|
1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari
|
bet | 106/111 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #250627 |
Bog'liq 1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.orgMarketing strategiyasi. Marketing strategiyasi mazmunini yoritishdagi boshlang’ich nuqta bozorni segmentlash va maqsadli bozorlarni tanlab olish hisoblanadi. Har bir maqsadli segmentga, raqobatchilarning undagi o’rnini hisobga oladigan alohida marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda umumiy yo’nalishlar hamda marketing kompleksi har bir tashkil etuvchisining ichki strategiyasi (tovar, baho, sotish va kommunikativ siyosat) ishlab chiqiladi. Natijalar 8.1-jadval shaklida keltirishi mumkin.
8.1-jadval.
Korxonaning marketing strategiyasi.
Mahsulot turi
|
Mahsulot turi bo’yicha bozorni segmentlash
|
Marketing turi
|
Hayotiylik davri bosqichi
|
Sotish kanallari
|
Marketing siyosati
|
Marketing harakatlari
|
Tovar
|
Baho
|
Sotish
|
Kommunikativ
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bozorni qamrab olishning marketing strategiyasini tanlashda quyidagi uchta turidan foydalanish mumkin.
Ommaviy marketing strategiyasiga amal qiluvchi korxonalar muvaffaqiyatining asosiy omillari bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishning standartlashganligi va ommaviyligi hisoblanadi. Uni qo’llashni mahsulot butun bozorga yoki uning yirik segmenti uchun mo’ljallangan hollarda tavsiya qilinadi.
^ Differentsial marketing strategiyasi korxonada bozorning bir necha segmentlarida ular uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot va marketing dasturi asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu o’zlashtirilayotgan har bir bozor segmentiga chuqur kirib borish orqali sotish xajmini o’sishiga imkon yaratadi.
^ Yo’naltirilgan marketing korxona faoliyatini bir yoki bir necha bozor segmentiga yo’naltirilishini talab qiladi. Buning asosiy sharti tanlangan segmentlarda albatta foyda yuqori darajada bo’lishi kerak. Bu strategiya resurslar cheklangan holatda qo’llash tavsiya qilinadi va mazmuniga ko’ra bozordagi o’z o’rnini egallash yo’nalishiga mos keladi. Undan kichik korxonalar foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Korxonaning tovar siyosati
Tovar siyosati o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi2:
assortiment siyosati;
yangi mahsulotni yaratish;
mahsulot sifati sohasidagi korxona strategiyasi;
dizayn strategiyasi;
tovarning bozor atributlari (belgilari);
servis xizmatini tashkil etish strategiyasi.
|
| |