• Onlayn
  • Moderator
  • Forum – shunday imkoniyatga egaki, mavzu yoki muammolarning yechimini hamkorlikda muhokama etish mumkin. Qisqacha qilib aytsak, Forum –




    Download 175,96 Kb.
    bet33/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi175,96 Kb.
    #145269
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bog'liq
    1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.org

    Forum – shunday imkoniyatga egaki, mavzu yoki muammolarning yechimini hamkorlikda muhokama etish mumkin. Qisqacha qilib aytsak, Forum – bu Internet imkoniyatlaridan biridir.
    Forum quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:
    1. tezkorlikda muhokama eta olish. Unda tezlikda axborotni o‘qish, javob berish yoki o‘z shaxsiy fikrini bildirish, yoki savol berish, bergan savoliga ma’lum vaqt o‘tishi bilan javob olish imkonini beradi;


    2. biror loyiha yoki hujjatlarni yaratishda hamkorlikda ishlash. Forumda hujjatlarni, rasm, sxemalarni namoyish etish, muhokama etish, tahrir qilish mumkin. Bu o‘z navbatida g‘oyalar, hujjatlarni ishtirokchilar fikrini hisobga olib yaratish imkonini yaratadi;


    3. ishtirokchi o‘ziga qulay vaziyatda murojaat etishi, materiallar bilan tanishishi, shular asosida javoblarini yozib yuborishi mumkin;


    4. o‘zaro tajriba almashish, ma’lum mavzular bo‘yicha bilim va axborotlarni olish – berish mumkin. Ishtirokchi passiv holda faqat mavzu mazmunini erkin olishi mumkin. Zarur mavzulardagi ma’lumotlarni olish orqali kasbiy, metodik mahoratlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi;


    5. Forumda o‘z hamkasblaringiz, do‘stlarni qidirib topish imkoniyati tug‘iladi. Qatnashchilar o‘z kasbiy va ijodiy ishlarini namoyish etish va aksincha axborotlarni Onlaynxabarlar orqali olishi mumkin.




    Elektron forumlar – Internet va elektron pochtalardan foydalanib o‘tkaziladigan seminardir.
    Seminarning moderatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, so‘ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama ettiradi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o‘z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muzokara natijalari asosida xulosalar chiqariladi.
    Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to‘g‘ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarini mustahkamlashga ta’sir etadi.
    Moderator forumga boshchilik qiladi, munozaraning to‘g‘ri borishini ta’min etadi, kerakli joyda uni yo‘naltiradi. Zarur hollarda tuzatishlar, takliflar kiritadi. Forum qatnashchilari savollar berish, ayrim narsalarni anglab olish orqali, ishtirok etishlari kerak. Munozara qatnashchilari boshqalar savol-javoblarini eshitgan holda o‘zlari ham faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq.

    Download 175,96 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Download 175,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Forum – shunday imkoniyatga egaki, mavzu yoki muammolarning yechimini hamkorlikda muhokama etish mumkin. Qisqacha qilib aytsak, Forum –

    Download 175,96 Kb.