|
1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja
|
bet | 54/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)Armaturalar tavsifi.
Armatura po‘latlari asosiy mexanik xususiyatiga qarab, toifalarga bo‘linadi. Bunda kimyoviy tarkibiga ko‘ra turli markadagi po‘latlar bir toifaga kirishi mumkin.
Temirbeton konstruksiyalari uchun armatura, armaturani qaerda ishlatilishi, beton sinfi va turini, armatura maxsulotlarini tayyorlash sharoiti (payvandlangan yoki bog‘langan) va konstruksiyasi, binoni qurish va foydalanish sharoitini hisobga olgan holda tanlanadi.
Armatura sinfi «A» xarfi va rim raqami (raqam qancha katta bo‘lsa, po‘lat shuncha mustahkam bo‘ladi) bilan belgilanadi. Ular quyidagi sinflarga bo‘linadi: A-I; A-P; A-III; A-IV; A-V; A-VI- issik, ishlov berilgan, A- III v-cho‘zib mustahkamlangan; At-Sh; At-IV; At-V; At-VI- termik mustahkamlangan armaturalar. Me’yoriy hujjatlarda armaturaning uzilishidagi nisbiy uzayishining eng kam miqdori beriladi. Bu qiymatlar A-I-25%, A-P-19%, A-III-14%, A-IV÷A-VI-6% gacha va termik mustahkamlangan armatura uchun esa At-IV; At-V; At-VI mos ravishda nisbiy uzayishi 8; 7 va 6 %gacha teng.
Barcha sinfdagi armatura (A-I sinfidan tashkari) davriy profilga ega. Armaturaning tashqi ko‘rinishiga qarab, A-I tekis sillik yuzaga ega. A- II armatura «vint» ko‘rinishiga,A-III, A-IV, A-V, A-VI sinfli armaturalar esa «archa» ko‘rinishiga ega. Armatura sinflarini tashqi ko‘rinishidan ajratib olish uchun ularning yon tomoni bo‘yab qo‘yiladi: A-V-qizilga, At-V -ko‘kka, At-VI yashil ranga.
Sovuq holda cho‘zilgan sim armatura «V» harfi bilan belgilanadi va quyidagi sinflarga bo‘linadi: Vr-I- davriy profil ko‘rinishidagi oddiy armatura simi; V-P-yuqori mustahkamlikdagi tekis sillik sim; Vr-P-davriy profilli yuqori mustahkam armatura simi; K-7-yetti simli arqon; K-19-o‘n to‘qqiz simli arqon.
Beton bilan yaxshiroq yopishuvi uchun sovuq holda tortilgan sim davriy profilli qilib yasaladi, u silindrik yuzani ma’lum oraliqda ezish hisobiga hosil qilinadi (Vr-I; Vr-P;)
Yetti simli arqonlar K-7 bir xil diametrdagi yettita simdan tayyorlanadi va u o‘rtadagi o‘zak simga to‘g‘ri chiziqli oltita simni yondoshtirib o‘raladi (K-19 uchun esa 18 sim ikki qatorda yondoshtirib o‘raladi).
Yondoshtirib o‘ralgan arqonlarning davriy ko‘rinishi ularning beton bilan yaxshi yopishishiga imkon beradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi kunda GOST 5781-94 asosan hamda Yevrostandartga o‘tish munosabati bilan armatura klassifikatsiyasini belgilashda ma’lum o‘zgartirishlar qilindi. Armaturaning mustahkamlik bo‘yicha sinfi me’yoriy standartlarda belgilangan oqish chegarasi bilan belgilanib, u N/mm2 birligi bilan aniqlanadigan bo‘ldi. Misol uchun A-I sinfli armaturaning cho‘zilishdagi vaqtinchalik qarshiligi Rs380 MPa, oqish chegarasi T 235 N/mm2 (A 240) va A-II sinfi uchun esa shunga mos ravishda Rs500 MPa, T 295 N/mm2 (A 300) deb belgilab qo‘yildi. Xuddi shuningdek A-III (A400), A-IV, A-V (A 800), A-VI (A1000) sinflariga bo‘linadigan bo‘ldi. Bunda armaturaning mexanik xossalari 1.1-jadvalda ko‘rsatilgan me’yoriy qiymatlariga to‘g‘ri kelishi kerak.
Shu kunda O‘zbekiston xududidagi aksariyat qurilishlarida GOST 10884-94 bo‘yicha Bekobod metallurgiya kombinatida tayyorlangan, termomexanik usulda ishlov berilgan, asosan diametri 1218mm A-III sinfli armaturalar ishlatilmoqda. Bu armaturalar mustahkamlik ko‘rsatkichi bo‘yicha me’yor talablariga javob beradi.
|
| |