|
1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash
|
bet | 11/37 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #271814 |
Bog'liq ЭХ амалийRx=U/I
buerda:U va I o‘lchov asbobini ko‘rsatkichlari.
Yerga ulash qurilmalarini qarshiligini o‘lchash uchun mahsus o‘lchov asboblari, MS - 08, M416 va M1103 belgilab qo‘yilgan.
Tegib ketish kuchlanishni o‘lchash. Tegib ketishni kuchlanishini o‘lchash uchun asbob-uskunadan 80sm narida, yer yoki polustigalist yotqiziladi, bulist qo‘rg‘oshin yoki alyumindan tayyorlangan, 35x35 sm. Kv maydonga ega bo‘ladi. Inson oyoq tagi deb faraz qilinadigan bu list, inson tanasini qarshiligini(o‘lchaganda1000 0m bo‘lishi kerak) voltmetrni ichki qarshiligi Rvbilan o‘zgartiriladi.Voltmetrni ichki qarshiligi rezistor bilan shu ntirolgan Rm bo‘lib uning qarshiligi tenglama yordamida aniqlanadi
Rm=1000Rv/(Rv−1000)
List ustiga, odamni o‘rniga 80kg yuk qo‘yiladi, havfsizlik bo‘yicha keraklicha chora-tadbirlar ko‘rilgan holda sinovdan utayotgan asbob-uskunani qobigiga tok yuboriladi.
Qadamli kuchlanishni o‘lchash.Qadamli kuchlanishni o‘lchashida yoyilib ketish tok markazidan keraklik masofasida ikkita metall list o‘rnatiladi.Listni o‘lchamlari 35x17,5 sm ularni orasidagi masofa
80 sm(qadamni uzunligi). Har bir plastinkaga 40 kg yuk o‘rnatiladi.Tegib ketish kuchlanishni ulchagan tarzida qadamni kuchlaninish o‘lchanadi
Sinov savollari:
Elektr jihozlarini yerga ulab muhofazalash deganda nimani tushunasiz?
Elektr jihozlarini yerlashtirish va nollash qanday amalga oshiriladi?
Yerlashtirish tizimini tushuntirib bering.
Elektr jihozlarini yerlashtirish va nollashdan maqsad nima?
5-amaliy mashg‘ulot. ELEKTR TOKINI NOLGA ULAB MUHOFAZALASh MUHOFAZA QILISh USULINI HISOBLASh
Korxonalarda 1000 V gacha ishlaydigan elektr qurilmalarida uning korpusi yerlantirilgan bo‘lishi ishonchli ravishda to‘la himoyalangan bo‘la olmaydi. Shuning uchun ba’zan yerlantirishga qo‘shimcha ravishda boshqacha neytrallash usuli - nollash qo‘llaniladi.
Nollash - bu elektr xavfsizligi maqsadida elektr qurilmalarining berk yerlantirilgan metall korpuslarini odatda kuchlanishda bo‘lmagan neytral (O) o‘tkazgich simga ulashdir. har qanday elektr qurilmalarning elektrodvigatellarida, korpuslarida nollashga mo‘ljallangan vint yoki sim o‘rnatib qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida uning texnik pasportida tegishli yozuvli holda belgilab qo‘yiladi.
Nollashning asosiy vazifasi elektr qurilmalarida qisqa tutashuv yoki ba’zan kuzatilishi mumkin bo‘lgan yuqori kuchlanish davrida ortiqchasini shu «0» sim orqali uzatib, elektr xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Nolinchi simga ulangan asbob-uskunadagi izolyatsiya teshilganda bir fazali qisqa tutashuv tokining zanjiri hosil bo‘ladi. Bu zanjirning qarshiligi nisbatan katta bo‘lmaydi va faza hamda nolinchi simlarning qarshiliklaridan iborat bo‘ladi. Bu yerda hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv toki odatdagi himoya tariqasidagi yerga ulanish qo‘llanilgan, neytrali yerga ulanmagan tarmoqdagi bir fazali tutashish tokidan ancha katta bo‘ladi. Shuning uchun shikastlangan asbob-uskunani yoki tarmoq uchastkasini himoya qiluvchi suyuqlanuvchan saqlagich yoki avtomatik vklyuchatel tezda ishga tushadi. Xususan, shikastlangan asbob-uskunani kuchlanish ta’siridan tez va to‘la xalos qilish nolinchi simga ulashning himoya tariqasida yerga ulashga nisbatan farq qiladigan himoyalash ishining asosidir. holbuki, himoya tariqasida yerga ulashda yerga ulangan qismlardagi kuchlanish izolyatsiya shikastlanganida pasayadi, ammo uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin.
