1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash




Download 3,15 Mb.
bet26/37
Sana20.09.2024
Hajmi3,15 Mb.
#271814
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
ЭХ амалий

14-AMALIY MAShG‘ULOT
BINO VA XONALARNING YoNG‘IN VA PORTLASh XAVFI BO‘YIChA KATEGORIYaLANIShI

Har qanda iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshoot va qurilish materiallari yong‘inga qarshi bardoshli bo‘lishi yong‘in kelib chiqishi xavfini kamayishiga sabab bo‘la oladi.


Yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalarini oshirishning quyidagi uch turi mavjud:
-bino va inshoot yonuvchi qismlari hamda qurilishi materiallarini yonmaydigan modda va materiallar bilan qoplash;
-yonuvchi modda va materiallar tarkibiga yonmaydigan moddalarni singdirish;
-yonuvchi modda va materiallarni biri-biridan oraliq masofalarni saqlash.
Yonmaydigan qoplama materiallari – suvoq, metalli kabi bo‘lishi mumkin.
Yonmaydigan materiallarni yonuvchi moddalar tarkibiga singdirish uchun ular asosan suyuq modda ko‘rinishida bo‘ladi. Masalan, tarkibida oltingugurt sulfat ko‘rinishida bo‘lgan moddalar eritmalariga yonuvchi moddalar bo‘ktirilishi bilan aytib o‘tilgan singdirish ishini bajariladi.
Bino va inshootlar hamda barcha yonuvchi moddalar bir-biridan ma’lum darajadagi masofada bo‘lishi ularning yonish vaqti va yonish darajalarini kamayishiga sabab bo‘ladi (Masalan, bino va inshootlar orasidagi masofalar qurilish sohasiga doir qurilish me’yorlari va qoidalari – QMQda berilgan).


Ishlab chiqarishlarni va texnologik jarayonlarni
portlash va yong‘in xavfi jihatidan sinf (kategoriya) larga ajratish

QMQ II - M.2 - 72 «Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari. Loyihalash me’yorlari»ga ko‘ra, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar yong‘in-portlash xavfi jihatidan oltita: A, B, V, G, D, Ye kategoriyalarga ajratiladi.


