|
Ikkinchi bir variantda esa asosiy o‘quv mashg‘ulotlari masofaviy asosda olib boriladi
|
bet | 29/36 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 175,96 Kb. | | #145269 |
Bog'liq 1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.orgIkkinchi bir variantda esa asosiy o‘quv mashg‘ulotlari masofaviy asosda olib boriladi. Ta’lim oluvchilar vaqti-vaqti bilan ta’lim muasasasida obzor ma’ruzalar, seminarlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish, masofadan egallagan bilim va malakalari bo‘yicha muhokama va munozaralarga qatnashadilar.
Kompyuter aloqa tarmog‘ida o‘qitishga asoslangan model (setevoe obuchenie) .
Bu model quyidagi 3 variantda amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Birinchi variant. Tarmoq orqali avtonom kurslarni o‘qitish (ayrim faktlar bo‘yicha maxsus kurs profilli yo‘nalish, til o‘rganish va xokazo). Modelning bu variantini amalga oshirishda ta’lim oluvchilarga kerak bo‘ladigan barcha materiallar (o‘quv tematik rejalar, modullar, qo‘shimcha materiallar, turli xil WEP-sahifalar testlar va h.k) ta’lim muasasasining saytida joylashtiriladi. Bu variantda o‘qituvchi bilan yuzma-yuz uchrashuv nazarda tutilmaydi. Barcha jarayonlar tartib bilan amalga oshiriladi.
Ikkinchi variant. Axborot ta’lim metodi.
Bunday holda barcha materiallar virtual muasasaning ichida joylashtiriladi.Ta’lim oluvchi uchun bo‘ladigan barcha materiallar (shu jumladan,nazorat materiallari va nazorat o‘tkazish mexanizmi) shu portalningu yoki bu qismida joylashadi. Bir qator chet mamlakatlarning ochiq universitetlarida masofaviy ta’lim aynan shu model asosida olib borilayotganligini kuzatish mumkin.
Uchinchi variant. Keys - texnologiyasiga asoslangan tarmoq talabalar. Bu model masofadan o‘qitishni tashkil qiluvchi ta’lim muasasasi tomonidan o‘qitish vositalarining kompleksi sifatida tayyorlanadigan masofadan o‘qitishning barcha materiallari, vazifalar, tavsiya hamda ko‘rsatmalar va boshqalardan iborat majmuani (keyin) pochta orqali ta’lim oluvchiga yetkazishni nazarda tutadi. Qog‘ozga tushirilgin ,shuningdek,elektron axborot tashuvchi vositalarga kiritilgan materiallardan iborat bo‘ladi. Keys – texnologiyasida disklarga yozilgan yoki videokassetalarga tushirilgan videomateriallar, sidi-ma’ruzalar, videokliplar, illustrativ-izohli ma’ruzalar keng o‘rin oladi.
Masofaviy ta’lim jarayonini boshqarish va nazorat qilish asosan internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.O‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar orasidagi o‘zaro aloqalar, ta’lim oluvchilarning o‘zaro aloqalari elektron pochta, internet aloqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunday ta’limni amlga oshirishda ta’lim muasasasining saytida Keys-texnologiyaga ilova sifatida:
turli xil qo‘shimcha materiallar, ma’lumot – axborot vositalari, shuningdek, boshqa saytlarga murojaatlar;
avtomatik boshqaruvni nazarda tutuvchi nazariy ishlar, testlar;
ma’lum bir masala yoki muammoni jamoa ravishda muhokama qilish uchun telekonferensiya Web sahifasi;
maxsus xonalar, shuningdek, paydo bo‘ladigan muasasalar savollariga javob topish xamda o‘qituvchilarning konsultatsiyasidan foydalanish uchun forum;
videokonferensiya (imkon boricha) joylashtiriladi.
Bu modelda o‘quv materiali ta’lim oluvchi tomonidan asosan mustaqil o‘zlashtirilishi, lekin Keys-texnologiyada ko‘rsatilgan ba’zi vazifalarni bajarishda o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida virtual hamkorlik nazarda tutiladi.
Endi loyiha g‘oyalariga mos modelni aniqlash yoki boshqacha qilib aytganda bu g‘oyalarning yuqorida ko‘rib chiqilgan modellarining qaysi birini tanlab olish kerakligini ko‘rib chiqamiz.
Yuqorida sharxlangan modellarga yana bir nazar tashlasak ,masofadan o‘qitish metodining “integratsichsiga” asoslangan modelda talabalarning qaysidir bir qismi bari bir guruh-dars shaklida o‘tkazilishini nazarda tutilishi bilan masofadan o‘qitishning “saytli o‘qitish” modelining “Keys-texnologiya” variantida ham garchi ta’lim oluvchilar bilan o‘qituvchilarning yuzma-yuz ro‘para bo‘lishlari inkor qilinishi bilan ba’zi bir jihatlari mos kelmaydi.
Masofaviy ta’lim metodi o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega:
egiluvchanlik jadval asosida o‘qitish har bir talaba tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha kursni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy muddatda o‘qiydi.
parallel o‘qish imkoniyatining mavjudligi. O‘qish ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.
talabalar va tyutorning ta’lim muasasasining qaerda joylashganligiga bog‘liq emasligi.Ta’lim xizmat qilish markazlari va muasasalariga qatnashmasdan , ya’ni yo‘l, turar joy, ovqatlanish va xonalarni ijarasiga ketadigan harajatlarsiz amalga oshiriladi.
bilimlarni sirtdan nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi.
obyektiv nazoratning qiyinligi va talabalarda to‘g‘ri fikr bo‘lsa, ta’lim olishni suiste’mol qila oladi.
o‘quv-metodik materiallarni taqdim qilishning maxsus shaklining ustunligi,
talabalarning ta’lim muhitida mustaqil ishlash malaka va ko‘nikmalarini jadallashtirish imkoniyati borligi.
Masofaviy ta’lim metodi asosida o‘qishni tashkil etishda:
masofaviy o‘qitish kursi
Bu esa talabalarda mustaqil o‘qish, o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonida faol pozitsiyada turish muhitini yaratadi.
|
| |