1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash




Download 3,15 Mb.
bet17/37
Sana20.09.2024
Hajmi3,15 Mb.
#271814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
ЭХ амалий

Nollashtirish kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tmaydigan qismlarni oldindan nolli himoyalovchi o‘tkazgich bilan avvaldan biriktirib qo‘yishilishiga aytiladi.
Nollashtirishni asosiyvazifasi- kuchlanish ostida qolishi mumkinbo‘lgantok o‘tmaydigan qismlardagihavfni bartaraf etish bo‘lib, shikastlangan elektr qurilmani tarmoqdan zudlik bilan o‘chirish, ya’ani maksimal himoya tokni zudlik bilan ishga tushirish bilan amalga oshiriladi.




8- rasm. Uch fazali tokni nollashtirishning prinsipial sxemasi qyidagichadir:
1–foydalanvchi 2-qisqa tutashuv tokidan muxofazalovchi qurilmalar (eruvchan predoxranitellar, avtomatlar); faza simlari, 0mmux fazalovchi nol simi; Reneytralni yerga ulash qarshiligi; Rqkuchlanish manbaidagi nolli simni qayta yerg aulash qarshiligi, Iq bir fazali qisqa tutashuvtoki
Nollashtirishning ishlash prinsipi shundan iboratki, qobiqdagi qisqa tutashuvni bir fazali qisqa tutashuvga aylantirish, ya’ni faza va nolli simlar orasidagi tutashuvga olib kelish natijasida muxofazani ta’minlovchi kattatok yuzaga kelib, shikastlangan qurilmani ta’minlovchi tarmoqdan avtomatik tarzda uzib qo‘yishdan iborat. Nollashtirishga qo‘yilgan asosiy talabi-maksimal himoya tokni zudlik bilan ishga tushirish.
Mustahkam yerga ulangan transformatorning kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan tarmoqlarida himoyalovchi yerga ulash qurilmalarini sxemalarini tahlili ko‘rsatdiki, fazali kuchlanish qobiqqa o‘tib ketishi holatida sxemalar havfsizligini ta’minlab bera olmaydi .
Shu holatda yerga ulash qurilmalar orqali yoyilib o‘tayotgan yer bilan tutashuv tok quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ie=Uf/(R0+Re)
Qobiqni kuchlanishi yerga nisbatan yerga ulash qurilmalarini qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan bo‘lib, ularni tengligida esa faza kuchlanishini yarmiga teng bo‘lib qoladi.
Uk=UfRe/(R0+Re)
Bu kuchlanish xavfli bo‘lib va ko‘p vaqt davomida ketmaslikligi mumkin.To uni aniqlaguncha maksimal himoyalovchi tok ishlamay qolishi mumkin bunga sabab,er bilan tutashuvi tok ko‘p holatlarda himoyalovchi vositani ishga tushurish uchun yetarli bo‘lmaydi
Elektr uskunani,tok o‘tmaydigan metalli qismlarni nolli o‘tkazgichga ulanib kuyilsa, fazali kuchlanishi qobiqqa o‘tishi,bir fazali qisqa tutashuv tokigatengbo‘ladi. Hosil bo‘lgan qisqa tutashuv toki faza bilan nol o‘tkazgich qarshiliklari va transformatorning chulg‘amiga bog‘lik bo‘ladi.Bu tokdan, maksimal himoyalovchi tok qurilmasni ishgatushadi va buzilgan uskunani o‘chiradi. Shunday qurilmalardan biri tez eriydigan saqlagich buzilgan jismni 5-7 soniya ichida o‘chirib qo‘yadi va avtomatik o‘chirgichlar, 1-2 soniyada lat olgan qisminio‘chiradi.
Nollashtirish foydalanish miqyosi- kuchlanish 380/220 V va 220/127V (oxirgisi kam uchraydi) to‘rttalik simli uch fazali tarmoqlar ya’ni, ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan tarmoqlar .
Kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan izolyatsion va mustahkam yerga ulangan neytralli uch fazali to‘rt o‘tkazgichli tarmoqlaridagi fazalarida tutashib qolish sxemalari
Nollashtirish tizimi o‘ziga quyidagi elementlarni qamrab oladi: nol o‘tkazgichi, oziqa manbaini neytralini yerga ulash qurilmasi va nol o‘tkazgichni yerga qayta ulash.
Nol o‘tkazgichni vazifasi faza qobiqqa tutatishishi zahoti kichik qarshiligiga ega bo‘lgan zanjirni hosil qilish va shu himoya tok uskunani ishga tushirish.
Tok manbai neytrallini yerga ulash maqsadida faza yerga ulanib qolgan holatida nol o‘tkazgichni kuchlanishi pasayishini yerga nisbatan ta’minlanadi.
Nol o‘tkazgichni qayta yerga ulash–nol o‘tkazgichni barcha uzunligi davomida ma’lum masofa oralab bir necha marta yerga ulab qo‘yish.
Buzilgan asbob-uskunani o‘chirishga yerga qayta ulash ta’sir etmaydi. Lekin faza qobig‘i bilan tutashishi nol o‘tkazgichni va nollangan asbob-uskunani kuchlanishlarini yerga nisbatan pasayishiga olib keladi. Me’yoriy ishlash holatida va nol o‘tkazgich uzilgan holatida ham, nol o‘tkazgichni qayta yerga ulanmagan tarmoqda, faza qobiqqa tutashib qolgan vaqtida nol o‘tkazgichning qismi va unga ulangan asbob-uskunani tutashuv joyidagi keyingi joylarida quyidagi kuchlanish hosil bo‘ladi:
UH= Ik R0
bu yerda:Ik- faza-nol sirtmoqdan o‘tayotgan tok;
Ro- nol o‘tkazgichni transformatordan to buzilgan asbob-uskunani qobig‘i ulangan joyigacha bo‘lgan to‘liq qarshiligi.
Buzilgan asbob- uskunani ulangan nuqtasi va transformator orasidagi bo‘lgan nol o‘tkazgichni potensiali asta-sekin pasayib nolgacha yetib boradi.
Nol o‘tkazgichni uzilgan nuqtasida va undan keyingi joylarida faza qobiq bilan tutashgan vaqtida,nol o‘tkazgichni potensiali va unga ulangan asbob-uskunalarini potensiali quyidagicha taqsimlanadi:
Yerga qayta ulash bo‘lmagan tarmoqlarda nol o‘tkazgichuzilgan nuqtadan keyingi joylarida nol o‘tkazgich ulangan asbob-uskunani potensiali tarmoqdagi faza kuchlanishiga, uzilgan nuqtagacha esa nolga teng bo‘ladi.
Qayta yerga ulangan tarmoqlarda nol o‘tkazgichni va ulangan asbob-uskunani uzilgan nuqtasidan keyingi joylarida tutashish tok va yerga qayta ulash qarshiligi bilan tavsiflanadi: Ie Rn,biroq uzilgan nuqtagacha esa tutashuv toki bilan yerga ulash qurilmasini ishchi qarshiligi Ie Ro bilan tavsiflanadi.
Havfsizlikni ta’minlash maqsadiga buzilgan asbob-uskunani zudlik bilan o‘chirishni talab qilinadi,shu uchun nollashtirishni qo‘yilgan asosiy talabi-maksimal himoya tokni zudlik bilan ishga tushirish.
O‘tkazgich zanjiri har bir qobiqdan oziqa manbaidan
Neytralligacha uzliksizni ta’minlash maqsadidanol o‘tkazgichni harbir ulangan joyni payvandlash yoki bolt yordamida biriktirilishi lozim. Nol zanjirini uzluksizligini ta’minlash maqsadida nol o‘tkazgichlarga o‘chirg‘ich va saqlagich o‘rnatish qat’iy man etiladi.Faqat,nollashtirish o‘tkazgichni o‘chirishi bilan birga barcha fazalar o‘tkazgichlari o‘chiradigan o‘chirgichlarni qo‘llashgaruxsat etiladi.

Download 3,15 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash

Download 3,15 Mb.