• 10.4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida iqtisodiy xavfsizlik
  • 10.5. О‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishida milliy xavfsizlikni ta’minlash
  • 10.6. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlik
  • Davlat organlarining bojxona nazoratida xalqaro tajribada kо‘p qо‘llaniladigan quyidagi usullardan foydalaniladi




    Download 268,16 Kb.
    bet71/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Davlat organlarining bojxona nazoratida xalqaro tajribada kо‘p qо‘llaniladigan quyidagi usullardan foydalaniladi:
    - bojxona yig‘imlari miqdorini tartibga solish orqali mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar tarkibiga ta’sir kо‘rsatish. Bunda tovarlarning mamlakatning hayot faoliyati uchun qay darajada muhimligi e’tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari uchun muhim bо‘lgan import mahsulotlariga boj tо‘lovlari kamaytiriladi yoki bekor qilinadi. Boshqa tovarlarga esa boj tо‘lovlari yuqori darajada belgilanadi;
    - mamlakatning hisob va tо‘lov balansining holatini hisobga olgan holda tarif qoidalarini tartibga solish;
    - milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi mahsulotlarning sifat kо‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlar hamda ichki va tashqi bozorlardagi narx qaychisi tufayli yuzaga keladigan salbiy omillar ta’siridan himoya qilish. Ichki va jahon bozorlari narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari va vositalaridan foydalaniladi.
    Bojxona organlarining muhim vazifalaridan biri muhim strategik xom ashyolarni, valyutalarni noqonuniy tarzda chetga olib chiqib ketilishiga yoki eksport va barter operatsiyalari tufayli olingan valyuta tushumlarining qaytmasligiga hamda kontrabandaga yо‘l qо‘ymaslik hisoblanadi.
    Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Tashkiliy jinoiy guruhlar va ayrim tadbirkorlar tomonidan mamlakatga noqonuniy tarzda tovarlar olib kelinishi ichki bozorlardagi tovarlarning raqobatbardoshligiga ta’sir kо‘rsatadi. Chunki kontrabanda tovarlari bojxona tо‘lovlari, soliqlarni tо‘lamasdan olib kirilgani uchun ichki bozordagi milliy tovarlarga nisbatan arzon bо‘ladi. Natijada ular milliy tovarlarning bozorini kasod qilib, tovar ishlab chiqaruvchi larning xonavayron bо‘lishiga olib keladi. Kontrabandistlarning maqsadi qisqa muddatda tovarlarini sotib, foyda olishdan iborat. Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurashning asosiy yо‘llari quyidagilardan iborat:
    - barcha transport vositalaridan foydalanib, bojxona nazoratidan yashirincha bojxona chegaralari orqali tovar, boyliklar va boshqa buyumlarni olib о‘tishga bо‘lgan urinishlarni aniqlash va ularning oldini olish;
    - kontrabanda buyumlarini о‘z vaqtida aniqlash va ularni musodara qilishning texnologik sxemalarini ishlab chiqish. Buning uchun bojxona chegara postlarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yuqori malakali bojxona xodimlarini tayyorlash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash lozim bо‘ladi. Shuningdek, kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning javobgarligini, ularni jazoga tortishning qonuniy-meyoriy asoslarini kuchaytirish kerak;
    - tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari о‘rtasida profilaktika ishlarini olib borish;
    - davlat bojxona organlarining xavfsizlik va huquq-tartibot organlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
    - kontrabandaga qarshi kurash chora-tadbirlarini tartibga soluvchi, ularning qonuniyligini ta’minlovchi hujjatlarni ishlab chiqish.
    10.4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida iqtisodiy xavfsizlik
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi О‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan tо‘ldirishga, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xо‘jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi о‘rinlarini yaratishga imkon beradi.
    О‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar о‘z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yо‘llar bilan kiritish imkoniyatiga ega:
    - davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarga о‘z ulushini qо‘yishi, ya’ni qо‘shma korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish;
    - mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid etish:
    - mustaqil yoki milliy xо‘jalik subyektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat obyektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish.
    Respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda quyidagi sohalarga ustuvorlik beriladi:
    -zamonaviy texnologiya asosida iste’mol tovarlarini ishlab chiqish, qishloq xо‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash;
    - uskunasozlik, asbob-uskunalar va radiotexnika, samolyotsozlik, avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish;
    -xom ashyo va energoresurslarni tejamli ishlatish imkoniyatini
    beruvchi uskunalarni ishlab chiqarish;
    -ehtiyot qismlar va detallar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish. Bu ishlar mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshiriladi;
    - zamonaviy axborot va telekommunakatsiyalar tizimini barpo etish;
    - xom ashyo, tabiiy resurslarni qazib chiqarish va ekologik jihatdan sof usullar bilan ularni qayta ishlab chiqarish;
    - dori-darmon va zamonaviy tibbiy texnikani ishlab chiqarish. Mamlakatimizda xorijiy investorlarga О‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyasi tо‘g‘risidagi qonunlari asosida kafolat va imtiyozlar yaratilgan. Xorijiy investorlar ba’zi soliqlardan ozod qilingan bо‘lib, ular soliq va bojxona tо‘lovlari tо‘lashda qator imtiyozlarga ega.
