1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari




Download 279,18 Kb.
bet29/58
Sana08.02.2024
Hajmi279,18 Kb.
#152926
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
1-Mavzu Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi f

3. Amaliy metodlar.
Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan metodlar o`qitishning amaliy metodlari hisoblanadi.
Xususan, bunday metodlarga yozma va og`zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish vazifasini bajaradi.
Mashq deb, biror amalni o`zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish, ijodiy kabi turlarga bo`linadi. Hozirgi vaqtda o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida ijodiy mashqlarga keng o`rin berilgan. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo`yicha masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqalar kiradi.
Miqdorlar va ularning o`lchanishi bilan tanishtirishda amaliy va laboratoriya ishlaridan keng foydalaniladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini o`tkazish o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini faol egallashlariga imkon beradi, mustaqil hukm chiqarish va xulosalar qilishga oid elementar tadqiqotchilik ko`nikmalarini rivojlantiradi, o`quvchilar tasavvurini boyitadi va ularning bilim doiralarini kengaytiradi.
Keyingi yillarda dasturlarda geometrik materiallarning ko`payishi munosabati bilan amaliy ishlarning ham salmog`i ortdi. Geometrik figuralarni tayyorlash, ularni chizish, qirqish, qog`oz varag`ini buklash yo`li bilan to`g`ri burchak hosil qilish va modellashtirish, atrofdagi narsalardan va chizmalardan ma’lum figuralarni tanlash, o`quvchilarda eng ko`p ishlatiladigan o`lchash asboblari bilash ishlash malakasini shakllantirishga yo`naltirilgan maxsus mashqlar bajarish ishlari sistematik amalga oshiriladi.
O`quvchilar o`zlarining shaxsiy amaliy ishlari asosida qaralayotgan figuralarning ba’zi xossalari bilan tanishishlari, olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishda ishlatishni o`rganib olishlari kerak.

Download 279,18 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Download 279,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari

Download 279,18 Kb.