1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy




Download 11,79 Mb.
bet166/172
Sana19.06.2021
Hajmi11,79 Mb.
#15142
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172
Nazariy qism:

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan ja- rayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qi­ladi. Shu nuqtai nazardan bugun elektron hukumat degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda

Elektron hukumat - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir



Elektron hukumat barcha ichki va tashqi aloqalami, jarayonlami tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanib turadigan huku­mat hisoblanib, Internet tarmog‘i orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilish­ni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo‘g‘inlari tomonidan fuqarolarga elektron vositalar bilan xizmatlar ko‘rsatish va fuqarolarga davlat organlari­ning faoliyati haqida axborot berishdan iborat.

Elektron hukumat tushunchasi 1990-yillaming boshida paydo bo‘lgan, lekin amaliyotga so‘nggi 10 yillardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumat AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Janubiy Koreya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germa- niya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamla- katlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanishadi. Davlat organlari so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlaming namunasini olish, ulami to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar ido- ralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masa­lan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy web-sayt orqali o‘zining murojaatini ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda ham elektron hukumat joriy qilingan bo‘lib, u orqaliko‘plab davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Respublika- mizda elektron hukumatning tuzilmasi quyidagicha



Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaf- fofligini ta’minlash, ulaming mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;

  • ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organ­lari bilan o‘zaro munosabatlami elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish;

  • o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va elek­tron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;

aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlami amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ulaming ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida “Yagona darcha” ta- moyilini joriy etish;

  • tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtimvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida hamda davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foyda­lanishga o‘tkazish;

  • tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlami amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini hamda kommunal xizmatlami hisobga olishni, nazorat qilish- ni va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;

  • naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.

Mazkur vazifalarini bajarish maqsadida respublikamizda Yagona interak- tiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yaratilgan.

Elektron hukumat 4 ta yo‘nalishda faoliyat olib boradi.

  1. G2G (Government to Government) - Davlat-davlatga. Bu tizimda dav­lat boshqaruvi apparati ichki tuzilmalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idoralari, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabat- larda elektron hukumat tizimini joriy etilishishi, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashni doimiy monitoring va hisobot shakllari kabi vazifalami amalga oshiradi.

  2. G2C (Government to Citizens) - Davlat fuqarolarga. Bu tizimda fuqa- rolar yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat or- ganlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yubo- rishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, rasmiy hujjatlaming elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabamomalami olishlari, shuningdek, to’lovlar bo‘yicha tranzaksiyalami onlayn usulda amalga oshiradilar


Download 11,79 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172




Download 11,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy

Download 11,79 Mb.