|
Jamiyat madaniyatsiz va ma’navi
|
bet | 17/39 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 139,8 Kb. | | #158508 |
Bog'liq 2 kurst tarbiya2.Jamiyat madaniyatsiz va ma’naviyaxloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Muloqot, pedagogik muloqot, didaktika, tarbiya nazariyasi, kategoriya, ta‘lim,
bilim, ko‘nikma, malaka, ma‘lumot, rivojlanish, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»,
Kadrlar tayyorlash miliy modeli, Kadrlar tayyorlash miliy modelining tarkibiy
qismlari, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan talablar.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish ko`p
jihatdan o`qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta`kidlab o`tish lozim.
Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to`g`ri tanlangan, o`qituvchining
ma`naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi
vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o`quvchiga alohida e`tibor va dilkashlik, sinf jamoasi
bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o`qituvchining erkin pedagogik
faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o`quvchi bilan o`zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil
qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot
uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga ―kirib borish‖ga yo`l
ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o`qituvchining ma`naviy-axloqiy normalari
muvaffaqiyatlar kaliti bo`lib, ta`lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning
barcha bosqichlarida o`qituvchining o`z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini
ta`minlaydi.
O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini
shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
1. O`quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini
o`rganishi. O`quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama
tavsif berish, o`qituvchining muloqotni to`g`ri tashkil etishi asosida amalga oshadi.
2. Shaxsiy muloqotda ro`y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham
berish choralarini izlab topish: muloqotda qo`pollik, mensimaslik va boshqa salbiy
holatlarni yengish.
3. O`qituvchi o`zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo`lgan uslublarini ishlab
chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o`z-o`zini kuzatish bilan yutuq va
kamchiliklarni taqqoslash.
4. O`zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an`ana va
ma`naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish.
5. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, bu
uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida).
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o`qituvchilar o`z kasbiy
mahoratlarini
oshirish
maqsadida o`quvchilar
bilan
muloqot
madaniyatini
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta`lim-tarbiyaviy jarayonni
tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o`qituvchi va o`quvchilarning bevosita
o`zaro munosabatini ma`lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo`naltiruvchi kuchdir. Bu
o`rinda o`qituvchi quyidagi vaziyatlarni e`tiborga olishni alohida ta`kidlash lozim:
- o`qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya
qilishi, bu jarayonda o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani
vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so`z ohangiga e`tibor, an`anaviy
muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o`zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o`quvchilar hatti-
harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab
chiqib baho berish;
- o`z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni
uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so`z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni
vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart- sharoitlarini
bilib olishning o`zi kifoya qilmaydi, o`quvchilar bilan o`zaro muomalaning ―ustoz-
shogird‖ an`analariga xos boshlanishi va o`zaro fikr almashish asosida muhim
vazifalarni hal qilish bilan muomala ob`ektining diqqatini o`ziga jalb qilish;
- muloqot ob`ekti, ya`ni o`quvchining diqqatini o`ziga jalb qilish deganda nimani
anglash kerak? Buning ma`nosi o`qituvchi o`zining xushmuomalaligi, madaniyati,
go`zal xulqi, muloqotda o`quvchilar qalbiga yo`l topa olishi bilan o`z mahoratini
namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy- psixologik
negizni asos qilib olishidir. Ko`rsatib o`tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta`sir
ko`rsatish uchun, o`qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-
axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo`yiladi. Ushbu fazilatlar
o`qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o`quvchilar
bilan aniq maqsadni ko`zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Kasbiy faoliyatning noyob fazilati
bo`lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o`qituvchi quyidagi
xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirishi lozim:
- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo`lgan yuksak
ma`naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e`tiqod, davlatimiz ideallari,
milliy g`oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg`ulari
shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
- o`quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari,
hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko`nikmasi va malakasining
shakllanganligi;
- jamiyatda ro`y berayotgan hodisalar, jahonda ro`y berayotgan voqealar, tabiatga,
borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik
kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining
mavjudligi;
- pedagogik faoliyatning
barcha
jabhalarida odamlarning
hatti-harakatlari,
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o`z faoliyatiga nisbatan refleksiv
munosabatni tarkib toptirish;
- har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro`y berayotgan yangiliklarga nisbatan
hamda ijtimoiy – iqtisodiy o`zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan munosabatda
bo`lish, o`z oldiga to`g`ri maqsad qo`ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish,
boshqarish va o`z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
- pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda
ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini namoyish
etishi;
- dunyoqarashi va tafakkur ko`lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga nisbatan
qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilliligi, muayyan ilmiy salohiyat va
pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
- o`quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham,
ma`noli, ta`sirchan kuchga egaligi, psixologik ta`sir o`tkazish bilan qurollanganligi.
Har bir o`qituvchi uchun o`quvchilarga to`g`ri, omilkor axborot uzatish va unga
suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o`qituvchining
muloqot madaniyati, ma`naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchining pedagogik faoliyati uzluksizdir, shu sababli u pedagogik muloqot
madaniyatini ham muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo`nalishlarga e`tibor
berishi lozim:
1. yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o`z-o`zini anglashi, (muomalada
o`zining o`zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va
shu asosda o`zaro fikr almashish yo`li bilan o`z-o`zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o`zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib borishi,
muloqot asosida to`g`ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda
o`zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o`qituvchilar jamoasi,
o`quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil
qilishi.
3. O`zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan
ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O`quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat
ishlarini olib borishi, bunda o`zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik
qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo`ladigan salbiy holatlarni yengish ko`nikmalarini
shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini
yaratishi.
O`qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham,
o`quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo`lishi tabiiy
hol. Har qanday tajribali o`qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o`ziga xos
qiyinchiliklar yuzaga keladi.
|
| |