• 10.2. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli
  • 10.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar
  • Iqtisodiy xavfsizlik kо‘rsatkichlari




    Download 268,16 Kb.
    bet70/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Iqtisodiy xavfsizlik kо‘rsatkichlari
    Umummilliy iqtisodiy darajada Hududiy darajada
    1. Turmush darajasi va sifati 1. Aholi daromadlari
    2. Inflyatsiya 2. Chakana narxlar darajasi
    3. Ishsizlik darajasi 3. Uy-joy bilan tam’inlanganlik
    4. Iqtisodiy о‘sish 4. Qochoq va emigrantlarning soni
    5. Byudjet kamomadi va davlat qarzi 5. Hududning YAIMdagi ulushi
    6. Tashqi qarz 6. Hududning tо‘lov balansi
    7. Jahon iqtisodiyotiga 7. Eksport-import
    integratsiyalashuv darajasi
    8. “Xufyona iqtisodiy” faoliyat 
    9. Mulk tarkibi
    10. Soliq tizimi
    Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti davlatning tashkil etilgan va muvofiqlashgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi sifatidagi iqtisodiy tizimidir. Iqtisodiy xavfsizlik sohasida davlat faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
    - kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy tizim va davlatni beqarorlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli omillar monitoringi va tavsifi;
    - bu omillarning zararli ta’sirini yuqotadigan yoki yumshatadigan iqtisodiy siyosat va institusional о‘zgarishlarni iqtisodiy islohotlarning yagona dasturi chegarasida shakllantirish.
    Iqtisodiy xavfsizlik inshootlari - bu xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va strategik maqsadini tashkil etuvchi, real mavjud bо‘lgan hodisa, jarayon va munosabatlardir. Iqtisodiy xavfsizlik inshootlariga shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Iqtisodiy xavfsizlik muammolarini о‘z inshootlari - mamlakatning iqtisodiy tizimi bо‘lgani kabi, boshqa mumkin bо‘lgan faoliyat sohalari bilan о‘zaro ta’siri kesishishidagi inshootlar: xarbiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, axborot va x.k. inshootlari ham bor. Iqtisodiy xavfsizlikning muhim meyori shaxs, guruh, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga rioya qilish, ularning xavfsizlik ta’minlanishiga о‘zaro javobgarligidir.
    Iqtisodiy xavfsizlik subyektlari bо‘lib funksional va soha vazirlik va boshqarmalari, soliq va bojxona xizmatlari, banklar, birjalar, jamg‘armalar va sug‘urta kompaniyalari, mos qо‘mitalar, shuningdek mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, iste’molchilar jamiyatlari kiradi.
    10.2. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli
    Davlatlar tomonidan iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlashga bо‘lgan harakat kо‘plab murakkab muammolarning paydo bо‘lishiga olib kelmoqda, ularning biri iqtisodiy xavfsizlik muammosi bо‘lib, ya’ni jahon xо‘jaligi bilan о‘zaro hamkorlik qilishning muqobil shart-sharoitlarini aniqlab olish muammosidir. Asosan, о‘zining yetarli energiya va xomashyo zahiralariga ega bо‘lmagan sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning ochiqligi, ularning yanada taraqqiy etishida bevosita ta’sir kо‘rsatadigan muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Dunyodagi qolgan mamlakatlarning barchasi ham о‘zaro savdo munosabatlarini о‘matish va rivojlantirish maqsadida xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqdalar, bu esa xalqaro mehnat taqsimoti subyektlarining о‘zaro aloqadorligi va о‘zaro bog‘liqligining kuchayishiga va tashqi salbiy ta’sirlardan himoyalanish maqsadida ixtisoslashuv va kooperatsiyadan olinadigan foydalarni hisob-kitob qilish zaruratining paydo bо‘lishiga olib kelmoqda. Buning natijasida milliy iqtisodiyotning beqaror tavakkalchiligi paydo bо‘ladiki, bunda dunyodagi barcha mamlakatlar о‘zining “ochiqlik” darajasidan kelib chiqib, absolyut xavfsiz bо‘lgan savdo (tijorat) munosabatlariga kirisha olmaydilar. Shuning uchun ham tashqi savdo rivojlanayotgan bir paytda, dunyoning qaysidir mamlakatlaridagina, о‘zaro aloqadorlikdan kelib chiqib, nisbiy iqtisodiy xavfsizlik xukm surishi mumkin bо‘ladi.