Nolinchi sim uzilgan holda uzilgan nuqtadan naridagi hamma asbob-uskunalar faqat mutlaqo himoyasiz qolib ketmasdan, balki nolinchi sim bo‘lmagan holdagiga nisbatan hatto yomon sharoitga tushib qolgan bo‘lardi, chunki uzilgan nuqtadan narida nolinchi simga ulangan har qanday apparat yoki elektr dvigatelining izolyatsiyasi shikastlanganida uning korpusida va boshqa nolinchi simlarga ulangan korpuslarda ko‘pincha faza kuchlanishiga teng bo‘lgan kuchlanishlar hosil bo‘lgan bo‘lardi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, birinchidan, nolinchi simning uzilishining oldini olishga intiladilar. Jumladan, tarmoqning nolinchi simdan nol nuqtaga ulash uchun foydalanadigan uchastkasida bir qutbli vklyuchatel va suyuqlanuvchan saqlagichlarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi va nolinchi simlar doim nazorat qilib turiladi. Bundan tashqari uzunligi 200 m dan ortadigan magistral liniyalarda nolinchi simlarni takror yerga ulash ishlari bajariladi. Bunda takror yerga ulash oralig‘i 100 metrdan ortmasligi kerak. Nolinchi simni takror yerga ulash u uzilganida ham boshqa dastgohlar uchun xavf oldi olinishi bilan foydali hisoblanadi.
Agar nolinchi sim kesimi 2 marta kichik bo‘lib, kuchlanishi esa faza kuchlanishidan 2 marta ortiq bo‘lsa, takror yerga ulanishsiz korpusga qisqa tutashuv yuz berganida nolinchi simga ulangan tok iste’molchisida faza kuchlanishining qismiga teng pasayishi kuzatiladi. Mana shu kuchlanish korpusdagi yerga nisbatan kuchlanishning o‘zi bo‘ladi. Agarda shikastlangan asbob-uskuna yaqinida bitta takroriy yerga ulanish bo‘lsa, tokning nolinchi simiga parallel bo‘lgan yer orqali tokning yo‘li korpusdan transformator nolinchi nuqtasigacha bo‘lgan zanjiridagi natijaviy qarshilikni kamaytiradi. Shu yo‘ldagi kuchlanishning pasayishi ham kamayadi. Elektr iste’molchisi korpusidagi yerga nisbatan kuchlanish yanada kamayadi va ning faqat bir qisminigina tashkil qiladi:
,
Bu yerda R0-neytral yerga ulanishining qarshiligi; Rm-takroriy yerga ulanish qarshiligi;
Ier k.o-korpusdan nolinchi nuqtagacha bo‘lgan yo‘lida yer orqali o‘tadigan tok.
R0 Rm bo‘lganida bo‘ladi. Liniyada ikkita va undan ko‘p takroriy yerga ulanishlar bo‘lganida korpusdagi kuchlanish yanada pasayadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan, neytrali yerga ulangan qurilmalarda manbaning nolinchi nuqtasi bilan metall yordamida bog‘lanish hosil qilmasdan turib, himoya tariqasida yerga ulash man qilinadi. Ammo agar ayni korpusning va nolinchi nuqtaning yerga ulagichlari metall yordamida o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, nolinchi simga ulovchi maxsus o‘tkazgichga hojat qolmaydi.
Kuchlanishi 380 220 V yoki 220 127 V bo‘lgan (neytrali yerga ulangan) qurilmalarda yerdan nolinchi ish simi sifatida foydalanish va neytrali yerga ulanmagan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda faza simi sifatida foydalanish ta’qiqlanadi.
Xavfliligi katta bo‘lmagan xonalarda 220 V va undan past kuchlanishli asbob-uskunalarda yerga va nolinchi simga ulash qo‘llanilmaydi. Buning asosiy sababi shuki, bunday simlarga tegib ketish xavfi ortib ketishi bilan ishlash xavfsizligi kamayib ketadi.
Kuchlanishi 36-42 V va undan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr iste’molchilari uchun yoki 110 V va undan past kuchlanishli o‘zgarmas tok elektr iste’molchilari uchun yerga ulash yoki nolinchi simga ulashdan umumiy har qanday xonalarda foydalanilmaydi (portlash xavfi bor xonalar bundan mustasno).
|
9-rasm. himoyalovchi nol simiga ulash sxemasi.
1-himoyalovchi elektryuritgich qobig‘i, 2-yengil eruvchan saqlagich.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash
|