Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari




Download 27.33 Kb.
bet3/4
Sana16.04.2023
Hajmi27.33 Kb.
#51836
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу -Матн
Axmurzayeva Fotima 50.22, 1-Mustaqil ish.docx kiber, Innovative Centre 27-12-2022 (1), 1-ON test savollari —талабага, 8-Algebra. 5-NI, 105-Буйруқ, Терррориз 167-II 15.12.2000 (1), 3-3-мавзу - лотин тақдимот, 2-мавзу - лотин тақдимот, 3-4 мавзу -текст лотин, Экстремизм ЎРҚ-489 30.07.2018 (1), 7.6.1-мавзу 111-112, 131-133, 3.РИСОЛА АБДУЛЛАЕВ 10.10.22, 4-ИХ-123
Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorizm (lotincha – “qo’rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo’ravonlikdan hamda zo’ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, “terror” dushmanni jismoniy zo’ravonlik yo’li bilan qo’rqitish, hatto uni jismonan yo’q qilishni anglatadi. “Terrorizm” esa terror amaliyotidir. Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo’lsa, u holda terrordan kelib chiqqan terrorizm aslo yangi hodisa bo’lmay, bugungi kungacha asrlar qo’ynidan etib kelgan, deb hisoblash mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida “terrorizm”ga quyidagicha ta’rif berilgan: “Terrorizm – xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur etkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo’rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsni biron bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo’rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug’diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo’lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko’maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag’-vositalar va resurslar berish yoki yig’ishga, boshqa xizmatlar ko’rsatishga qaratilgan faoliyat”.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarda terrorizmning nihoyatda muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo’nalishi turlicha bo’lgan terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko’rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik harakatining ko’lamigina emas, balki metodlari ham o’zgardi. Uning eng dahshatli ko’rinishlaridan biri – o’zini avvaldan o’limga tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.

Download 27.33 Kb.
1   2   3   4




Download 27.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari

Download 27.33 Kb.