    Xorijiy investitsiyalar kirib kelishi uchun kapital kirituvchi xorijiy investoming investitsiyalardan kutayotgan daromadi kapital evaziga olish mumkin bо‘lgan foiz stavkasidan yuqoriroq darajada bо‘lishi kerak. Xorijiy investitsiya ishtirokida barpo etilgan korxona ustav fondida xorijiy investitsiya ulushi bо‘yicha eng kam miqdor Xitoyda (25%) bо‘lsa, eng yuqori miqdor Malayziyada (70%) kuzatiladi. Hatto ba’zi bir davlatlarda (Indoneziya, Rossiya, Singapur) bunday eng kam miqdor belgilanmagan ham.
    Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ham ishlab chiqish lozim bо‘ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti-harakatlar sodir etilishi mumkin. Bunday insofsizliklar quyidagi shakllarda namoyon bо‘ladi:
    - chayqovchilik kelishuvlari. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etib, biron-bir korxonani qо‘lga kiritadi. Sо‘ngra uni yoki undagi noyob texnika, asbob-uskunalarni yuqori bahoda sotadi;
    -qisqa muddatda yuqori foyda olish uchun kapital kiritadi. Foyda olgach, о‘z faoliyatini tо‘xtatib qо‘yadi;
    -xorijdagi korxonalar uchun raqobatlasha oladigan milliy korxonani qо‘lga kiritib, unda ishlab chiqarish jarayonlarini tо‘xtatib qо‘yib, iloji boricha, ishlab chiqarishni xorijga kо‘chirishga harakat qiladi;
    -korxonadagi ilmiy-texnikaviy va tajriba-konstruktorlik ishlarini tо‘xtatib qо‘yadi, oxir-oqibatda xorijiy kompaniyaning о‘zini mustaqil rivojlantira olmaydigan bir bо‘limiga aylantirib qо‘yadi;
    - qо‘lga kiritilgan mulkdan noiqtisodiy maqsadlarda foydalanish;
    - strategik ahamiyatga moliq sohalarga kirib, mamlakatning mudofaa qobiliyatini pasaytirishga urinish;
    -strategik xom ashyo resurslarini arzon narxlarda chetga tashib ketish;
    -tabiiy resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash hamda ekologik jihatdan xavfli ishlab chiqarishlarga sarmoya kiritib, iqtisodiy va ekologik talablarga rioya etmaslikka urinadilar;
    - hamkorlarning hududlariga rivojlangan mamlakatlarda foydalanish man etilgan texnologiyalarni, zararli ishlab chiqarish chiqindilarini olib kirishga harakat qiladilar;
    - investitsion loyihalarning maqsadga muvofiqligi, investitsion muhitni о‘rganish bahonasida davlatning siyosiy va iqtisodiy sirlarini bilib olishga, kо‘proq о‘zlarining boshqa noholis maqsadlari uchun axborotlar tо‘plashga harakat qiladilar. Bunda turli sohalarni isloh qilishga bag‘ishlangan, davlat boshqaruv organlari hamda ilmiy jamoatchilik ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etishni moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi.
    Davlat xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish jarayonlarini tartibga solish orqali yuqorida keltirilgan noxush-salbiy xatti-harakatlarga qarshi о‘z mexanizmini yaratdi.
    О‘zbekistonda bugungi kunda Davlat investitsiya siyosati о‘ziga xos ikki yо‘nalishga tayanadi:
    1) soliq yukini yengillashtirish, mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;
    2) mablag‘larni davlat byudjeti orqali tо‘plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish. Bu borada olib borilayotgan siyosatda davlat korxonalariga nisbatan amalda bо‘lgan byudjetdan moliyalashtirish tizimi muayyan darajada boqimandalikni keltirib chiqarishi inobatga olinmoqda va investitsiya faoliyatida ularga nodavlat sektori subyektlariga qaraganda imtiyozli sharoit yaratishi mumkinligi e’tiborga olinmoqda.
    О‘zbekistonda Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun ma’sul bо‘lgan davlat tashkiloti - bu Moliya vazirligidir. Aynan Moliya vazirligi boshqa davlat tashkilotlari, organlari, banklar va kompaniyalar bilan hamkorlikda Davlat investitsiya siyosatini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.
    Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat investitsiya siyosati quyidagilarni о‘z ichiga olishi kerak:
    - iqtisodiy va siyosiy manfaatlardan kelib chiqib, ichki ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni saqlagan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirib borish;
    - xorijiy kapitalning strategik ahamiyatga moliq soha, tarmoq va korxonalar faoliyatiga bо‘lgan ta’sirining oldini olish uchun tо‘g‘ridan- tо‘g‘ri investitsiyalarning joylashtirilishini tartibga solish;
    - samarali faoliyat yuritayotgan milliy kompaniya va korxonalarni xorijiy investorlar va transmilliy kompaniyalar tomonidan butunlay sotib olinishiga yoki qо‘shib olishlariga yо‘l qо‘ymaslik.
    Mamlakatimizning xalqaro kapital bozorlaridagi raqobatbardoshligini mustahkamlash investitsion jarayonlar samaradorligi bilan uzviy aloqadorlikda bо‘lgan quyidagi uchta asosiy omilga bog‘liq bо‘ladi:
    - davlat boshqaruvining raqobatbardoshligini kuchaytirish. Buning uchun davlatchilik funksiyalarining optimal va boshqa mamlakatlardagiga nisbatan yanada samarali tashkil qilishga imkoniyat beruvchi tamoyillarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak. Shuningdek, amaldagi va yangi qonunlarni xalqaro talablar asosida unifikatsiyalash, ularni maqsadli qо‘llanishini ta’minlash, fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini himoya qilish hamda iqtisodiy erkinliklarni ta’minlash jarayonlarini takomillashtirish zarur;
    - mahalliy biznes va tadbirkorlikning raqobatbardoshligini kuchaytirish kerak. Buning uchun moliyaviy sektorni isloh qilish, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish lozim bо‘ladi;
    - inson kapitalining, fuqarolarimizning ish bilan ta’minlanish va daromad olish imkoniyatlari, biznesdagi yuqori raqobat muhiti sharoitida faoliyat yurita olish qobiliyatlari bilan belgilanadi.
    Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishni jadallashtirish orqali mamlakatning jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
    10.5. О‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishida milliy xavfsizlikni ta’minlash
    Jahon amaliyotining kо‘rsatishicha, iqtisodiy xavfsizlik uchta bir- biriga bog‘liq bо‘lgan muammolarni yechishga qaratilgan:
    ♦ yuqori va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash;
    ♦ jamiyat ehtiyoj-talablarini samarali ravishda qondirish;
    ♦ davlat, jamiyat va har bir shaxsning milliy va xalqaro doiradagi iqtisodiy manfaatlarini ichki va tashqi xavf va tahdidlardan himoyalash.
    О‘zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi millat darajasida jamiyatning mavjud xavflarning tabiatini qanchalik tо‘g‘ri tushunishi, ularning manbalari va о‘zaro bog‘lanishini, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash sharoitini о‘z vaqtida aniqlashi va samarali ishlatishiga bog‘liqdir.
    Mustaqil О‘zbekistonning hozirgi davrdagi rivojlanishi uchun jamiyat hayotining barcha faoliyat sohalarida rо‘y berayotgan sifat о‘zgarishlari xosdir.
    О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Sessiyasida e’lon qilingan iqtisodiyot sohasida murosasozlikka yо‘nalganlik davlat hamda uning barcha institutlari oldiga yangi sifat jihatdan yuqoriroq va murakkabroq, kо‘p qirrali eng muhim vazifalardan birini - mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifasini qо‘yadi.
    Mustaqillikning boshidan iqtisodiy xavfsizlik muammosi alohida keskinlik va dolzarblikka ega bо‘ldi. Bu yо‘nalishda davlat hukumati va Prezidentimiz boshchiligida kо‘p amaliy ishlar amalga oshirildi. Prezident qoshida tashkil etilgan strategik va mintaqalararo tekshirish institutlari, milliy xavfsizlik xizmati, turli xil ilmiy markazlar iqtisodiy xavfsizlikni tekshirish, uni ta’minlash yо‘llari bо‘yicha sezilarli fundamental ilmiy- nazariy va amaliy ishlar olib bormoqdalar.
    О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida milliy xavfsizlik va uning ajralmas qismi bо‘lgan iqtisodiy xavfsizlik masalalari eng muhim masala sifatida kо‘rib chiqildi. Unda xavfsizlikning bus-butunligi, uning uzluksiz holat ekanligiga alohida urg‘u berildi.
    О‘zbekiston uchun uning milliy havfsizligi keng ma’noda nimani bildiradi, bu xavfsizlikni biz qanday tushunamiz?
