|
Himoya o‘chirgichi va uning vazifasi
|
bet | 12/37 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #271814 |
Bog'liq ЭХ амалийHimoya o‘chirgichi va uning vazifasi
Himoyalovchi yerlantirish, nollash hamma vaqt ham yetarlicha himoyalash qurilmasi bo‘la olmaydi. Masalan, elektr qurilmasiga elektr toki ulanganda, uning metall korpusiga tok o‘tishi kuzatilganda, agar odam shu korpusga tegib turgan bo‘lsa, tok o‘z ta’sirini shu odamga ko‘rsatadi. Ana shu ta’sirni butunlay yo‘qotish maqsadida elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga avtomatik o‘chirgich qurilmasi orqali ulanadi. Buni himoya o‘chirgichi deyiladi.
Himoya o‘chirgichi bu, elektr qurilmalarida qisqa tutashuv yoki ortiqcha tok sarfi kuzatilgan holda avtomatik tarzda tokni uzib qo‘yadigan qurilma hisoblanadi, ya’ni elektr qurilmasiga ulangan elektr tarmog‘ini avtomatik tarzda uzadi.
Himoya o‘chirgichi 1000 V gacha elektr qurilmalarida korpusga tok ulanib qolgan va qisqa tutashuv bo‘lgan hollarda barcha ulangan tok simlarini avtomatik holda o‘chiradi. Bunday avtomatik o‘chirgichlar elektromagnit maydon hosil qilish yoki issiqlikdan kengayish prinsipiga asoslanib ishlaydi.
Tajriba ishida mexanik ta’sirlarga qarshi to‘siqlar to‘g‘ri noto‘g‘riligini harakatlanuvchi qism yoki detallarning sinishi yoki chiqib ketishidan jarohatlanish bo‘yicha ularning traektoriyasi bo‘yicha to‘siqda ushlab qolinishi bo‘yicha tekshirish o‘tkaziladi.
Elektr qurilmalarida ishlash xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni aniqlanganidan keyin, bularni hisoblash ishlari bajariladi.
1.Elektr jihozlarini nollash deganda nimani tushunasiz?
2.Nollashning asosiy vazifasi nima?
3.Nollash qurilmasining elektr qarshiligining ahamiyati nimadan iborat?
4.Himoya avtomat o‘chirgichning ishlash tarzi qanday?
6-Amaliy mashg‘ulot.
YoNG‘IN BO‘LGANDA ODAMLARNI BINODAN OLIB ChIQISh VAQTINI HISOBLASh.
1. Evakuatsiya yo‘llari.
Evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan asosiy talablar ShNQ 2.01.02-04 "Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi" me’yoriy hujjatiga muvofiq quyidagicha belgilangan:
odamlarni o‘z vaqtida va uzluksiz evakuatsiya qilishga;
yong‘inning xavfli omillari ta’siriga yo‘liqishi mumkin bo‘lgan odamlarni qutqarishga;
odamlarni evakuatsiya yo‘llarida yong‘inning xavfli omillari ta’siridan himoyalash.
Odamlarni mustaqil tashkillashtirilgan holda yong‘inni xavfli omillari mavjud xonadan tashqariga chiqish harakati evakuatsiya jarayoni xisoblanadi.
ShNQ 2.01.02-04ning quyidagi 5.9.bandga mos kelmagan odamlarni qutqarishga mo‘ljallangan tadbirlar va vositalar, hamda chiqishlar, barcha xonalar va binolardan evakuatsiya jarayonini tashkil etishda va loyihalashda e’tiborga olinmaydi.
ShNQ 2.01.02-04 talablariga asosan A va B toifadagi F5 sinfga mansub xonalarni bir vaqtni 50 dan ortiq odam to‘planishi uchun mo‘ljallangan xona ostida, hamda yerto‘la va sokolqavatlarda joylashtirishga yo‘l ko‘yilmaydi.
ShNQ 2.01.02-04ga muvofiq F1.1, F1.2, vaF1.3. sinfga mansub xonalarni yerto‘la va sokol qavatlarida joylashtirishga yo‘l ko‘yilmaydi.
Yong‘in vaqtida odamlar xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha tadbirlarning samaradorligi xisoblash yo‘li bilan baxolanishi mumkin .
|
| |