• O‘qitishning kunduzgi guruh dars va masofaviy integratsiyasiga asoslangan model
  • 1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja




    Download 175,96 Kb.
    bet28/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi175,96 Kb.
    #145269
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
    Bog'liq
    1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.org

    Axborot madaniyati - talabalarning kundaoik hayoti va faoliyatida axborot texnologiyalarining barcha turlaridan tegishli, o‘quv biluv jarayonida foydalana olish ko‘nikma va malakasidir.
    Ta’lim tizimi oldida keng talabalar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora maslahatchiga, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi.O‘qituvchi axborot egasi ,tarkatuvchi funksiyalarini axborot –kommunikatsion texnologiyalari zimmasiga yuklay boradi.
    Bunda bosh masala bilimlar va bilimlar olamiga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o‘zlashtira olishiga bog‘lanib qoladi.
    Talabalar axborot texnologiyalarida yangicha qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot bilishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo‘ladi.
    Ta’limda o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishning nutq, so‘z,tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi.
    Global kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi o‘ziga xos usul va shakllarni vujudga keltirmoqda.
    Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining yangicha turlari, tafakkur qilish va o‘zini –o‘zi anglashning o‘zgacha tarzi bilan xarakterlanadi.
    Masofaviy ta’limga kompyuter texnikasining kirib kelishi yangi muammoni – “inson-kompyuter” munosabatlarini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda bir qator mamlakatlar masofaviy ta’lim amaliyotida qo‘llayotgan masofaviy ta’limning quyidagi ikki modeli- qisqacha tahlil va izohlash orqali masofaviy ta’lim metodi mazmuni va moxiyatiga to‘xtalamiz.


    1. O‘qitishning kunduzgi guruh dars va masofaviy integratsiyasiga asoslangan model. Bu model asosidagi masofaviy ta’limda yagona o‘quv jarayonining bir qismi guruh-dars shaklida , qolgan boshqa qismi esa masofaviy shaklda o‘tkaziladi.O‘qituvchi bu jarayonni samarali tashkil qilishdan oldin uni loyihalaydi - o‘quv predmetining qaysi qismini guruh -dars shaklida, qaysi qismini masofaviy olib borishni rejalashtiradi. Bu o‘qituvchi raxbarligida va uning ssenariysi asosida o‘tadi. Bunda ta’lim oluvchining o‘quv jarayoniga ta’sir etishi nazarda tutilmaydi. Bu model ikki variantga ajratiladi.

    Birinchi variantda asosiy (bazaviy) ta’lim oluvchilar guruh-dars shaklida, talabalarning bir qismi esa masofaviy shaklda olib boriladi. Talabalarning bir qismini ta’minlash va modelni amalga oshirish uchun maxsus sayt ochilib, unga kerakli materiallar joylashtiriladi.



    Download 175,96 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




    Download 175,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja

    Download 175,96 Kb.