|
1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja
|
bet | 65/72 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 268,16 Kb. | | #139504 |
Bog'liq 1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazQisqacha xulosalar:
XX asrda aholining ommaviy migratsiyasi jahon hamjamiyatining eng xarakterli tendensiyalaridan biriga aylandi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro (tashqi) migratsiyaning turli shakllari - mehnat, oilaviy, rekreatsion, turistik va boshqa turdagi shakllari mavjud bо‘lib, xalqaro mehnat migratsiyasi, xalqaro ishchi kuchi bozori muammolari jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muhim о‘ringa ega.
Xalqaro ishchi kuchi bozori milliy chegaralarni kesib о‘tuvchi turli- tuman mehnat resurslari oqimini qamrab oladi. Jahon mehnat bozori jahon aholisining ish bilan bandlik darajasi, uning tarmoqlar, kasb-malaka, demografik, ishsizlikning kо‘larni va о‘zgarishi kabi asosiy jarayonlarni aks ettiradi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining vujudga kelishi jahonning iqtisodiy rivojlanishining global xarakteri, jahon xо‘jaligi aylanmasiga mamlakatlarni о‘zaro bog‘liqligi va ularning iqtisodiy rivojlanishidagi notekislik bilan bog‘liq.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoda ishchi kuchi migratsiyasi faol rivojlandi. Bu davrda migrantlarning ulushi kо‘rsatkichi barqarorligi kuzatiladi. 2005-2010 yillar mobaynida jahonda migrantlar soni 18,7 million kishiga о‘sdi.
Dunyoning yirik mintaqalari orasida aholining jadal migratsion о‘sishini Janubiy Yevropada (yiliga о‘rtacha 4,9%), Shimoliy Amerikada (3,6%) va AQShda (3,3%) mavjudligini ta’kidlash lozim. Rivojlangan mamlakatlarga kо‘chib kelayotgan xalqaro migrantlarning kо‘pchilik qismi rivojlanayotgan mamlakatlardan kelib chiquvchilardir.
BMT ma’lumotlariga kо‘ra, hozirgi kunda jahonda 200 mln.dan ortiq kishi о‘z vatanini tark etib, chet elda yashaydi. Ularning pul о‘tkazmalari kо‘pincha nafaqat ularning oilalari uchun eng muhim qо‘shimcha doimiy daromadlarning manbaiga, balki umuman mamlakat uchun ham valyuta tushumlarining muhim manbaiga aylanadi.
Hozirgi vaqtda О‘zbekiston ham tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Jumladan, О‘zbekistondan chet ellarga mehnat qilishga yо‘l olayotganlarning 80,0% Rossiyada ish topishni afzal kо‘radilar. Shu bilan birga, Qozog‘istonga MDH mamlakatlaridan kelgan mehnatkash-migrantlarning 57,6% ni ham О‘zbekiston fuqarolari tashkil etadilar.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini tashkil etishni tartibga solishga doir bir qator qarorlar qabul qilingan bо‘lib, mazkur qarorlarda tashqi mehnat migratsiyasini davlat tomonidan boshqarish, respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimi va uning mexanizmlari belgilab berilgan.
9-mavzu. Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar
|
| |