|
IV. Seminar mashg‘ulotlari
|
bet | 5/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 26,2 Kb. | | #232016 |
Bog'liq 1-mavzu. Inklyuziv ta’lim mazmuni va mohiyati. RejaIV. Seminar mashg‘ulotlari.
Inklyuziv ta’lim-dunyoqarash va ta’limiy konsepsiya sifatida.
Inklyuziv ta’limni rivojlanishidagi xalqaro tajribalar.
O‘zimizdan boshlaymiz: o‘qituvchilarga tavsiyalar.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim orqali o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish.
Alohida yordamga muhtoj bolaning ta’limiy marshruti modeli.
Umumta’lim tashkilotlarida alohida yordamga muhtoj bolalar uchun inklyuziv ta’limni amalga oshirish: istiqbollar va muammolar.
Uzoq muddatli davolanayotgan bolalarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashda o‘qituvchi shaxsi.
Shifoxonada uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’limiy muhitni yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tibbiyot muassasalari statsionarlarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar ota-onalari- ta’limiy jarayondagi eng muhim hamkor sifatida.
1-mavzu. Inklyuziv ta’lim mazmuni va mohiyati.
Reja:
Inklyuziv ta’lim haqida umumiy ma’lumot.
Nogironlik ta’rifi.
Nogironlik modellari.
Nogironlikning tibbiy modeli.
Nogironlikning ijtimoiy modeli.
Inklyuziv ta’limda qiyinchiliklar va yondashuvlar.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning shartlari.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab quvvatlashning 7 ustuni .
Alohida ehtiyojlarga ega va bunday qiyinchiliklarga ega bo‘lmagan bolalarning shaxs xususiyatlari va kognitiv rivojlanishi uchun integratsiya tizimining afzalliklari.
Inklyuziv ta’limni pedagogik amaliyotga joriy etishning dolzarbligi.
Tayanch tushunchalar: inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, korreksiya, tamoyillar.
1. Inklyuziv ta’lim haqida umumiy ma’lumot.
Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion–uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iktisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta’limning ta’siri to‘g‘risidagi qarashlari inklyuziv talim rivojlanishining metodologik bazasi xisoblanadi.
“Inklyuziv” va “integratsiyalashgan” atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Biroq ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor.Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida “inklyuziv” yoki “integratsion” ta’lim atamalari bilan ataladi. Ya’ni millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o‘rni, manbai, moddiy va ma’naviy axvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bo‘lishidan qatiy nazar barcha bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko‘zda tutadigan ta’limdir.
Inklyuziv ta’lim - umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi.
Inklyuziv ta’lim har xil extiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga xarakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli extiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tadbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta’lim maktablari bolalarning bilim olish uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi (vaholangki ular uqitilmasa ham). Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, kamaytiradi chunki bolalar bir- birlari bilan muloqot qilish jarayonida o‘zlarining o‘qitilish jarayonida turli extiyojlarga ega individum ekanliklarini anglaydilar.
|
| |