• Gazdan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish
  • 1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash




    Download 3,15 Mb.
    bet19/37
    Sana20.09.2024
    Hajmi3,15 Mb.
    #271814
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
    Bog'liq
    ЭХ амалий

    9- amaliy mashg‘ulot.
    YoNG‘INDAN JAROHATLANGANDA BIRINChI YoRDAM.

    Yong‘indan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishda avval jarohat turi aniqlanadi . Jarohatlanish kuyish , is gazidan yoki boshqa galardan zaharlanish bilan kechishi mumkin


    Kuyish termik, kimyoviy va elektrik bo‘lishi mumkin. Ular og‘irlik darajasiga ko‘ra 4 darajaga bo‘linadi: 1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2-darajali kuyishda suv pufaklari hosil bo‘ladi; 3-darajali kuyishda teri jonsiz, ya’ni sezish qobiliyatini yo‘qotgan holda bo‘ladi; 4-darajali kuyishda –teri qorayadi, muskullar va suyak shikastlanadi, qurib qoladi.
    Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qo‘l tegizish, maz, yog, ichimlik sodasi surtish, yopishib qolgan kiyim parchasini yulib olish, hosil bo‘lgan pufaklarni yorish mumkii emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan joyni sterillangap bog‘ich bilan bog‘lash kerak. Tana og‘ir kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan o‘rash, choy ichirish va vrach kelguncha tinchlik berish kerak.
    Agar kuygan kishining pul’s urishi sekinlashsa 15-20 tomchi valeryanka ichirish kerak. Kuygan yuzni sterillangan marli bilan yopib qo‘yish kerak.
    Ko‘z kuyganda 1 stakan suvga 1 choy koshiq bor kislotasi solib, sovuq holda ko‘zga bosish kerak.
    Kimyoviy kuyish oqibati ko‘pincha kuydiruvchi kimyoviy moddani ta’sir etish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli bunday kuyganga birinchi yordam ko‘rsatishda dastlab ushbu modda konsentratsiyasini va ta’sirini susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta’sir yetgan joy 15-20 minug toza suvda yuvilishi kerak. Agar kuyish kislota ta’sirida bo‘lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlnk sodasi, ishqor ta’sirida bo‘lsa bir stakan suvga bir choy qoshik bor kislotasi solingan eritma bilan bog‘ich namlanib bog‘lanishi kerak.
    Gazdan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish
    Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:

    1. Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;

    2. Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;

    3. Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);

    4. Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;

    5. Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;

    6. Nashatir spirtini hidlatish;

    7. Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;

    8. Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish;

    9. Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish(Agar nafas olishi qiyin holatga tushgan bo‘lsa, zarur bo‘lsa, og‘izdan og‘izga yoki og‘izdan burunga havo berish usuli qo‘llanilishi lozim).