    Birinchidan, О‘zbekiston xavfsizligi bu bо‘linmasligi tо‘g‘risidagi asosiy prinsiplardan birini har tomonlama qо‘llab-quvvatlashdir. Xavfsizlik - bu uzluksiz holat, uning chegarasi yо‘q.
    Ikkinchidan, «sovuq urush» tamom bо‘lganidan sо‘ng umumiy xavfsizlikka umumiy xavfni etnik, regional, lokal nizolar va davlatlar ichidagi jangovar separatizm olib keladi. Ayniqsa agar bunday qarama- qarshi turishlar, ularning о‘z manfaatlari va ta’sir zonalarini saqlab qolish va himoyalash uchun yoki ularning foydasiga kuchlarning strategik balansini о‘zgartirish uchun alohida olgan mamlakatlar qо‘lida siyosiy ta’sirning baqquvat quroli bо‘lib qolsa.
    Uchinchidan, О‘zbekiston о‘zining geosiyosiy holatiga kо‘ra jamoa xavfsizlik tizimi tartibga solinmagan regionda joylashgan, u ham xavf tug‘dirish sababi bо‘ladi.
    Tо‘rtinchidan, regional nizolar kо‘pincha terrorizm, narkobiznes va qurol-yarog‘ni noqonuniy savdosi, inson huquqini ommaviy buzilishiga о‘xshash xavfli tahdidlar va chiqishlarning turg‘un manbaiga aylanayapti. Bu hodisalar chegarani bilmaydi.
    Beshinchidan, xalqaro munosabatlar amaliyotida har qaysi mustaqil mamlakatning, о‘z milliy manfaatlaridan chiqqan holda, о‘zining mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida, u yoki bu xalqaro tuzumlar va jamoa xavfsizlik kelishuvlarida ishtirok etish darajasini aniqlash huquqi kо‘zda tutilgan bо‘lishi kerak.
    Oltinchidan, ekologik va yadro xavfsizligi muammolari alohida e’tibomi talab etadi.
    О‘zicha xavfsizlik xavfi yetarlicha universaldir va о‘z ichiga siyosiy ekstremizm, shu jumladan diniy bо‘yalgan, millatchilik va milliy о‘z- о‘zini yakkalab qо‘yish, etnik, millatlararo, mahalliy va klan asosida qarama-qarshiliklar, korrupsiya va jinoyat, ekologik muammolarni oladi. Boshqacha aytganda, sanab о‘tilgan xavflar, turli regionlarda har xil intensivlik darajasida namoyon bо‘lishiga qaramay, insoniyatni umumiy tashvishlanishini vujudga keltiradi.
    Xavfsizlik - mintaqaning asosiy harakatga keltiruvchi omilidir. Insonlar dunyo va tinchlik mо‘rt ekanligini esdan chiqarib, о‘z holatlarini bо‘shashtirib, taraqqiyotni harakatga keltiruvchi qiyinchiliklar oldida himoyasiz qolishadi. Ahil uyga har doim dо‘stlar kelishini esda tutib, jahon hamjamiyatiga samarali integratsiyalashish uchun sharoit yaratishda eng muhim prinsip - umumiy uyimizda xavfsizlik va tinchlikni kafolatlashga rioya qilishimiz kerak.
    Jahon hamjamiyati hayotidan olgan misollardan kо‘rinadiki, barqarorlik buzilgan hollarda mintaqani birinchi navbatda boshqa mamlakatlarning vakillari tashlab ketadi, va bunday mintaqalar yetakchi mamlakatlarning diqqatini jalb etmaydi. Chunki har qanday, ayniqsa mintaqaviy nizolarda, jahon miqyosidagi haloqatta olib keladigan kuch yotadi.
    Turli nizolar shu mintaqa mamlakatlarini tanlashga, siyosiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy, demokratik-huquqiy rivojlanish istiqbollariga va boshqalarga ta’sir kо‘rsatadi. Shu sababli barcha xalqaro institutlar xarbiy- siyosiy va mintaqaviy nizolarni tinch yо‘l bilan hal qilish, tartibga solish va oldini olishga yо‘naltirilgan.
    Demak, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish uchun rivojlanishning tinch sharoitini yaratish kerak.
    Nizolar paydo bо‘lish sabablaridan biri diniy ekstremizm yoki fundamentalizmining paydo bо‘lishidir. О‘ziga terroristik aktlarga javobgarlikni olgan turli ekstremistik guruhlari bо‘lgan mamlakatlar tajribasi jahon hamjamiyatini ularga bо‘lgan sovuq va ehtiyotkor munosabatidan dalolat beradi. Bu esa integratsiya jarayonini osonlashtirmaydi.
