|
*1-mavzu. Kimyoviy ishlab chiqarish asoslari Reja *1 Kimyoviy texnologiya *2 Kimyoviy texnologiyaning rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot, *3 Kimyoviy ishlab chiqarish
|
bet | 6/8 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 226,33 Kb. | | #143733 |
Bog'liq 1- mavzu *2NaCl+ H2SO4= Na2SO4+ 2HCl *Hosil bo‘luvchi qo‘shimcha mahsulot - vodorod xloridni ishga solish orqasida xlorid kislota ishlab chiqarish sanoati vujudga keldi. Keyinroq soda ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi qattiq va gazsimon chiqindilarni sanoat miqyosida ishlatish muammosi hal qilindi: *CaS + CO2+ H2O = C aCO3 + H2S 2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SO2 *Bunda ajraluvchi SO2 gazi sulfat kislota olishga yo‘naltirildi. Ushbu jarayon oltingugururt bo‘yicha yopiq zanjir (Na2SO4- CaS -H2S- SO2-H2SO4-N a2SO4) ni tashkil etdi va chiqindi hisoblangan CO2 ni ham ishga soldi. *Bunda ajraluvchi SO2 gazi sulfat kislota olishga yo‘naltirildi. Ushbu jarayon oltingugururt bo‘yicha yopiq zanjir (Na2SO4- CaS -H2S- SO2-H2SO4-N a2SO4) ni tashkil etdi va chiqindi hisoblangan CO2 ni ham ishga soldi. *Yerdan qishloq xo‘jaligida unumli foydalanish borasidagi urinishlar mineral o‘g‘itlar texnologiyasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Avvaliga fosfatli, keyinroq kaliyli va oxirida azotli o‘g‘itlarning qator xillari ishlab chiqarila boshlandi. Azot asosidagi o‘g‘itlar iexirasi behisob bo‘lgan havo azotini ishga solishga olib keldi. *1.3. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH *Kimyoviy ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyaning tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. *Kimyoviy ishlab chiqarish - mashina va uskunalar yordamida xomashyoni zarur mahsulotlarga aylantirishdagi jarayon va operasiyalar majmuyidir. *Kimyoviy ishlab chiqarishga quyidagi talablar qo‘yiladi: *- ishlab chiqarishda zarur mahsulotlarni olish; *- ekologik xavfsizlik; *- ekspluatatsiya qilishdagi xavfsizlik va mustahkamlik; *- xomashyo va energiyadan maksimal foydalanish; *- mehnat unumining maksimal bo‘lishi. *Kimyoviy ishlab chiqarishning asosiy vazifasi mahsulot olish bo‘lib, bunda kimyoviy ishlab chiqarishning ko‘p funksionalligi hisobga olinadi. *Kimyoviy ishlab chiqarish 1.1-rasmda keltirilgan funksional qismlarni o‘z ichiga oladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
*1-mavzu. Kimyoviy ishlab chiqarish asoslari Reja *1 Kimyoviy texnologiya *2 Kimyoviy texnologiyaning rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot, *3 Kimyoviy ishlab chiqarish
|