• Tayanch iboralar
  • 1-Mavzu: husnixat metodikasining predmeti, vazifalari va husnixatga o’rgatishning ahamiyati. Reja




    Download 55 Kb.
    bet1/4
    Sana22.05.2023
    Hajmi55 Kb.
    #63166
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-Mavzu husnixat metodikasining predmeti, vazifalari va husnixa
    Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), Elektron talim muhitida videokontentlarn (1), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot

    1-Mavzu: HUSNIXAT METODIKASINING PREDMETI, VAZIFALARI VA HUSNIXATGA O’RGATISHNING AHAMIYATI.
    REJA:
    1. Talabalarni husnixat faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va rivojlantirish.
    2. Talabalarda kasbga bo’lgan pedagogik mahoratlarini oshirish.
    3. Talabalar yozuviga quyiladigan talablar.
    4. Talabalarni bo’lajak mutaxassislikga tayyorlash jarayonida yozuv sifatlarini shakllantirish.
    Tayanch iboralar: husnixat ko’nikmasi, malaka, hattotlik ko’nikmalari, harflarni tahlil qilish, bosimsiz yozish, harf elementlarini ajratmay bog’lab yozish.
    Bizga ma’lumki “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda “Kadlar tayyorlash milliy dasturi” bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilariga mutaxassis sifatida husnixat bo’yicha bolalarni har tomonlama aqliy, jismoniy va estetik jihatdan hamda og’zaki va yozma nutqlarini yuqori darajada bo’lishi jihatidan mukammal shaxs qilib yaratish uchun o’z oldilariga fan bo’yicha olgan bilimlarini hayotga tadbiq eta oladigan va uni nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay oladigan bo’lishlari kerak. DTS tomonidan bo’lajak mutaxassislarga husnixatdan olgan bilim, malaka hamda ko’nikmalarini o’z ustilarida ishlash orqali takomillashtirish zarurligi talab etiladi. Avvalo har bir talaba fanning nazariy jihatlarini chuqur o’rganib undagi nazariy bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib fan haqidagi tassavvurga ega bo’lishlari hamda amaliy mashg’ulotlarda olgan bilimlarni darslarda qo’llay oladigan usullarni, metodlarni va vositalarni chuqur o’rganib, undan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni hosil qilib tahlil eta olishlari shart. Buning uchun talabalarni nazariy bilimlarni ma’ruza orqali, fan soxasidagi yangiliklar orqali, shuningdek fanga tegishli bo’lgan manbaalar, adabiyotlar orqali, kutubxonada mavjud bo’lgan internetlar orqali mukammal o’rganishlari zarur hisoblanadi. O’rganilgan bilimlar amaliyotda, amaliy darslar orqali harflarning oddiydan murakkabga o’tish jarayoni chuqur o’rganilib har bir sinf uchun o’tiladigan chiroyli yozuv darsini tashkil etish metodlarini farqlay olishlari va o’zlarida mujassamlashtirishlari yaxshi natijalar beradi. O’qituvchining oldiga qo’yiladigan vazifa husnixat va uni o’qitish metodikasiga qo’yilgan tamoyillarni darslarda o’z o’rnida qo’llay olish malakalarini bo’lajak mutaxassislarda shakllantirishdan iborat. Bizga ma’lumki, fan 4 tamoyil asosida o’tiladi.

    1. Tushunarlilik tamoyili.

    2. Onglilik tamoyili.

    3. Ko’rgazmalilik tamoyili.

    4. Takroriylik tamoyili.

    Ushbu tamoyillar o’qituvchi tomonidan o’z o’rnida va bir biriga almashtirmasdan, chalkashtirmasdan qo’llanilishini taqozo etadi. Darsliklarda husnixat bo’yicha berilgan chiroyli yozuv bo’yicha bilim va malaka 1-2-3 sinf uchun mo’ljallangan dotsent M. G’ulomov tomonidan chop etilgan “Husnixat” metodik ko’rsatmalarida aniq bayon etilgan. O’qituvchining vazifasi esa aynan shu metodik ko’rsatmani yaxshilab o’zlashtirib bevosita hayotga tadbiq eta olishidadir.

    Download 55 Kb.
      1   2   3   4




    Download 55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: husnixat metodikasining predmeti, vazifalari va husnixatga o’rgatishning ahamiyati. Reja

    Download 55 Kb.