• Ikkinchi bosqichd
  • Uchinchi bosqichd
  • 10-mavzu. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi sharoitida iqtisodiy havfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari
  • 1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja




    Download 268,16 Kb.
    bet68/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Birinchi bosqichda, AQSH zudlik bilan Meksika eksportiga 84% tariflarni (neft eksporti bundan mustasno) va Kanada eksportiga 79% tariflarni bekor qiladi. О‘z navbatida, Meksika Amerika tovarlarining 43% va Kanada tovarlarining 41% ga (ulardan 80% asosiy kapital (mashina, asbob-uskunalar, elektron detallar, transport vositalari) va kimyoviy tovarlardir) tarif tо‘siqlarini olib tashlashi kerak.
    Ikkinchi bosqichda, AQSH va Kanada 1200 turdagi mahsulotlarga (shu jumladan, avtomobil va tekstil sanoati mahsulotlariga) bо‘lgan tariflarni bekor qiladi (1991 yili ular Meksika neft eksportining deyarli 80% ni tashkil etgan). Meksika esa о‘z navbatida 2500 turdagi mahsulotga bо‘lgan boj tariflarini bekor qilishi zarur (AQSH eksportining 18% va Kanadanikida 19%).
    Uchinchi bosqichda, AQSH va Kanada Meksika neft eksportiga bо‘lgan boj tariflarini 12 va 7% ga qisqartirishi rejalashtirilgan. Shu vaqtning о‘zida, Meksika AQSH va Kanada eksportiga bо‘lgan tariflarni 48% ga qisqartirishi lozim.
    Oxirgi bosqichda, uchchala mamlakat «sezuvchan tovarlar» (Meksikada - g‘alla, sut kukuni, loviya; Kanadada - parranda va sut mahsulotlari; AQShda - meva-sabzavotlar) qolgan 1% li importni cheklovchi tariflarni bekor qilishi nazarda tutilgan.
    Shuningdek, mamlakatlar о‘rtasidagi tovarlarning erkin harakatini qiyinlashtiruvchi notarif cheklov vositalarini yо‘qotish zaruriyatini ham unutmasligimiz lozim. NAFTAga asosan, agar bu bitimda nazarda tutilmagan bо‘lsa, hech bir mamlakat boshqa mamlakatdan importni yoki eksportni cheklay olmaydi. Bundan faqatgina GATTning XI - moddasida nazarda tutilgan holatlar mustasno. NAFTAning katta yutug‘i sifatida Meksika tovarlariga AQSH va Kanada bozorlarida past nazar bilan qarashga barham berilishi e’tirof etilmoqda. О‘z navbatida, Meksikada import litsenziyalarning bekor qilinishi AQSH va Kanada eksporti hajmini oshishi va samaradorligini о‘sishiga imkon berdi.
    NAFTA chegaralarida tovaming kelib chiqish mamlakatini aniqlash bо‘yicha qat’iy qoidalar belgilangan. Unga kо‘ra mahsulotga uchala mamlakatlarning birida jiddiy ishlov berilgan bо‘lsa, ushbu mahsulot shu mintaqada ishlab chiqarilgan hisoblanadi (ishlovning turiga qarab mahsulot tannarxida Shimoliy Amerika hissasi 50-60% dan kam bо‘lmasligi lozim). Kelib chiqish mamlakatini aniqlashning alohida qoidalari sanoatning mahsus sohalari mahsulotlariga (avtomobil, kompyuter, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish) nisbatan qо‘llaniladi.
    ESZning о‘ziga xos xususiyati shundaki, uning asosiy maqsadi mamlakatlar о‘rtasida savdoni tо‘liq erkinlashtirish bо‘lsada, ma’lum istisnolar nazarda tutilgan. Muzokaralar davomida tomonlar NAFTAdan ma’lum sohalarni chiqarib tashlashni talab etganlar: Kanada – madaniyatni, AQSH – dengiz tashuvlarini, Meksika – neft sanoatini. Meksika uchun neft sohasi strategik ahamiyatga ega. Ushbu sohaga sarmoya kiritishning imtiyozli huquqlari davlatga tegishlidir va bu sohada dalat о‘zining REMEX kompaniyasi orqali katta salmog‘ga egadir. AQSH neft sanoatining hech bо‘lmaganda ba’zi sohalariga investitsiya kiritish huquqi uchun talabgor edi. Lekin, bunga qaramay, Meksika hukumati neft sanoatining kо‘p sektorlariga investitsiya kiritish bо‘yicha cheklovlarni saqlab qola oldi.
    NAFTA asosida ko’rib chiqilgan kelishuvlar sarasiga xizmatlar savdosi, investitsiya harakati, intellektual mulk huquqi kabi masalalar kirdi.