    Elektr tokiga tushgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish
    Elektr tok kuchlanishiga tushgan insonga darhol birinchi yordam ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
    Elektr tok kuchlanish ostida qolgan insonga imkon darajasida tezroq tok ta’siridan ozod qilish lozim, lekin shu bilan birga ehtiyot choralarini ko‘rishi shart.
    Elektr tok ta’sirida qolgan insonga qo‘l bilan tegish juda xavfli. Qutqaruv ishlarini olib borayotgan inson o‘zi tok ostida qolib ketmasligi uchun mal’um qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi.
    Elektr tok ta’siridan ozod qilishning oddiy usuli elektr uskunani o‘chirish. Lekin e’tiborga olish kerakki, elektr uskuna o‘chirilsa yoritkichlar ham o‘chishi mumkin. Shuning uchun xar extimolga qarshi qo‘shimcha yorug‘lik manbai bo‘lishi kerak (fonar, shag‘amva hakozo).
    Agarda tezda elektr uskunani o‘chirish mumkin bo‘lmasa, unda qutqaruvchiing o‘zi, tok ostida qolmasligi uchun havfsizlik choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi.Bunda qutqaruvchi elektr kuchlanish ostida qolgan jabrlanuvchidan o‘tayotgan tokdan va yerdagi qadamli kuchlanishdan ehtiyot bo‘lishi lozim.
    Elektr uskunani kuchlanishlari 400 V dan kam bo‘lsa, jabrlanuvchini quruq kiymidan tortib olish mumkin, lekin tanasidan, kiyimidan, poyafzalidan ehtiyot bo‘lishi shart.
    Agar elektr sim jabrlanuvchini qo‘lida bo‘lsa,unda simni bolta yoki boshqa dastaklari himoyalangan quruq yog‘och, rezinali qo‘lqop, gilamcha va hakozo asboblar bilan kesib uziladi.
    Elektr uskunalarni kuchlanishi1000V dan ortiq bo‘lsa, barcha ishlatilish qoidalarga rioya qilib izolyatsiyalangan shtanga yoki himoyalovchi qisqich bilan foydalanishi zarur.
    Agar jabrlanuvchi qadamli kuchlanish ta’sirida yiqilgan bo‘lsa,uni yerdan izolyatsiyalash,ya’ni tagiga quruq yogoch yoki foner solishga to‘g‘ri keladi.
    Elektr tok ta’siridan qutqarilgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi.Tasirlangan odam hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uni dam olishini ta’minlash, agar jarohat yoki mexanik shikastlangan bo‘lsa,(terikuyishi, suyaksinishi yoki suyak chiqishi) shifokorlar yetib kelguncha, birinchi yordam ko‘rsatish yoki davolash muassasalariga olib borish kerak bo‘ladi.
    Agar jabrlangan inson hushini yo‘qotgan, lekin nafas olayotgan bo‘lsa uni tagiga yumshoq payondoz (sholcha, kiyimva hakozo) yozib erkin nafas olishga halaqit beradigan kiyim tugmalarini yechib, og‘iz va tomog‘ni qon va balg‘amlardan tozalab, erkin nafas olishini taminlab, nashatirspirtini hidlatish, suv sepish, tanani ishqalab qizitish kerak bo‘ladi.
    Insonda hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmasa (klinik o‘lim holatida nafas olishi, puls butunlay to‘xtaydi, ko‘z qorachig‘lari kengaygan)tezda erkin nafas olishga halaqit beradigan kiyimlarni yechib,og‘izni tozalab,sun’iy nafas oldirishga va yurakni massaj qilishga kirishish kerak.
    Sun’iy nafas oldirish 2 xil bo‘ladi: apparat yordamida va qo‘l yordamida. Eng oddiy suniy nafas oldiruvchi apparat RPA-1 (ruchnoyportativniyapparat-1). Jabrlanuvchini o‘pkasiga havo kirgazish va chiqarish rezinali trubka yoki zich joylashgan maska yordamida amalga oshiriladi.
    RPA-1 ishlatilishida juda qulay va bir siklda 1 litr havo yuborishi mumkin. RPA-1 yordamida sun’iy nafas oldirish uchun oldin jabrlanuvchini chalqancha yotqizib, og‘zini ochib tozalash,og‘ziga shlanka o‘rnatib (til orqga ketib qolmasligini ta’minlab) va razmerlarga moslab, maskani kiydirish kerak. Komarlar yordamida mexni tortilish meyorlarini o‘rnatib( yuboradigan havoni meyori) qo‘yiladi. Mexni kengaytirganda apparat ichkaridagi atmasfera havosini tortib oladi. Mex qisqartirilganda apparat ichidagi havo jabrlanuvchini o‘pkasiga yuboriladi. Keyingi tortilishida mahsus klapan orqali nafas chiqariladi. Bundan tashqari apparatda o‘pkani bosimi meyordan tashqari (200 mm.suvustunida) ko‘tarilmasligi uchun mahsus klapan o‘rnatilgan.
    Hozirgi vaqtda "og‘izdan-og‘izga"va "og‘izdan-burunga" puflash usullarikeng qo‘llanilib kelmoqda.



