• Masofaviy ta’lim
  • 1-Mavzu. Boshlang'ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari. (4 soat) reja




    Download 22,3 Kb.
    bet6/8
    Sana09.12.2023
    Hajmi22,3 Kb.
    #114323
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-Mavzu. Boshlang\'ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, pred
    sAU1bkLXKfOBoAaL, Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish, Til tarixi mustaqil ta\'lim sirtqi, Ariza namuna yotoqxona, deviant xulq ogishgan, 2-ma`ruza (1), band-qilish-qoidalari, 8-sinf Kimyo fanidan nazorat ishi daftari 2022-2023, Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, download-order (1), 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari, 4 mavzuChiziqli tenglamalar sistemasini matritsalar usulida yechish, 5 ga qabul test 1-vr, 2-mavzu.CHIZMALARNI TAXT QILISH. STANDART.FORMAT. MASSHTAB
    Maktabdan tashqari ta’lim
    Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
    Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
    Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, «Barkamol avlod» bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
    Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
    Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
    ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
    ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
    dual ta’lim;
    oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
    katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
    inklyuziv ta’lim;
    eksternat tartibidagi ta’lim;
    mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
    Masofaviy ta’lim
    Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
    Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    Dual ta’lim
    Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
    Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 22,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 22,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu. Boshlang'ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari. (4 soat) reja

    Download 22,3 Kb.