    NAFTAga asosan Shimoliy Amerika investorlari uchun korxonalar tashkil etish, kompaniyalarni xarid etish, kengaytirish va boshqarish masalalarida tо‘siqlik qilmaslik haqida yagona kelishuvga kelingan.
    NAFTAning yana bir muhim yutug‘i sifatida xorijiy investorlarga qо‘yilgan bir qator cheklovlar va talablarning bekor qilinishidir (ayniqsa, Meksikada): ma’lum miqdordagi tovar va xizmatlarning majburiy eksporti, faqatgina mahalliy xom ashyo va xizmatlardan foydalanish, texnologiyalarni singdirish va qoldirish. NAFTAga asosan AQSH, Kanada va Meksika investorlari yanada erkin faoliyat yuritishlari maqsadida quyidagi huquqlarga ega bо‘ldilar: daromad va kapitalni olib chiqib ketish, chiqarib tashlash hollarida adolatli kompensatsiyani olish, investorlar va hukumat о‘rtasida yuzaga kelgan tortishuvlarni arbitraj orqali hal etish. Lekin shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, Meksika о‘zining energetika, temir yо‘l va yana bir qator sohalariga xorijiy investitsiyalar kiritmaslik huquqini saqlab qoladi.
    NAFTAga xizmatlar savdosiga bag‘ishlangan bobning kiritilishi a’zo mamlakatlar uchun juda muhim qadam bо‘ldi. Ayniqsa, bu masalada Meksika kо‘proq manfaatdor edi. Chunki, 80-yillardan boshlab ushbu soha mamlakat YAIMning yarmidan ortig‘ini, undagi bandlar soni 60% ni tashkil etadi. NAFTA xizmatlarning deyarli barcha turini о‘z ichiga qamrab oldi (shu jumladan moliyaviy sohani ham). Bundan faqatgina dengiz va havo tashuvlari, buxgalteriya hisobi, arxitektura, yer usti transport tashuvlari, konsalting, injiniring, nashriyot, tijorat ta’limi, reklama, radio, qurilish, turizm, sog‘liqni saqlash, huquqiy xizmatlar mustasno. Bu NAFTA ushbu sohalarda litsenziyalash va sertifikatlash talablarini susaytiradi degani emas. Lekin, sog‘liqni saqlash, yuridik xizmatlar, buxgalteriya hisobi kabi sohalarni kamsitmaslik tamoyiii obyektiv talablar bilan hisoblashishi va raqobat uchun zaruriy muhit yaratishi zarur.
    Shunga qaramasdan, Kanada va Meksika mutaxassislari Amerika mutaxassislari о‘tgan sertifikatsiya va litsenziyalash jarayonini о‘tmas ekan, AQShda ishlay olmaydi. Masalan, Meksikalik arxitektor vaqtinchalik yashash tartibi asosida AQShga kelishi mumkin, lekin u AQShda sertifikatsiyadan о‘tmagunicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi.
    Bitimni samarali faoliyat kо‘rsatishi maqsadida uning institutional strukturasi tuzildi. U о‘z ichiga erkin savdo bо‘yicha komissiya, kotibiyat va qо‘mitalar (tovarlar savdosi, qishloq xо‘jaligi mahsulotlari savdosi, sanitariya va fitosanitariya nazorati, standartlar, kichik biznes, moliyaviy xizmatlar, savdo va raqobat, ishchi guruhlari bо‘yicha), ishchi guruhlarni (kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalari bо‘yicha, qishloq xо‘jaligini subsidiyalash bо‘yicha Meksika - AQSH, Kanada - Meksika kabi ikki tomonlama ishchi guruhlar) oldi.
    Asosiy xulosalar
    Globallashuv jarayonlarining rivojlanishida TMKlarning ahamiyati juda katta. Xalqaro kompaniyalar – bu milliy kapitalni boshqa davlatlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning kо‘pchilik qismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy shakli bо‘yicha esa konsernlarni ifoda etadi. BMT metodologiyasi bо‘yicha xalqaro korporatsiyalarga an’anaviy ravishda yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq va kamida 6 ta davlatda filiali bо‘lgan firmalar kiritilgan. Keyingi yillarda rezident- davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar miqdori kо‘rsatkichi ham kiritildi.
    Zamonaviy xalqaro kompaniyalar transmilliy, ya’ni bir millatli yoki kо‘p millatli bо‘lishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini о‘z ichiga oluvchi subyektlar tizimini ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa davlatlardagi xorijiy filiallarining aktivlarini nazorat qiladi va odatda ularning kapitalida о‘z ulushiga ega bо‘ladi.
    2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi kо‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni, shu jumladan yetakchi TMKlarni keng va chuqur qamrab oldi. 2008-2010 yillarda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi 20% gacha pasaydi.
