1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash




Download 3,15 Mb.
bet18/37
Sana20.09.2024
Hajmi3,15 Mb.
#271814
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
ЭХ амалий

Nollashtirish tizimlarini to‘g‘ri va notug‘ri bajarishlar:
- nolli o‘tkazgichga saqlagichlarni o‘rnatilishi man etiladi;- nollashtirishda qobiqlarini ketma-ket ulash mumkin emas;
- lampa patronlarining vintli qismini va saqlagichlarni nol o‘tkazgichlarga ulash mumkin, faza o‘tkazgichning esa o‘chirg‘ich orqali qurilmani asosiy kontaktiga ulash mumkin, boshqa barcha ulash tizimlari notug‘ri bo‘ladi;
- yoritgichlarni alohida o‘tkazgich bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqli nol o‘tkazgichiga ulanadi;
- nol o‘tkazgichni va kuch o‘tkazgichni (yoritkichni oziqasi) simlari bitta bo‘lishi man etiladi;
Nollashtirish hisob-kitobi uchta qismdaniborat:
- o‘chirish qobiliyatini hisob-kitobi (ya’ni, bir fazali qisqatutashuv tok kuchini va maksimal himoya tok qurilmasini tok kuchiga nisbatan, necha barobar kattaligini aniqlab, ruhsat etilganqiymatlari bilansolishtirish);
-fazani uskuna qobig‘i bilan tutashuvida maksimal yerga nisbatan kuchlanishni aniqlash;
-oziqa manbaini neytralini yerga ulanishini va nol o‘tkazgich yerga qayta ulashni hisob-kitobi.
Elektr uskunani montajidan so‘ng,kapital ta’mirlashda yoki rekonstruksiya qilingandan keyin (qabul qilish–topshirish sinovlari)yoki ishlatish jarayonida, davriy, har besh yilda bir marta no‘llanish nazorat etiladi. Nazorat vaqtida zanjirni tashqi tomonidan ko‘rib chiqiladi,ish qarshiligi qayta yerga ulashlarni va faza–nol sirtmoqini qarshiliklari o‘lchashlaridan iborat bo‘ladi.




10- rasm. Nollashtirishni ishlash sxemasi:
a)ish qarshiligi yerga ulanganda; b)ish qarshiligi qayta yerga ulanganda
Tashqi tomondan tekshirilganda zanjirni barcha elementlari imkon darajasida ko‘rib chiqiladi.Uskunalarni qobiqlar va oziqa tarmoqlarining nol o‘tkazgichlari oralaridagi zanjir ishonchli bo‘lishi,uzilgan joyi bo‘lmasligi va kontaktlar qoniqarli holatida bo‘lishi kerak.Ish va qayta yerga ulash qarshiliklarini o‘lchashi, yerga ulanish qurilmalarini o‘lchaganidek o‘lchanadi.

Nol o‘tkazgichlarini uzilib ketganda ish qarshiligi qaytta yerga ulangan sxemasi Faza – nol sirtmoq qarshiligini o‘lchash maqsadi, sirtmoqdagi to‘liq qarshiligini aniqlab,bir fazali qisqa tutashuvt okini hisoblash va uning maksimal himoya tokini uskunaning nominal toki bilan solishtirish. O‘lchovlar eng quvvatli elektrp qabul qilgichlarida hamda oziqa manbaidan eng uzoq joylashgan va faza–nol sirtmoqni umumiy sonidan, kamida10 %dao‘tkaziladi.