    Shuningdek, ulug‘ davlat shovinizmi muammosi Yaqin xorijiy davlatlaridan qaysi biri hamkorlikka loyiqligini hal etish huquqini nohuquqiy egallab olishdan iborat. Shovinizm millatchilikning namoyon etilish shakllaridan biri sifatida millatlararo, davlatlararo konfrontatsiya, О‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga urinish, jamiyatning ma’lum qatlamlariga bosim kо‘rsatish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish va h.k.ga olib keladi.
    Mintaqa rivojlanishi barqarorligini asosiy tavsifi - siyosiy institutlar tizimi, xuquq chiqaruvchi asoslar, mamlakatning milliy iqtisodiy asoslarini mustahkamligi, qо‘shma korxonalarning jamlanishi va x.k.
    Mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorsizlik kо‘pchilik xorijiy firmalarni о‘z vakolatxonalarini berkitishga majbur etadi, bu, albatta, ishsizlik va ijtimoiy keskinlikni oshirib, aholi hayotini yengillashtirmaydi.
    Shuning uchun bugungi kunda birinchi navbatdagi masalalardan biri mintaqalarda barqarorlikni saqlab turishdir. «Xavfsizlik» tushunchasi juda keng va jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini о‘z ichiga oladi: chegara xavfsizligi, mintaqa ichidagi tinchlik, ekstremistik guruhlarni yо‘qligi, korrupsiya va jinoyatchilik kо‘rsatkichlarini kamayishi va xokazo.
    О‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan va mintaqaning ayrim (Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston) о‘zining rivojlanishi bо‘yicha barqarorsiz bо‘lgan mamlakatlar bilan qо‘shnidir. Bu mintaqaning siyosiy-iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Qо‘shni davlatlar orqali juda kо‘p qurol-aslaha, narkotik moddalar olib о‘tilmoqda va ularning bir qismi respublikada qolib ketmoqda, eng muhimi kо‘pchilik aholining fikr yuritishiga kuchli ta’sir kо‘rsatmoqda. Bunday mintaqaviy muammolar bizning milliy xavfsizligimizga, uzoq muddatli davlat manfaatlari, fuqarolar, jamiyat va inson manfaatlariga real tashqi xavf tug‘diradi. Bularning barchasi yuqorida aytilganidek, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining barqarorligiga kо‘p narsalar ta’sir etishini va hozircha mо‘rt bо‘lgan demokratiya novdalarini himoyalashni talab qilishini tasdiqlaydi.
    О‘zbekistonni xalqaro munosabatlarining turli subyektlari bilan aloqasi qanchalik chuqur va keng bо‘lsa, shuncha kam noaniqliklar, begonalashishlar, muammo va hal etilmagan masalalar, ular bilan munosabatlarida avvaldan aytib berila olmaydigan elementlar qoladi. Ana shuning о‘zi xavfsizlikni va rivojlanishning barqarorligini ta’minlashning zaruriy shartidir.
    Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin: davlat va millatning xavfsizlik darajasi ularning integratsiya jarayonidagi ishtirokiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqdir.
    Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, О‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashda, xavfsizlik borasida bugungi kunda jahon tashkilotlari bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega bо‘lmoqda. Jahon hamjamiyatiga integratsiyaning tashkiliy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari (BMT, Yevropa ittifoqi, JST, EXHT, NATO, MDH, SHHT va b.) bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Respublika faqatgina xalqaro birlashmalar bilan hamkorlik qilib qolmay, xavfsizlikni ta’minlash uchun mintaqalar rivojlanishi erkinlashtirilishiga yо‘naltirilgan doimiy islohotlar yо‘lini tanlangan, bu esa iqtisodiy о‘sishni kerakli sharoitini, eng muhimi О‘zbekistonni barcha hududlarini muvaffaqiyatli rivojlanishining garovi sifatida milliy xavfsizlikni ta’minlaydi.
    Tashqi aloqalarni muvaffaqiyatli rivojlanishi bizda xavfsizlikni ta’minlash oqibatida О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi uchun kerak bо‘lgan kafolatlarni ta’minlaganligimizdan dalolat beradi. Shuning о‘zida respublikaga qо‘shnilar tarafidan о‘zaro qiziqish seziladi, bu esa О‘zbekistonning barqaror rivojlanishini eng yaxshi kafolatidir. Bu mintaqada barqarorlikni ta’minlash yо‘lida, kapital mablag‘ kiritish nuqtai nazaridan mintaqaning qulayligini oshishidan dalolat beradi.
    Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga atrof-muhitning himoyasi kabi muhim savolni hal etish ham kiradi, chunki mintaqa ekologik faloqat holatida turibdi. О‘zbekiston bu masalani hal etilishida faol qatnashmoqda.