    Shunga qaramay, О‘zbekistonda investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida investitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga kо‘p, ya’ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investitsiyalar о‘zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi.
    Respublikamiz dunyoning yetakchi TMKlari xorijiy investitsiyalarini jalb qilish yо‘li bilan avtomobilsozlik, samolyotsozlik, elektronika va radioelektronika, shuningdek, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xо‘jaligi uchun kichik mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni ta’minlovchi boshqa istiqbolli tarmoqlar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
    NAFTAning yana bir muhim yutug‘i sifatida xorijiy investorlarga qо‘yilgan bir qator cheklovlar va talablarning bekor qilinishidir (ayniqsa, Meksikada): ma’lum miqdordagi tovar va xazinalarning majburiy eksporti, faqatgina mahalliy xom-ashyo va xizmatlardan foydalanish, texnologiyalarni singdirish va qoldirish. NAFTAga asosan AQSH, Kanada va Meksika investorlari yanada erkin faoliyat yuritishlari maqsadida quyidagi huquqlarga ega bо‘ldilar: daromad va kapitalni olib chiqib ketish, chiqarib tashlash hollarida adolatli kompensatsiyani olish, investorlar va hukumat о‘rtasida yuzaga kelgan tortishuvlarni arbitraj orqali hal etish. Lekin shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, Meksika о‘zining energetika, temir yо‘l va yana bir qator sohalariga xorijiy investitsiyalar kiritmaslik huquqini saqlab qoladi.
    Yevropa mamlakatlari о‘rtasida yaqin hamkorlikni о‘rnatish fikrining siyosiy mahsuli Yevropa hamjamiyati tashkil etilishi va keyinchalik, uning Yevropa Ittifoqiga taraqqiy etishidan ancha oldin yuzaga kelgan edi. Gegemoniya yoki kuch orqali birlashishga majburiash harakatlari ham tarixda о‘rin olgan. Shu bilan bir qatorda, mamlakatlarni tinch yо‘l bilan, teng huquqlilik asosida birlashtirish harakatlari ham mavjud bо‘lgan (ayniqsa, birinchi jahon urushi achchiq qismati boshdan о‘tgandan sо‘ng). Lekin, davlatlarni tinch yо‘l bilan birlashtirish harakatlarining barchasi avj olgan millatparastlik va imperializm oqimlari ta’sirida barbod bо‘ldi. Faqatgina, Yevropa ikkinchi marta urush talofatlarini anglab yetganida milliy ajralishning salbiy oqibatlari tо‘liq anglab etildi.
    Mustaqil takrorlash uchun savollar
    1. Transmilliy korporatsiyalar deganda nimani tushunasiz?
    2. Kо‘pmilliy korporatsiyalarga ta’rif bering.
    3. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar qanday rol о‘ynaydi?
    4. Transmilliy korporatsiyalarning faoliyat sohalarini tushuntiring.
    5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi TMKlar faoliyatiga qanday ta’sir kо‘rsatdi?
    6. О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida TMKlar qanday ahamiyatga ega?
    7. О‘zbekiston iqtisodiyotiga TMKlarni jalb qilish uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
    8. Hududiy integratsion muammolar haqida nimalar bilasiz?
    9. Shimoliy Amerika integratsiyasini о‘ziga xos xususiyatlari haqidagi fikringiz?
    10. NAFTAning asosiy shartlari nimalardan iborat?
    Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
    1. SH.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. / – Toshkent: О‘zbekiston, 2017. -488b.
    2. I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mо‘ljallangan eng muhim ustuvor yо‘nalishlarga bag‘ishlangan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. T.: О‘zbekiston, 2011. - 48 b.
    3. I.A.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari. -T.: О‘zbekiston, 2009.-56 b.
    4. Faminskiy I.P. Globalizatsiya - novoye kachestvo mirovoy ekonomiki: uchebnoye posobiye. - M.: Magistr, 2009. - 397 s.
    5. Mirovaya ekonomika: uchebnik /pod. red. B.M. Smitiyenko. - M.: Vissheye obrazovaniye, Yurayt - Izdat, 2009.- 581 s.
    6. Avdokushin YE.F. Mejdunarodniye ekonomicheskiye otnosheniY. M.: YUNITI-DANA, 2008. - 196 b.
    7. A.A.Isadjanov. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi. T.: JIDU, 2008,- 185
    8. Nazarova G.G. va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. T.: MCHJ “RAM-S”, 2007.
    9. Globalizatsiya mirovogo xozyaystva. Uchebnoye posobiye /pod. red. M
    0-mavzu. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi sharoitida iqtisodiy havfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari
    10-mavzu. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi sharoitida iqtisodiy havfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja

    Download 268,16 Kb.