|
1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 169/172 | Sana | 19.06.2021 | Hajmi | 11,79 Mb. | | #15142 |
Nazariy qism:
Elektron hukumat - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir
Elektron hukumat barcha ichki va tashqi aloqalami, jarayonlami tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanib turadigan hukumat hisoblanib, Internet tarmog‘i orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo‘g‘inlari tomonidan fuqarolarga elektron vositalar bilan xizmatlar ko‘rsatish va fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berishdan iborat.
Elektron hukumat tushunchasi 1990-yillaming boshida paydo bo‘lgan, lekin amaliyotga so‘nggi 10 yillardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumat AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Janubiy Koreya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germa- niya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamla- katlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanishadi. Davlat organlari so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlaming namunasini olish, ulami to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar ido- ralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy web-sayt orqali o‘zining murojaatini ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda ham elektron hukumat joriy qilingan bo‘lib, u orqaliko‘plab davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Respublika- mizda elektron hukumatning tuzilmasi quyidagicha
Elektron hukumat 4 ta yo‘nalishda faoliyat olib boradi.
G2G (Government to Government) - Davlat-davlatga. Bu tizimda davlat boshqaruvi apparati ichki tuzilmalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idoralari, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabat- larda elektron hukumat tizimini joriy etilishishi, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashni doimiy monitoring va hisobot shakllari kabi vazifalami amalga oshiradi.
G2C (Government to Citizens) - Davlat fuqarolarga. Bu tizimda fuqa- rolar yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat or- ganlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yubo- rishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, rasmiy hujjatlaming elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabamomalami olishlari, shuningdek, to’lovlar bo‘yicha tranzaksiyalami onlayn usulda amalga oshiradilar
Amaliy ish:
Elektron hukumatning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) dan ro‘yxat- dan o‘ting
|
| |