• Birlamchi model
  • Ikkilamchi model
  • Aralash model
  • Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim metodlari




    Download 175,96 Kb.
    bet25/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi175,96 Kb.
    #145269
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
    Bog'liq
    1-mavzu Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyat-fayllar.org

    Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim metodlari. Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi medellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (rasm):

    9 chizma. Masofaviy ta’limning yetakchi modellari.


    Quyidagi ushbu modellarning mohiyati ochib boriladi.


            1. Birlamchi model (u faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga ko‘ra ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi; ta’lim barcha holatlarda masofadan tashkil etiladi; o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan maslahat olish, yakuniy imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat ko‘rsatadi).


            2. Ikkilamchi model (unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi; asosiy e’tibor amaliy tajribaga, pedagogika innovatsiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi Yangi Angliya universiteti (University of New England) mana model asosida faoliyat olib boradi).


            3. Aralash model (masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning integratsiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi).


            4. Konsorsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”; masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar o‘quv materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni bo‘lishib olgan holda bajaradi; M: bir universitet masofaviy ta’lim uchun o‘quv materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditatsiyasini ta’minlaydi; bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikda erishishlari mumkin; Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada) ushbu model asosida ish ko‘radi).



            5. Download 175,96 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




    Download 175,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yetakchi xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan masofaviy ta’lim metodlari

    Download 175,96 Kb.