    Yangi mustaqil davlat sifatida О‘zbekiston uchun tashqi siyosat prinsiplariga rioya etish hal qiluvchi ahamiyatga ega. G‘arbiy davlatlar bilan hamkorlik bizga iqtisodiyot, madaniyat, ilm, siyosiy sohalarda о‘z bilimimizni chuqurlashtirishga real imkoniyat, prinsipial yangi hamkorlik bosqichini yaratadi, a’zo-mamlakatlar orasida о‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini tashkil etadi. О‘zbekiston BMTning tо‘la huquqli a’zosi sifatida jahon siyosati va davlatlararo munosabatlarni dolzarb masalalari bо‘yicha bir qancha muhim takliflarni olg‘a surmoqda. Masalan, xalqaro nizolarni tinch yо‘l bilan bartaraf etish va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipining qat’iy tarafdori bо‘lib, barqarorlikni saqlash va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash ishiga salmoqli hissa qо‘shmoqda. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov boshchiligidagi hukumat Respublika suverenitetini о‘zaro hurmat qilishga, xalqaro munosabatlarda ishonch muhitini yuzaga keltirishga hamda davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga kо‘maklashishga harakat qilmoqda.
    Shunday qilib, barqaror mintaqa - bu katta iqtisodiy va boshqa kelajaklar, eng muhimi mintaqa sivilizatsiyalarining tо‘qnashish joyi emas, balki ularning о‘zaro bir-biriga kirish va bir-birini boyitishining kafolatidir.
    10.6. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlik
    Hozirgi zamon jahon xо‘jaligining globallashuvi sharoitida aksariyat davlatlarda, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan “bozor” islohotlari nafaqat ular milliy iqtisodiyotlarining ildam rivojlanishi va barqarorligini ta’minlashi, balki pirovard natijada har bir mamlakat milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bо‘lishi zarur.
    Ma’lumki, xavfsizlik tushunchasi о‘z ichiga siyosiy xavfsizlik, harbiy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, sanoat xavfsizligi, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik va boshqa sohalardagi xavfsizlik masalalarini qamrab oladi. Bu о‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat xavfsizligini ta’minlashda faqat harbiy salohiyatni mustahkamlash bilangina chegaralanib qolmay, keyingi paytlarda xavfsizlikning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa jihatlarini о‘z ichiga oladigan keng qamrovli faoliyat ekanligini anglash ancha kuchaydi. Mazkur masala yechimiga tizimli yondashgan holda, shuni ta’kidlash joizki, sanab о‘tilgan yо‘nalishlar о‘zaro bog‘liq bо‘lib, biri ikkinchisini tо‘ldirib turadi. Shu binal birga, ular orasida “asosiy va hal qiluvchi” rol iqtisodiy xavfsizlikka tegishlidir. Unga mamlakat aholisining normal darajada hayot kechirishini va milliy iqtisodiyotni barqaror holda resurslar bilan hamda davlat manfaatlarini har tomonlama tо‘liq ta’minlovchi xо‘jalik tizimining muhim sifat tavsifl sifatida qaraladi.
    Iqtisodiy xavfsizlikning obyekti shaxs, tabiiy-iqtisodiy salohiyat, suverenitet, hududiy yaxlitlik, davlat va iqtisodiyot boshqaruvi tizimlari hisoblanadi. Uning subyekti qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatini namoyon qiluvchi davlatdir.
    Iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanishning barqarorligini ta’minlovchi muhitni tashkil etuvchi omillar yotadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yо‘nalishlari milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
    Indoneziya, Koreya va Tailand kabi davlatlar о‘z moliyaviy sohalarining zaifligi, ya’ni moliyaviy muassasalarning xavflarni baholash va ularni boshqarish imkoniyatlarining cheklanganligi, huquqiy nazoratning yetarli emasligi, kapital harakatini erkinlashtirish choralarining betartib amalga oshirilgani tufayli katta talofot kо‘rdilar.
    Kapital harakatini erkinlashtirish siyosati amalga oshirilayotgan sharoitda yana bir muhim masalalardan biri davlat byudjeti va valyuta rezervlarining joriy holatidir. Agar xususiy sektor davlat moliyasining zaifligini his etsa, bu holat kapitalning tashqariga oqib ketishiga va ayirboshlash kurslarining keskin о‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, 80-yillarda Meksikada qarzlarni qaytarib berolmaslik tanazzul holati, mamlakat 1982 yilning ikkinchi yarmida valyuta rezervlarini deyarli tugatgandan sо‘ng sodir bо‘ldi. Bunday holat 80-yillarning boshlarida qoplash imkoni bо‘lmagan salmoqli byudjet kamomadi va byudjet ustidan nazorat yо‘qotilganligi natijasida vujudga keldi.