11- rasm. Faza – nol sirtmoqni qarshiligini o‘lchash sxemasi
Faza – nol qarshiligini o‘lchash uchun ampermetr–voltmetr sxemasi va M417modelli o‘lchov asbobi qo‘llaniladi. Ampermetr–voltmetr sxemasi yordamida o‘lchash uchun,elektruskunalar o‘chirilgan,o‘lchov asbobi M417 esa–yoqilgan holatidao‘tkaziladi.
Sinovdan o‘tayotgan elektrqabulqilgichni oziqlash manbaidan o‘chirilgan holatidagi faza– nol sirtmoqni qarshiligini o‘lchash sxemasi.O‘lchov sxemasi bir fazali kuchlanishni 42 V gacha pasaytiruvchi transformator, reostart, voltmetr va ampermetrlardan iborat. Transformatorni chulg‘am simini bittasi, imkon darajasida, kuchi transformatoriga yaqinroq ulanadi, ikkinchi esa, elektropriomnik rubilnigini fazalaridan biriga ulanadi.Ayni shu fazani o‘tkazgichini elektr priyomnikni qobig‘iga to‘g‘ridan– to‘g‘ri ulanadi.Reostat yordamida o‘lchash toki o‘rnatiladi, ampermetr (Io)va voltmetr (Uo) ko‘rsatkichlari olinadi va faza– nol sirtmoqni qarshiligi aniqlanadi:
Zn = IU
Bu sxemada kuchlangan transformatorni qarshiligini va transformatordan to sinovdan o‘tayotgan elektruskunalarni orasidagi o‘tkazgichini qarshiligini hisobga olmaydi, lekin o‘lchanayotgan tarmoqni o‘tkazgichlarini qarshiligini hisobga oladi.
Shu uchun ham,sinovdan o‘tayotgan elektr qabulqilgich oziqa transformatoridan uzoq joylashgan bo‘lsa,katta hatoliklar hosil bo‘lishi mumkin.
Butun tarmoqni o‘chirilgan holatidagi o‘lchash sxemasi fazani qarshiligini hamda oziqatransformatoridan to sinovdan o‘tayotgan elektrqabul qilgich orasidagi nol o‘tkazgichlarni qarshiligini va ulanishda qo‘llaniladigan o‘tkazgichlarni qarshiligini hisobga olinadi lekin tok kuchi transformatorni qarshiligini esa hisobga olmaydi.
Bu sxemalar sinovdan o‘tayotgan elektr qabul qilgich va tok kuchi transformator orasidagi kata masofa bo‘lsa qo‘llaniladi.Bu holatdagi o‘lchov sxemasi sinovdan o‘tayotgan elektrqabulqilgich oziqlanish manbaidan o‘chirilgan holatidagi sxemasiga o‘xshash bo‘ladi, faqat bu sxemada pasaytiruvchi transformatorni ikkilamchi chulg‘am simini sinovdan o‘tayotgan tarmoqni tok kuchi trasformatorini yaqinida ulanadi.
Ampermetr –voltmetr sxemalarini qo‘llaniladigan bo‘lsa transformatorlarni qarshiligini taxminan hisobga olib bir fazali qisqatutashuv toki formula bilan aniqlanadi:
Jk= If/(Zn+ Zt).
Elektr qabul qilgichni o‘chirilgan holatida fazanol sirtmoqni qarshiligini o‘lchash uchun M 417 modeli o‘lchov asbobi qo‘llaniladi. Bu asbob oralig‘ida qarshilikni 0,1 –1,6Omva±10% hatoligida o‘lchaydi. O‘lchashida butun faza nol sirtmoqni o‘tkazgichlar qarshiligini: trasformatorning chulg‘amni qarshiliklari qamrab oladi.O‘lchov asbobi sinovdan o‘tayotgan qobig‘ida kuchlanish39.6 V dan oshishi bilan o‘zi o‘lchanayotgan zanjirini avtomatik holatida o‘chirib, signal beradi (faza– nol sirtmoqni qarshiligi 2 Omdan oshiq).O‘tkazgichlarni elektr qabul qilgich qobig‘iga va elektr qabul qilgichni fazani o‘tkazgichlarni biriga ulanadi.
Sinov savollari:
1.Elektr jihozlarini nollashtirish deganda nimani tushunasiz?
2.Nollashtirish tizimining vazifasi nimadan iborat?
3.Elektr jihozlarini yerlashtirishdan maqsad nima?
4.Elektr jixozlarining xavfsizlik blokirovkalari haqida nimalarni bilasiz?

Download 3,15 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash

Download 3,15 Mb.