|
1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari
|
bet | 105/111 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #250627 |
Bog'liq 1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.orgZamonaviy marketing korxonaning yuqori foyda olish maqsadida xaridorlarning real so’rovlari va bozorni kompleks o’rganish asosida xizmat ko’rsatish, tovar ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etish tizimidir. Aytish mumkinki, biznes-rejaning barcha bo’limlarini shakllantirish marketingning ulkan salohiyatidan to’liq va keng miqyosda foydalangan holda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga asoslanadi.
Marketingda asosiysi ikki yoqlama va bir-birini to’ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan korxonaning butun faoliyati, ayniqsa, uning mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, fan-texnika tadqiqotlari, kapital qo’yilmalar dasturlarini yaratish bozor va undagi o’zgarishlarni chuqur bilishga asoslansa, ikkinchi tomondan bozorga va mavjud talabga faol ta’sir ko’rsatish, ya’ni ehtiyojlar va iste’molchilik afzalliklarini shakllantirish turadi. Bundan marketingning asosiy tamoyili - ishlab chiqarishning yakuniy natijalari iste’molchilar talab va takliflariga yo’naltirilishi kelib chiqadi.
Ushbu kompleks vazifani bajarish uchun marketing tahliliy, ishlab chiqarish va sotuv funktsiyalarini bajarishi lozim.
^ Tahliliy funktsiya asosan iste’molchilar va raqobatchilarni, shuningdek, tovarning harakatlanishi va sotuv xarakteri, bahoni shakllantirish tizimi va reklamani o’rganishga borib taqaladi. Shu bilan birga korxonaning ichki muhiti, uning ishlab chiqarish imkoniyatlari, raqobatbardoshligi va hokazolar ham tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi doirasida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
yangi tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
yanada mukammal texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ishlab chiqarishni moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash;
mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini baholash.
Sotuv funktsiyasiga quyidagilar kiradi:
tovarni harakatlantirish tizimini tashkil etish;
servisni tashkil qilish;
talabni shakllantirish va sotuvni rag’batlantirish tizimin tashkil etish;
maqsadli yo’naltirilgan tovar siyosatini amalga oshirish;
baho siyosatini yurgazish.
Marketingda boshqaruv va nazorat funktsiyasi ham katta ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagilarni nazarda tutadi:
korxonada strategik va tezkor rejalashtirishni amalga oshirish;
jamoani boshqarishning axborot ta’minoti;
korxonada kommunikatsiya tizimini tashkil qilish;
marketing nazoratini tashkil qilish (teskari aloqa, vaziyat tahlili).
Marketingning bu va boshqa funktsiyalari uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik muhiti dinamikasini kuzatish, ya’ni atrof-muhitning rejalashtirish xarakteri va tendentsiyalari biznesni yuritishga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yoki uning oldiga to’siqlar qo’yishini kuzatishni ta’minlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilish va baholashda avvalo quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
iqtisodiy reallik – ichki milliy mahsulot, dispersion daromad, ya’ni ayni paytda erishilgan turmush darajasi;
ijtimoiy omillar – aholi tarkibi, qadriyatlar, raqobat, tendentsiyalar;
texnik rivojlanish darajasi – texnik taraqqiyot, bozorning texnik taraqqiyotni sezuvchanligi;
huquqiy-normativ muhit – qonunchilik, normativ hujjatlar.
Agar tadbirkorlik muhiti korxonaga tanlangan biznes sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishga imkon bersa, marketing xizmatining faoliyati u ishlashi lozim bo’lgan tovar bozoriga qaratilishi lozim. Bunda korxonaning bozorga chiqishida uch variant mavjud: qo’shilish, ilgari mavjud bo’lgan mavqeni saqlab qolish va qisqartirish.
U yoki bu yo’nalishni tanlash ko’plab masalalarni bajarishga, birinchi navbatda korxonaning yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot chiqarish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi. Biroq bungacha boshqa masalani hal qilib olish kerak: korxona u chiqarayotgan yoki mo’ljallayotgan mahsulotga talab qanday vujudga kelishi, uning narx o’zgarishiga qanchalik moslashuvi va bu moslashuvchanlikning yakuniy natija foyda(daromad)ga qanchalik ta’sir ko’rsatishini bilishi lozim.
Marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqarishni bozor talablariga maksimal moslashtirishni, qo’l ostidagi mavjud vositalar (mahsulot sifati, reklama, servis va x.k.) yordamida bozor va iste’molchilarga faol ta’sir o’tkazishni ta’minlash zarurdir. Korxona o’z mahsulotini iste’molchigacha etkazishga qobiliyatli ekanini ko’rsatish kerak.
Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida marketing rejasi mufassal ishlab chiqishni talab qiladigan ko’plab savollarni yoritishni talab qiladi1. Lekin barcha savollarni rasmiy biznes-rejaga kiritish zarur emas. Mazkur bo’limga biznes-rejaning maqsadlaridan kelib chiqib, rejalashtirilayotgan marketing faoliyatining asosiy (eng qiziqarli) holatlarini kiritish maqsadga muvofiq.
Bo’limning tuzilmasi quyidagicha bo’lishi mumkin.
|
| |