|
1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja
|
bet | 26/36 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 175,96 Kb. | | #145269 |
Bog'liq 1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.orgFranchayzing (ingl. “franchise” – “litsenziya”, “huquq”; o‘zaro hamkor universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalarda, konsorsiumga a’zo yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) bilan o‘zaro hamkorlikka erishgan Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliyatni tashkil etadi).
Validatsiya (ingl. “validation” – “qondirish”; ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiligi muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiyasi, ikkinchisi o‘quv kurslari, dasturlarini akkreditatsiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.).
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga ko‘ra zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi; bir oliy yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarga telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televidenie universiteti (China Central Radio and TV Universty)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan foydalaniladi).
|
| |