    Jahon xо‘jaligining globallashuvi sharoitida о‘zaro aloqadorlik mohiyatan о‘zida ma’lum bir aloqalarni namoyish etadigan iqtisodiy bog‘liqliklarga olib kelishi mumkin, bunday sharoitda tashqi omillar u yoki bu holatlarning rivojlanishida salmoqli ta’sir kо‘rsatadi.
    Moslashuvchanlik deyilganda, davlatlarning tashqi omillar keltirib chiqaradigan zararli holatlarga nisbatan ta’sir qila olish qobiliyati tushuniladi, shu orqaligina, tashqi sabablarga yoki umuman barham berish, yoki uning oqibatlarini umuman tugatish, yoki mavjud imkoniyatlarning ortiqcha qismini boshqa bir mamlakatlarga qaratish lozim bо‘ladi.
    Moslashuvchanlikning mavjud bо‘lishi, ma’lum bir chegaraviy cheklanishlarga ega bо‘ladi. Moslashuvchanlik bilan bog‘liq bо‘lgan chora-tadbirlar orasida quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
    - savdo munosabatlarining diversifikatsiyasi;
    - kо‘p tomonlama hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi va jadallashtirilishi;
    - tejash va zaruriy zahiralarning yaratilishi;
    - eksportga mо‘ljallangan ishlab chiqarishning shakllanishi.
    Aloqadorlik eng avvalo iqtisodiy moslashuvchanlikda о‘z aksini topadi. Iqtisodiy moslashuvchanlik deyilganda, milliy iqtisodiyotning tashqi omillar salbiy ta’siriga, ya’ni ushbu holatlarning yomon oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, ularga nisbatan ma’lum bir imkoniyatlar qо‘llanilgunga qadar bо‘lgan ta’sirchanligi tushuniladi. Iqtisodiy zaiflik aloqadorlikning ancha yuqori darajasi bо‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy zaiflik deyilganda, hattoki ichki holatlar tо‘g‘rilanib yoki yoppasiga о‘zgartirilgandan keyin, moslashuvchanlik haddan tashqari ortiqcha bо‘lgan sharoitda ham tashqi omillar ta’sirining muqarrarligi tushuniladi. Iqtisodiy zaiflik shunday vaziyatda yuzaga keladiki, bunda moslashuvchanlik ortiqchaligining bir qator tanqidiy nuqsonlariga yо‘l qо‘yilgan bо‘ladi. Aynan iqtisodiy zaiflik tо‘liq bо‘lmasada, iqtisodiy xavfsizlik muammosini vujudga keltiradi. Tahdid iqtisodiy xavfsizlikni izdan chiqarishning muhim sharti bо‘lib hisoblanadi.
    Tahdid - bu moddiy, mehnat, ilmiy-texnikaviy zahiralarga va marketing tizimiga bо‘lgan imkoniyatlarning cheklanishidir. Tahdid ikki turga bо‘linadi:
    1. Maqsadli tahdid;
    2. Iqtisodiy turmush sharoitiga bо‘lgan tahdid.
    Tahdidning ikkala turi ham davlatning oldindan mо‘ljallangan faoliyatlaridan yoki jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda yuzaga keladi. Tahdidning zaruriy dastaklari bо‘lib quyidagilar hisoblanadi:
    - iqtisodiy blokada qilish;
    - tо‘siqlar о‘rnatish;
    - zaifliklar tizimini yaratish;
    - diskriminatsiya qilishning har xil usullarini qо‘llash.