    16- rasm. RPA-1 apparat yordamida sun’iy nafas oldirish
    Sun’iy nafas berishdan oldin, jabrlanuvchini nafas olish yo‘li ochiqligini ishonch hosilqilish kerak.
    "Og‘izdan-og‘izga" puflashdan oldin jabrlanuvchini jag‘i qisilgan bo‘lsa uni yassi buyum yordamida ochiladi. Og‘zi balg‘amdan tozalanib chalqancha yotqiziladi, boshi bir oz orqaga egiladi. Yordam beruvchi yon tomoniga o‘tirgan holda jabrlanuvchini og‘ziga bint yoki doka yopadi.Keyin og‘zi bilan jabrlanuvchini og‘ziga qattiq puflaydi. Ko‘krak qafsi kengaygandan keyin puflash to‘xtatiladi. Shu vaqtda jabrlanuvchini og‘zida passiv holatida havo chiqadi. Shundan keyin yordam beruvchi og‘ziga yana puflaydi. Puflashni qaytarishni tezligi taxminan kattalar uchun12-16 marta, bolalar uchun18-20 marta minutiga. Havo puflash vaqtida burunni teshiklarini barmoqlar bilan berkitib havo chiqarishda ochib turishi shart.Og‘izdan-burunga" puflashda jabrlanuvchini boshi orqasiga engashtiriladi, pastki jag‘ni qo‘l bilan ko‘tarib, og‘zi yopiladi.
    17- rasm. "Og‘izdan-og‘izga" usuli yordamida sun’iy nafas oldirish
    "Yordam beruvchi chuqur nafas olib, bemorning burnini doka yoki bint yordamida lablari bilan zich qamrab o‘pkasiga havo yuboriladi.
    Yurak massaji. Yurakni yopiq massaj qilish – organizmda qon aylanish, yurak faoliyatini qayta tiklash maqsadida bajariladi.



    18- rasm. Yurak massaji
    Jabrlanuvchining ko‘krak qafasiga qo‘l bilan bosish joyi aniqlanadi, ko‘krak bo‘sh joyidan ikki panja yuqorida bo‘ladi.
    Yordamberuvchi bir qo‘lining kaftini jabrlanuvchi ko‘kraginingbosish joyiga qo‘yadi, ikkinchi qo‘lini to‘g‘riburchak ostida birinchi qo‘lini ustiga qo‘yadi va o‘ziningog‘irligi yordamida jabrlanuvchiningko‘krak qafasiga bosadi.
    Bir soniyada bir marta tez itarish harakati bilan bosish kerak, bundako‘krak 3-4 smga (semizlarga5-6 smga)pasayadi.
    Tez bosilgandanso‘ng 0,5 soniya mobaynida qo‘llar bosilgan holatida saqlanib turiladi, so‘ngra yordam beruvchi qo‘llarini ko‘krakdan olmasdan bo‘shatilishi kerak.
    Yurakni massaj qilishni sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borish tavsiya etiladi,4-5marta ko‘krak bosilgandan so‘ng havo puflash kerakbo‘ladi.
    Yopiq massaj yordamida yurakni fibrilyatsiya holatidan chiqarib bo‘lmaydi.Bu uchun mahsus apparat defibrillyator qo‘llaniladi. Defibrillyatorni asosi elementi -kondensator. Kondensator umumielektr tarmoqdan zaryadkasini olib, jabrlanuvchini yurak qafasida razryad yuboriladi. Tokni impulsi fibrilyatsiya holatidan chiqarib yurak mushaklari meyorda (ritmik)ishlashni ta’minlaydi. Klinik o‘lim holatida yotgan insonga birvaqt o‘zida sun’iynafas va yurakni yopiq massaj berish tadbirlarini o‘tkaziladi. Agar yordamchilarni soni 2ta bo‘lsa bittasi sun’iynafas berish, 2 yurakka yopiq massajbilan shug‘ullanadi. Har ikki marta ko‘krak qafasini 35 marta bosish kerak. Havoberish vaqtida ko‘krak qafasini bosish qat’iy ma’n etiladi. Agar yordam beruvchi 1ta odam bo‘lsa,unga ham sun’iy nafas berish va yopiq massaj qilishga to‘g‘ri keladi. Navbat quyidagicha: har 2-3 havo puflashiga 3-5 ko‘krak qafasini bosish kerak.
    Shifokor yetib kelmaguncha shu tadbirlarni,toki jabirlangan shaxs o‘ziga kelmaguncha, yoki qaytarilmas biologik o‘lim belgilari (tanani sovushi,qotishi, murdadog‘lari) kuzatilmaguncha davom ettirish kerak.
    Sinov savollari:
    1.Yong‘indan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligini aytib bering.
    2.Kuyish necha darajaga bo‘linadi?
    3.Termik, elektrik kuyish deganda nimani tushunasiz?
    4. Kimyoviy kuyishning sababi nimadan iborat?
    5.Elektr tokiga tushgan odamni elektr tokidan ajratib olish qoidalarini gapirib bering.


    Download 3,15 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




    Download 3,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash

    Download 3,15 Mb.