    Shunday qilib milliy moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirishda yuqorida sanab о‘tilgan omillar albatta inobatga olinib, ular ayniqsa bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlarda moliyaviy islohotlarni о‘tkazishda maqsadga muvofiq ravishda foydalanilishi kerak.
    Mustaqil О‘zbekistonning milliy va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash: davlatning bо‘linmasligi, chegaralarning daxlsizligi, geosiyosiy mavqei, terrorizm, narkobiznes va qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosiga umuman yо‘l qо‘yilmaslik, inson huquqi, milliy yetukligi va mamlakatni jahon hamda mintaqaviy xavfsizlik tizimida faol ishtiroki, ekologik va yadroviy xavfsizlikka alohida e’tibor berilishi, siyosiy ekstremizm va diniy niqob olgan millatchilik, korrupsiya va boshqa jinoiy hatti-harakatlarga qarshi murosasiz kurash kabi tamoyillarga asoslanganligini e’tirof etish joizdir.
    Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning uzviy elementlaridan biri bо‘lib, u mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash yо‘li, vositasi va usullari yig‘indisidir. Konseptual jihatdan iqtisodiy xavfsizlik davlatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatidan kelib chiqadigan milliy xavfsizlikning quyidagi: iqtisodiy, tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-demografik, etnografik-iqtisodiy, informatsion-axborot va harbiy-siyosiy omillar tahliliga asoslanadi.
    Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti shundan dalolat beradiki, iqtisodiy xavfsizlikning ta’minlanishi davlat mustaqilligi, uning barqaror rivojlanishi garovidir. Bu avvalambor iqtisodiyot - jamiyat, davlat va shaxs faoliyatidagi muhim omil ekanligi bilan izohlanadi. Shu munosabat bilan milliy xavfsizlik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining samaradorlik darajasi, uning mumkin bо‘lgan tashqi va ichki tahdidlar oldida mustahkam rivojlanishi imkoniyatlariga bog‘liq holda aniqlanadi. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi milliy manfaatlarning ustuvor yо‘nalishlari sirasiga kirishi bejiz emas.
    Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi milliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimning muhim sifat jihati deb qaraladi va u asosan, quyidagi uchta о‘zaro bog‘langan muammolarni hal etishga qaratilgan:
    1.  yetarli darajada va barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash;
    2. ijtimoiy iste’molni samarali qondirish;
    3. ichki va tashqi tahdidlardan davlat, jamiyat va shaxsning | iqtisodiy manfaatlarini milliy va xalqaro darajada himoya qilish.
    Mutaxassislar tomonidan ta’kidlanishicha, iqtisodiy xavfsizlik mohiyatining ochib berilishida, uning quyidagi tushunchalar bilan chambarchas bog‘liqligini anglash muhimdir:
    Iqtisodiy mustaqillik. Ma’lumki, iqtisodiy mustaqillik mutlaq xarakterga ega emasdir. Chunonchi, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi milliy iqtisodiyotlarning bir-biriga bog‘liq holda rivojlanishini taqozo etadi. Globallashuv sharoitida iqtisodiy mustaqillik milliy resurslar ustidan nazorat qilish va mamlakatning jahon savdosida teng xuquqli ishtirokini ta’minlay oladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligiga erishish hamda ilmiy-texnik yutuqlarini ayirboshlash darajasiga erishilishini anglatadi.
    Milliy iqtisodiyotning barqarorligi va muqimliligi. Bu mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun ishonchli shart-sharoitlar va kafolatlar tizimini taqdim etish, ichki vaziyatni nobarqarorlashtiruvchi (milliy iqtisodiyotda jinoiy tuzilmalarga qarshi kurash, aholi daromadlari о‘rtasida keskin farqlanishlarning oldini olish va h.k) omillarning oldini olish kabi hatti-harakatlar majmuidir.
    О‘zini-о‘zi rivojlantirish va taraqqiyotga moyilligi. Investitsiya va innovatsiyalar uchun maqbul muhitni yaratish, ishlab chiqarishni doimiy tarzda modernizatsiyalashtirish, xodimlarning professional, ta’lim va ma’naviy-madaniy darajasini kо‘tarish, ushbu holatga erishish omillari sirasini tashkil etadi.
    Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki jahon xо‘jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot muslaqilligi, uning barqaror va mutanosib rivojlanishi, doimiy tarzda innovatsiyalar asosida yangilanib modernizatsiyalashib borishga qodirligini ta’minlovchi shart-sharoit va omillar yig‘indisidan iboratdir.