    Ana shu tartibda, milliy iqtisodiyot xavfsizligini qandaydir holat sifatida baholash mumkin bо‘ladi, bunda tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishiga tahdid soladigan tashqi omillarning ta’siridan himoyalangan bо‘ladi. Agar YAIM darajasi oldindan kо‘zda tutilgan yoki tо‘satdan sodir bо‘lgan tashqi yangiliklarga bevosita bog‘liq bо‘lmasa, u holda milliy iqtisodiyot barqaror bо‘ladi. Agar YAIM darajasi tashqi omillarga ta’sirchan bо‘lsa va mazkur tashqi omillar oqibatlarini zararsizlantirish mumkin bо‘lmasa, u holda iqtisodiy xavfsizlik darajasi beqaror bо‘ladi.
    Umumiy xavfsizlik shuning uchun ham kafolatlar berilishini о‘zida ifoda etadiki, shu paytga qadar jahon xо‘jaligi doirasida har xil iqtisodiy bog‘liqliklarning mavjudligidan, xech bir mamlakat na iqtisodiy, na siyosiy bо‘lgan biryoqlama yutuqlarni qо‘lga kirita olmaydi.
    Iqtisodiy havfsizlikni ta’minlashni hisobga olmaslik mamlakat iqtisodiy rivojlanishida yomon oqibatlarga olib keladi. Bunga 2001 yilning 11 sentabrdagi Nyu-York, Vashingtonda uyushtirilgan terroristik aktlar misol bо‘la oladi. Terroristik akt natijalari AQSH va boshqa rivojlangan mamlakatlarda retsessiya sur’atlarini о‘sishida namoyon bо‘ladi. Xavfsizlik masalalarini iqtisodiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqligi kо‘rinib turibdi. Shunday qilib, yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish sohasidagi muammolar - havo transporti, sug‘urta sohasi, turizm tomonidan kо‘rsatilayotgan xizmatlarning qisqartirishi bilan tо‘ldirilgan edi. Natijada ish joylarini yо‘qotishi, kompaniyalar, aholi daromadini pasayishi, tovar va xizmatlarning jahon ichki bozorlarida narxini kо‘tarilishi rо‘y berdi.
    Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish muammolari rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Jahon banki ma’lumotlariga kо‘ra, AQShdagi terroristik aktlar va unga javoban Amerika tomonidan harbiy harakatlar natijasida, jahonning boshqa mintaqalaridagi harbiy, terroristik harakatlar natijasida 10 mlnga yaqin aholining turmush darajasi pasaydi.
    10.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar
    Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi keng talqin qilinishini inobatga olib, biz uni tashqi iqtisodiy omillar nuqtai nazaridan kо‘rib chiqishga harakat qilamiz.
    Bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida о‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yо‘li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, о‘zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa xorijiy davlatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya va shu singari sohalarda о‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iboratdir.
    Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yо‘nalishi xalqaro savdo bо‘lib, bunda mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar almashuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi tafovutlar va qiyosiy xarajatlardagi tavofutlar bilan tavsiflanadi. Shunga kо‘ra korxonalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalga oshirayotganida, о‘zlari ishlab chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan) mahsulotlarni sotib oladilar hamda о‘zlari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. Bu hoi ularning ma’lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini bildiradi. Oqibatda ular boshqalar ishlab chiqarmaydigan yoki ishlab chiqarish ular uchun qimmatga tushadigan tovarlarni tayyorlab, sotadilar. Bunday ixtisoslashuv savdoda ustunlikni vujudga keltirib, ularga foyda keltiradi.
    Mamlakat va xorijiy davlat о‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan transoperatsiyalar statistikada tо‘lov balansida aks ettiriladi. Tо‘lov balansi joriy moddalar, ya’ni savdo balansi, xizmatlar va о‘tkaziladigan balanslar, shuningdek, kapital harakati balansini о‘z ichiga oladi.
