Ionlovchi nurlanishlardan himoyalovchi vositalar
Ionlovchi nurlanishlar asosan radioaktiv moddalarda hosil bo‘ladigan ionlovchi nurlar- alfa ( ), beta( ) va gamma( - bu nurlarni radioaktiv moddalar chiqaradi va uning to‘lqin uzunligi 4 ... 0,1 nm) ta’siridan yuzaga keladi. , nurlarning organizmga singuvchanligi uncha katta emas, lekin ko‘zga va teriga biroz ta’sir ko‘rsatadi, biroq me’da ichak orqali ta’sir etishi xavfli. nurlari singuvchanlik xususiyati ortiq bo‘lib, o‘zining ta’siri tufayli nur kasalligiga yo‘liqtiradi. Shuning uchun radioaktiv moddalar bilan ishlashda maxsus kiyimlar - xalat, kombinezon, yarim kombinezon(bular bo‘yalmagan paxta tolali bo‘lishi kerak), paxtadan qilingan qalpoq kabilar bo‘lishi kerak. Sezilarli darajada radioaktiv zaharlanish bo‘lsa, bu kiyimlar ustidan plyonka(polietilen)li ishlangan kiyimlar kiyiladi. Bu kiyimlar radiatsiyadan oson tozalash mumkin bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi.
Aktivlik 10 mkK dan ortiq bo‘lgan hollarda qo‘rg‘oshinli rezinadan tayyorlangan qo‘lqoplar kiyiladi. Ko‘proq pnevmokostyumlar kiyish tavsiya etiladi. Bu paytlarda asosan nafas olish organlari maxsus respirator yoki protivogaz (gazga qarshi niqob) yordamida himoya qilinadi. Ko‘proq shlangli protivogazlardan foydalaniladi (bunda shlangning bir uchi radiatsiyasi yuq joyda turadi).
Ko‘zni himoya qilishda - fosfat volframli yoki qo‘rg‘oshinli oynali yopiq ko‘zoynaklar ishlatiladi. Agar - , - nurli moddalar bo‘lsa, yuz va ko‘zni organik oynadan tayyorlangan to‘siq (himoya shchit) lari yordamida himoya qilinadi.
Radioaktiv nurlarga qarshi himoya qobiqlari albatta nur to‘suvchi – rezina, polietilen, qo‘rg‘oshin qoplamali materiallardan tayyorlanadi. Himoya vositalari esa asosan ko‘rsatilgan materiallardan tayyorlangan kiyimlar, protivogaz hisoblanadi.
Ishni tugatish vaqtida nurlanish ta’sirida bo‘lgan kiyimlar va himoya vositalari alohida belgilangan xonada yechib qoldiriladi.
Ionlovchi nurlanishlar hozirgi kunda ishlatilayotgan kompyuter monitorida ham juda oz miqdorda kuzatiladi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ko‘pgina ishlarni bajarish kompyuter bilan bog‘liqligini inobatga olib, ularda ishlash muddati kunlik ish vaqti bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: kunlik ish vaqti 4 soatdan oshmasligi kerak; har 20 minut ishlagandan so‘ng 5-10 minut kompyutersiz xonada dam olish kerak
Ionlashtiruvchi nurlanishning sun’iy (texnogen) manbalari inson tomonidan yaratilgan har qanday nurlantiruvchi ob’ektlardir. Ular ushbu manbalardan ionlashtiruvchi nurlanishni yoki boshqa jarayonlarda (masalan, elektr yoki issiqlik energiyasini ishlab chiqarish) ishlatish uchun ishlab barpo etilgan bo‘lishi mumkin.
|