Strategik rejalashtirishning moҳiyati va vazifalari.
Strategik rejalashtirish-bu korxonaning missiyasi va maqsadlarini aniqlash,kelajakda korxona faoliyatini samarali tashkil etishni ta`minlash uchun zarur bo`ladigan resurslarni aniqlash va ularga ega bo`lishda maҳsulot strategiyalarini tanlash jarayonlaridir.
Strategik rejalashtirish jarayoni boshqarish echimlarini qabul qilishda yordam beruvchi vosita bo`lib ҳisoblanadi.Uning vazifasi tashqi muҳitda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga tegishli javob qaytarish uchun zarur bo`ladigan yangiliklarni va o`zgarishlarni ta`minlashdir.Strategiyani rejalashtirish u yoki bu ҳoldagi tezkor ҳarakat bilan yakunlanmaydi.U korxona pozitsiyasining o`sishi va mustaҳkamlanishini ta`minlashga qaratilgan umumiy yo`nalishlarni belgilash bilan tugaydi.
Korxonadagi ҳamma bo`linmalar,ularning birga faoliyat ko`rsatishlarini to`ғri yo`lga qo`yish va baҳolash uchun rejalar tizimini tashkil etish zarurdir.
Strategik rejalashtirish jarayoni uni o`zlashtirish davomida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.Asosiy qiyinchilik shundaki,dastlabki echimlarni qabul qilish jarayoni tashkilotdagi vakolatlarning tarkibi bilan boғliqdir.YAngi strategiya odatda korxonadagi mavjud o`zaro munosabatlarni o`zgartiradi va korxona raҳbariyati siyosatiga zid bo`lishi mumkin.Bunga tabiiy javob-odatiy o`zaro munosabatlarni va vakolatlar tarkibini o`zgartiruvchi ҳar qanday yangiliklarga qarshi kurashdir.YAna bir sezilarli muammo shundaki,strategik rejalashtirishning joriy qilinishi foyda olinishini ta`minlovchi oldingi turli faoliyat bilan yangisi o`rtasida ziddiyatga olib kelishi mumkin,ya`ni tezkor rejalashtirish bilan korxonalarda dastlabki paytda strategik rejalashtirishning joriy qilinishiga tegishli na tamoyillik,na strategik fikrlashga qiziqish bo`ladi.
Keyingi muammo shu bilan boғliqki,bunda korxona odatda samarali strategik rejalashtirishi uchun na o`zi to`ғrisida,na tashqi muҳit to`ғrisida ma`lumotga ega bo`ladi.Bundan tashqari ularda strategiyani ishlab chiquvchi va o`zgaruvchi loyiq boshqaruvchilarning yo`qligi bu masalani ancha murakkablashtiradi.
Uzoq muddatli va strategik rejalashtirish.Ularning o`rtasidagi asosiy farqlar.
Uzoq muddatli rejalashtirishda rejalashtiruvchi sub`ekt bo`lib vazirliklar ҳisoblanadi.Ushbu ҳol bu ishlarning etarli darajada samarali emasligidan dalolat beradi.Vazirliklar bu ishlar uchun etarli imkoniyatlar, strategik ob`ektiv ma`lumotlar va vaqtga ega emas edilar.Bulardan tashqari joylardagi korxonalarning o`ziga ҳos xususiyatlarini to`liq ҳisobga olmas edilar.SHu sababli rejalashtirishning ab`ektivligi past bo`lib,natijalar ҳam ko`ngildagidek bo`lmasdi.Reja «qattiq ko`rsatma»sifatida shakllanardi,bunda strategik rejalashtirishning asosi bo`lmish-rejaning adaptivligini inkor qilinardi.Bu uzoq muddatli rejalashtirishning strategik rejalshtirishdan muҳim,lekin asosiy farqi emas. Asosiy farqi-kelajakni talqin qilishda.
Uzoq muddatli rejalashtirish tizimida kelajak rivojlanishning tarixan shakllangan tendentsiya ekstropolyatsiya aytib beriladi.Korxona raҳbarlari odatda kelajakda faoliyat natijalari o`tgan davrga nisbatan albatta yaxshilanadi deb yondashishadi va bu narsa rejaning asoslanishi bo`lib ҳisoblanadi.
Strategik rejalashtirish tizimida esa kelajakda albatta o`tgan davrga nisbatan yaxshi bo`lishi kerak degan taҳmin qilinmaydi.SHu sababli strategik rejalashtirishda korxona kelajagining taҳliliga katta e`tibor beriladi.Uning asosiy vazifasi bo`lib mavjud tendentsiyani o`zgartiruvchi shart-sharoitlar,imkoniyatlarni aniqlash ҳisoblanadi.Bu taҳlil raqobat kurashida korxona o`rnining taҳlili bilan to`ldiriladi.
Strategik boshqarish evalyutsion yo`l bilan strategik rejalashtirishdan paydo bo`lgan,ya`ni strategik rejalashtirish uning moҳiyatli asosini tashkil etadi.U printspial yangi strategiyalarni amalga oshirish bilan boғliq bo`lgan qiyinchiliklarga duch kelayotgan firmalarda borgan sari katta qiziqish uyғotmoqda.