A kategoriyaga bug‘larining chaqnash harorati 28oS va undan past bo‘lgan juda ko‘p suyuqliklar yoki portlash chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 % va undan kam bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi, bunda portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar xona hajmining 5 %idan ortiq hajmida hosil bo‘la olishi shart. Bu kategoriyaga benzin, kalsiy karbid saqlanadigan omborlar kiradi.
B kategoriyaga muallaq holatga o‘tuvchi va pastki portlash chegarasi Pp 65 g m3 va undan kam bo‘lgan hamda havo bilan qo‘shilib xona hajmiga nisbatan 5 % miqdorda portlovchi aralashmalar hosil qiladigan yonuvchi tolalar yoki chang ajralib chiqadigan ishlab chiqarishlar, shuningdek, bug‘ining chaqnash harorati 28-61 oS va pastki portlash chegarasi 10% dan yuqori bo‘lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar jumlasiga, masalan, pichan uni tayyorlanadigan va tashiladigan sexlar, tegirmonlarning saralash va tuyish bo‘linmalari, elektrostansiyalar yoki qozonxonalarning mazut xo‘jaligi, ammiak bilan sovitish qurilmalarining apparat va mashina bo‘limlari, o‘t olish harorati 28 dan 120oS gacha bo‘lgan portlovchi suyuqliklar hosil qilish, ularga ishlov berish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar (kerosinlar, skipidar, solyar moyini saqlash, yog‘och unini tashish, plastmassalarni jilvirlash yoki qirqish) kiradi.
V kategoriyaga yonuvchi qattiq moddalar, shuningdek, pastki portlash chegarasi Pp 65 g m3 bo‘lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga yoki bug‘larining chaqnash harorati 61 oS dan yuqori bo‘lgan suyuqliklarga ishlov beriladigan va ular ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar qatoriga, masalan, yog‘och tilish, duradgorlik va omixta yem va ozuqa tayyorlash sexlari, don saqlanadigan omborlar, don tozalash bo‘limlari, zig‘ir va paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzindan tashqari yonilg‘i-moylash materiallari, surkov materiallarini saqlash, asfalt, bitum eritish, torf, ko‘mir va hokazolarni saqlash omborxonalari, elektr taqsimlash qurilmalari yoki hajm birligida 60 kg moy bo‘lgan vklyuchatelli va transformatorli podstansiyalar kiradi. Garchi mashinalarda ma’lum miqdorda benzin bo‘lsa-da, garajlar ham shu kategoriyadagi ishlab chiqarishlar jumlasiga kiradi.
G kategoriyaga yonilg‘i (shu jumladan, gaz) yoqiladigan yoki yonilg‘idagi yonmaydigan moddalarga ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Yonmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyuqlantirilgan holatda ishlov beriladi va bunda nur energiya ajraladi. Bunday ishlab chiqarishlarga issiqlik elektrostansiyalaridagi qozonxonalar, temirchilik sexlari, elektr va gaz bilan payvandlash ishlari, ko‘chma elektr stansiyalari va shu kabilar kiradi. Yuqori voltli laboratoriyalar va hajm birligida 60 kg gacha moy bo‘lgan apparatli taqsimlash qurilmalari ham shunday ishlab chiqarishlar qatoriga kiradi.
D kategoriyaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuqlayin ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan suyuqliklar haydaladigan nasos stansiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go‘sht mahsulotlariga ishlov berish sexlari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxona va parniklar kiradi. Gaz bilan isitiladigan parnik va issiqxonalar bunga kirmaydi, ular G kategoriyaga kiradi.
Ye kategoriyaga kiradigan ishlab chiqarishlarda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi xona hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko‘ra faqat keyingi yonishsiz sodir bo‘ladi. Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari, vodorodli yoki asetilenli ballonlar omborini kiritish mumkin.
Har qanday korxonalarda ana shu oltita kategoriya asosida xonalar tegishli mahsulot va xom ashyolar uchun belgilangan tartibda ajratib berilishi shart. Bu yashash xududlaridagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlari ro‘yxatidan o‘tkazib qo‘yilishi zarur.
Elektr jihozlarining konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra, barcha xona va tashqi qurilmalar yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha sinflarga ajratiladi. Xonalardagi yoki tashqi qurilmalardagi yonuvchi moddalar ishlatiladigan yoki saqlanadigan zonalar yong‘in jihatidan xavfli zonalar deyiladi. Xonalardagi yoki tashqi qurilmalardagi gaz yoki bug‘larning havo yoxud kislorod bilan portlovchi aralashmasi, shuningdek, yonuvchi chang yoki tolalarning havo bilan aralashmalari erimagan holatga o‘tganda portlovchi aralashmalar hosil bo‘ladigan zonalar portlash jihatidan xavfli zonalar deyiladi.
Agar portlovchi aralashmaning hajmi xona bo‘sh hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lsa, xavfli zona butun xonani egallagan holdagi, ya’ni butun xona portlash jihatidan xavfli hisoblanadi. Agarda portlovchi aralashmaning hajmi xona bo‘sh hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lmasa, yonuvchi gazlar yoki oson alangalanuvchi suyuqliklarning bug‘lari ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan texnologik apparatdan gorizontaliga va vertikaliga 5 m chegarasidagi zona portlash jihatidan xavfli zona hisoblanadi. Shularga ko‘ra portlash va yonishga xavfli moddalar ochiq alanga, qizdirgich kabilardan ma’lum masofada saqlanishiga e’tibor beriladi.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Yonuvchi mahsulotlarning tarkibiga ko‘ra yonish qanday turlarga bo‘linadi?

  2. Yonish jarayoni tarqalish tezligiga ko‘ra yonish qanday turlarga bo‘linadi?

  3. Moddalarning yonish jarayoni boshlanishining qanday dastlabki sharoitlari bor?

  4. Yonuvchi moddalarning qanday turlari bor va ularni tashishda nimalarga e’tibor berish kerak?

  5. Yonuvchi changlar deganda nima tushuniladi?

Tayanch so‘z va iboralar:
1.Yonish jarayoni.
2.Yong‘in.
3.Yonish muhiti.
4.Yonuvchi modda
4.Portlash
5.Detonatsion yonish


Download 3,15 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash

Download 3,15 Mb.