    Hozirgi jahon xо‘jaligi globallashuvining muhim xususiyatlaridan biri mamlakatlarning ochiq iqtisodiyot tamoyillari bо‘yicha rivojlanishidir. Umuman olganda, globallashuvning asosiy harakatlantimvchi kuchi bо‘lib turli mamlakatlarning tadbirkorlarini daromadlarini oshirish, iqtisodiy о‘sishini tezlashtirish va aholi farovonligini oshirish uchun xalqaro savdodan, investitsiyalar ayirboshlashdan, ishlab chiqarish kooperatsiyasidan, ilmiy-texnik hamkorlikdan foydalanishga intilish hisoblanadi.
    Ochiq iqtisodiyotga ega mamlakatlarda tashqi savdo faoliyati ancha erkinlashtirilgan. Ammo barcha mamlakatlarda ham hukumatlar ta’sirida cheklangan, tartibga solinadigan tashqi savdo amalga oshiriladi. Uning asosiy vositasi tarif tо‘sig‘i deb ataladigan bojxona boji hisoblanadi. Shuningdek, notarif cheklashlar ham mavjud bо‘lib, u import va eksport kvotalarini belgilashni hamda о‘zini-о‘zi cheklash usulini о‘z ichiga oladi. О‘zini-о‘zi cheklash usuli eksport qiluvchi mamlakat hukumati о‘zining eksportni amalga oshimvchi korxonalaridan savdo bozoriga chiqariladigan tovarlarining ma’lum yillik hajmidan (qiymatidan) oshib ketmaslikni talab qilgan holda namoyon bо‘ladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanish limitini belgilash ham tashqi savdoni cheklashning о‘ziga xos turi hisoblanadi.
    Hukumat tomonidan amalga oshiriladigan tarifli va notarif cheklashlardan maqsad mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishini oshirish yо‘li bilan tо‘lov va tashqi savdo balansining musbat samarasini olish, shuningdek, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilishdan iborat.
    Jahon xо‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
    - eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini kо‘rish lozim;
    - mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini о‘zlashtirish; ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish; ishlab chiqarish kooperatsiyasini, injiniring, lizingni rivojlantirish;
    - xorijiy davlatlar ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan о‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish;
    -mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital bozorlariga chiqishlari, transport kommunakatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga kо‘maklashish;
    - kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bо‘ladigan о‘zaro valyuta, moliyaviy muammolarni tartibga solish.
    Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy hujjatlar va meyorlar asos bо‘lib xizmat qiladi. Bu meyorlar, о‘z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yо‘nalishlari, usullari, shartlarini belgilab beradi.
    Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi. Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmi iqtisodiy va huquqiy-ma’muriy usullarni о‘z ichiga oladi.
    Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona bojlari, yig‘imlari, qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlardan iborat.
    Huquqiy-ma’muriy usullar о‘z ichiga litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini о‘matish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning о‘tib turishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni oladi.
    Mamlakatning eksport va importi bilan bog‘liq milliy manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish uchun samarali va moslashuvchan eksport nazorati tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport nazorati asosida eksport shartnomalarining xalqaro majburiyatlarga, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi talablariga mosligi ta’minlanadi.
    Shuningdek, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan tovar va texnologiyalar eksporti litsenziyalashtiriladi. Ushbu nazorat asosida biron-bir strategik ahamiyatga ega bо‘lgan mahsulotni eksport qilish man qilinsa, undan mamlakat ichida foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak.
    Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda davlatning bojxona organlari muhim о‘rin tutadi. Bojxona organlari chetga ruxsatsiz, noqonuniy ravishda kapital, milliy va madaniy boyliklar, intellektual mahsulotlarning olib ketilishi, noqonuniy valyuta operatsiyalari, qurol-yarog‘, strategik material va narkotik moddalar kontrabandasining oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy xavfsizlik kо‘rsatkichlari

    Download 268,16 Kb.