348.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlarini shakllantirishda axborot –

Download 348.33 Kb.
Pdf ko'rish