Strategik rejalashtirish jarayoni va poғonalari.
Ташқи муҳит таҳлили
Кучли ва кучсиз томонлар таҳлили
Миссия ва мақсадлар
Стратегияни баҳолаш
Стратегияни амалга оширишни бошқариш
CHizmada keltirilgan poғonalar strategik rejalashtirishning jarayoni bo`lib ҳisoblanadi.Bir qaraganda bu jarayon oddiydek ko`rinadi. Aslida esa bu o`ziga ҳos murakkab bo`lib,bunda aksiy aloqalar natijasida bu poғonalar bir necha marta qaytariladi,ya`ni ҳar bir poғonaning qaytadan boshlanishidan dalolat beradi. Rejalashtirish jarayonining murakkabligi ҳar bir poғonaning mazmuni bilan aniqlanadi,chunki ҳar bir poғona katta ҳajmdagi tadqiqot ishlarini talab qiladi.
Strategik boshqarishning moҳiyati va vazifalari
Strategik boshqarish-bu firma maqsadlariga erishish uchun uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishni va rejalar tizimi orqali bu strategiyani amalga oshirishning boshqaruv mexanizmlarini yaratishdir.
Strategik boshqarishning moҳiyatini kengroq tushunish uchun tijorat va notijorat korxonalarining tashkiliy «ҳulqi»ga e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.Bu juda muҳimdir. CHunki tashkiliy «ҳulq»stili bilan boshqarish ko`rinishlari o`rtasida uzviy boғliqlik bor.
Tashkiliy «ҳulq» stili asosan ikki xil ko`rinishda bo`ladi:
-O`sishga asoslangan (inkrementalistli).Bunda «erishilgan»dan kelib chiqqan ҳolda maqsadni qo`yish bilan izoҳlanadi va mavjud (shakllangan)ҳulq stilidan minimal oғishga qaratilgan (korxona ichida ҳam,tashqi muҳit bilan munosabatlarda ҳam).Bu konservativ stil bo`lib,yirik tarmoq korxonalari bunga amal qilishadi.
-Ishbilarmonlikka asoslangan.Bu o`zgarishlarga,kelajakdagi ҳavflarni engishga va yangi imkoniyatlarga intilish bilan izoҳlanadi.Bunda ko`p sonli muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va ulardan optimalini tanlab olishda boshqarish echimlari keng izoҳlanadi.Ishbilarmonlikka asoslangan korxona davomiy o`zgarishlar zanjiriga intiladi.CHunki bo`lajak faoliyatining samaradorligini va muvaffaqiyatini shunda deb biladi.Bu agressiv stil bo`lib, o`sishga va rivojlanishga qaratilgan.Bunga faoliyat samaradorligi bevosita bozor sinovlari bilan boғliq bo`lgan tijorat korxonalari amal qilishadi.
Strategik korxonaning maqsadi va tashqi muҳit munosabatlariga bevosita boғliqdir.
Kelajakda korxonaning maqsadlariga erishishini ta`minlovchi potentsial strategik boshqarishning natijaviy maҳsulotlaridan biri bo`lib ҳisoblanadi.
Bunda kirish elementlari: ҳom-ashyo,moliyaviy va odamlar resurisi, ma`lumotlar:chiqish elementlari:ishlab chiqarilgan maҳsulot, ko`rsatilgan xizmatlar, ijtimoiy ҳulq-atvor qoidalaridir.
Strategik boshqarishning yana bir maҳsuloti bo`lib tashqi muҳitda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga korxonaning sezgirligini ta`minlovchi ichki tuzilma va tashkiliy o`zgarishlar ҳisoblanadi.
SHunday qilib strategik boshqarish faoliyati strategik nuqtai nazarlarni ta`minlashga yo`natilgan,u esa o`z navbatida o`zgaruvchan sharoitlarda korxonaning uzoq muddatli faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydi.
Tijorat korxonasida strategik muammolar bilan shuғullanuvchi raҳbar doimiy foyda potentsialini ta`minlaydi.Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
-korxornada strategik o`zgarishlarni amalga oshirish;
-strategik o`zgarishlarga olib keluvchi tashkiliy arxitektonikani ishlab chiqish;
-strategik o`zgarishlarni amalga oshiruvchi kadrlarni tanlash va tarbiyalash.
Strategik boshqarishdan farqli ravishda tezkor boshqarish korxona maqsadlariga erishish uchun mavjud bo`lgan strategik pozitsiyadan foydalanish bilan shuғullanadi. Tijorat korxonasida tezkor boshqarish masalalari bilan shuғullanuvchi raҳbar firma potentsialini real foydaga aylantirilishi lozim.Uning vazifalari quyidagilar iborat:
-umumiy tezkor masalalarni aniqlash;
-moyillik,koordinatsiya ҳamda bo`linma raҳbarlari va ijrochilarni nazorat qilish.