    Ma’lumki, iqtisodiy xavfsizlik darajasi bir qator mezonlar va kо‘rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik mezonini belgilash - bu iqtisodiy xavfsizlik mohiyatini aks ettiruvchi muhim jarayonlar nuqtai-nazaridan milliy iqtisodiyot holatini baholash demakdir. Uning mezonlari sirasiga – mavjud resurslar salohiyati ularni kengaytirish imkoniyatlari, mamlakat iqtisodiyotining milliy va xalqaro raqobatbardoshligi, hududiy va ishlab chiqaruvchi makonning yaxlitligi, tashqi tahdidlar oldini olish va ularga bardosh bera olish imkoniyatlari, ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish kabilar kiradi.
    Iqtisodiy xavfsizlik kо‘rsatkichlari tizimi quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
    iqtisodiy о‘sish (milliy ishlab chiqarish va milliy daromad dinamikasi va tarkibi, sanoat ishlab chiqarish hajmlari va о‘sish sur’atlari milliy kо‘rsatkichlari, xо‘jalikning tarmoq tuzilmasi va alohida tarmoqlar dinamikasi, kapital qо‘yilmalar va boshqalar);
    mamlakatning tabiiy-resurs, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy salohiyati kо‘rsatkichlari;
    xо‘jalik mexanizmining jо‘shqinligi va moslashuvchanligi hamda uning ichki va tashqi omillari inflyatsiya darajasi, byudjet va tо‘lov balansi holati milliy valyutaning barqarorligi, ichki va tashqi qarz kо‘rsatkichlari;
    hayot darajasi (YAIMning aholi jon boshiga ulushi, aholi qatlamlari bо‘yicha daromadlarning differensiatsiyalashuv darajasi, aholining moddiy ta’minot va xizmatlar bilan ta’minlanganligi, aholining mehnatga layoqatliligi, atrof-muhitning holati va boshqalar) kо‘rsatkichlari.
    Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, iqtisodiy xavfsizlik – bu davlatning jamiyat ehtiyojlarini milliy va xalqaro darajalarda samarali ta’minlashga qodirlik darajasidir. U milliy iqtisodiyotning samarali dinamik ravishda о‘sishi, jamiyat, davlat, individ ehtiyojlarini qondirishi, ichki va tashqi bozorlarda turli tahdidlardan kafolatlovchi, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi barcha shart-sharoitlar majmuidir.
    О‘zbekistonda keng kо‘lamda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlariga о‘tish jarayonlari globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotimiz xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligini taqozo etmoqda. Chunonchi, hech bir davlat о‘zining barqaror taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy о‘sishiga о‘z milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlamasdan erisha olmaydi.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy xavfsizlik masalalari sirasiga kiruvchi, uning komponentlaridan biri hisoblangan tashqi iqtisodiy faoliyat xavfsizligi hozirda xо‘jalik munosabatlarining globallashuvi jarayonida alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir davlatning iqtisodiy mustaqilligi, uning aholisi turmushi farovonligi kо‘p jihatdan uning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining asosi bо‘lgan ishlab chiqarish va ilm-fan tizimining muvofiqlashtirilganligi bilan о‘lchanadi. Shulardan kelib chiqib, keyingi о‘rinda asosiy e’tibor iqtisodiy xavfsizlikning innovatsiya omiliga, intellektual mulkni muhofazalash tizimini takomillashtirish masalalariga qaratiladi.
    Xulosa
    Jahon iqtisodiyotining globallashuvi iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, fan-texnika va texnologiya harakatining tezlashishi bilan birga xavf va tahdidlarning о‘sishiga ham olib kelmoqda. Bu iqtisodiy xavfsizlik muammolarining dolzarbligini kо‘rsatmoqda.
    Iqtisodiy xavfsizlik davlatning milliy xavfsizligini ta’minlovchi asosiy bо‘g‘inlardan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash yо‘llari, vositalari va usullariga asoslanuvchi qarashlarning yig‘indisidir. Iqtisodiy xavfsizlik - bu davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng kо‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yо‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir. Demak, tashqi iqtisodiy aloqalar kengayib borayotgan sharoitda, iqtisodiy xavfsizlikka daxl qiluvchi, mamlakatning milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan omillar va sharoitlar kiradi. Ular ikkiga - tashqi va ichki xavflarga bо‘linadi.
    Jahon xо‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
    - eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish;
    - mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini о‘zlashtirish;
    - jahon bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini, injiniring, lizingni rivojlantirish;
    - xorijiy davlatlar, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan о‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish;
    - mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital bozorlariga chiqishlari, transport kommunakatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish;
    - kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bо‘ladigan о‘zaro valyuta, moliyaviy muammolarni tartibga solish.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat organlarining bojxona nazoratida xalqaro tajribada kо‘p qо‘llaniladigan quyidagi usullardan foydalaniladi

    Download 268,16 Kb.