Tijorat korxonalarni boshqarish tizimi biri ikkinchisini to`ldiruvchi ikkita boshqarish faoliyatini o`z ichiga oladi-strategik boshqarish (korxonaning kelajakdagi potentsialini rivojldanishi bilan boғliq) va tezkor boshqarish (mavjud potentsialni foydaga aylantirish bilan boғliq).Strategik boshqarish tadbirkorlik tashkiliy «ҳulq»ni talab qiladi, tezkor boshqarish esa o`sish «ҳulq»ga asoslanadi.
Strategik boshqarish tizimi biri ikkinchisini to`ldiruvchi ikkita kichik tizimdan iborat.
1.Korxona strategiyasini taҳlil etish va rejalashtirish;
2.Real vaqt mashtabida strategik muammolarni boshqarish.
Strategik boshqarish uslubiyoti
Strategik boshqarish uslubiyotining yuzaga kelishi va amaliy qo`llanishi birinchi navbatda korxonaning tashqi muҳitida sodir bo`ladigan o`zgarishlarning ҳarakteridan kelib chiqadigan ob`ektiv sabablardan kelib chiqadi.
1.Boshqarishni nazorat qilish asosida boshqarish.
Bunda korxonaning o`zgarishlarga voqealar sodir bo`lgandan keyin paydo bo`ladi. Bu reaktiv moslashish korxonaga ko`proq ҳosdir,lekin o`zgarishlarning murakkabligi, yangi strategiyani ishlab chiqish va unga tizimni moslashtirishni tushunib etish ko`p vaqtni talab etadi. O`zgarishlar sur`atlarining o`sishi sharoitida bu ma`qul emasdir.
2.Ekstropolyatsiya asosida boshqarish.
O`zgarishlar sur`ati tezlashadi,lekin oldingi tendentsiyalarni ekstropolyatsiya qilish yo`li bilan kelajakni ko`ra olish mumkin (uzoq muddatli rejalashtirish). ekstropolyatsiya mantiqan o`tgan davrdagi qonuniyatlarni kelgusi istiqbolga o`tkazishni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda ekstropolyatsiya tabiatan istiqbol amalidagi ҳolatdan kelib chiqadi va rejaga nisbatan yaxshi bo`linishi taxmin qiladi. SHu xususiyatga asosan kelajakni ekstropolyatsiya uslubi orqali bashorat qilish samarali bo`lishiga katta umid qilinadi.
3.O`zgarishlarni oldindan ko`ra olish asosida boshqarish.
Kutilmagan ҳodisalar ro`y bera boshlaydi va o`zgarishlar darajasi tezlashadi, lekin unchalik darajada emaski,bo`lajak qonuniyatlarni oldindan ko`ra olish va tegishli strategiyani ishlab chiqish yo`li bilan ularga ҳozir javoblikni aniqlashni o`z vaqtida iloji bo`lmay qolsa (strategik rejalashtirish).
4.Tezkor echimlar qabul qilish asosida boshqarish.
Ҳozirgi vaqtda,ko`p sonli muҳim masalalar shunchalik tez paydo bo`lmoqdaki,ularni o`z vaqtida ko`ra olish mumkin bo`lmaydigan sharoitlarda shakllanayapti (strategik boshqarish).
Nazorat savollari:
Boshkaruv karori nima va kanday turlarini bilasiz?
Okilona karor tavsifi nimadan iborat?
Karor kabul kilish jarayoni kanday olib boriladi?
Boshkaruv karor kabul kilish elementlari nimadan iborat?
Samarali karor omillariga nima kiradi?
Nazorat funktsiyalariga nima kerak va kanday turlarini bilasiz?
Karor kabul kilish modellari nima?
Kaysi modellar turlarini bilasiz va utar davrga mosini ayting?
Boshkaruv karorini kabul kilish uslublari nimadan iborat?
Gurux fikrlash tizimi nimadan iborat?
58-mavzu: Maqsadli marketing. Marketing qorishmasi (miks).
Reja:
Marketing — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, , haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropaa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.
Bozorni bilish bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.
Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: 1) rejalashtirish va mahsulotni yaratish; 2) mahsulotning navi va standartlarini belgilash; 3) mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; 4)sotish; 5) omborga joylash; 6)transport xizmati; 7) marketing faoliyatini moliyalash; 8)xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986 yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyingi yillarda „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing boʻlimlari ish olib boradi.
Marketing nima? Asosiy tushunchalar.
Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.
Baker(1976)
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:
• talabni o'rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovarni o'rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o'rgatadi:
• bozorni o'rganishni;
• uni taqsimlashni;
• tovarini joylashtirishni;
• marketing siyosatini olib borishni;
• tovar siyosatini;
• narx siyosatini;
• taqsimot siyosatini;
• siljitish (yo'naltirish) siyosatini;
• yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin).
59-mavzu: Marketing sifatini baholash.
Reja:
Ishlab chiqarish funktsiyasi
Sotuv funktsiyasiga
boshqaruv va nazorat funktsiyasi
|