• *1.2. KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING RIVOJLANISHI HAQIDAGI MA’LUMOT
  • *1-mavzu. Kimyoviy ishlab chiqarish asoslari Reja *1 Kimyoviy texnologiya *2 Kimyoviy texnologiyaning rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot, *3 Kimyoviy ishlab chiqarish




    Download 226,33 Kb.
    bet4/8
    Sana23.01.2024
    Hajmi226,33 Kb.
    #143733
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1- mavzu

    *Yuqorida keltirilgan kimyoviy texnologiyaning sinflarga bo‘linishi texnologiyaning umumiy sinflarga bo‘linishi singari shartli ekanligi ko‘rinib turibdi. Mazkur sinflanishda xomashyoni mahsulotga aylantirish jarayonida qatnashuvchi moddalarning tarkibi, xossalari va tuzilishi butunlay o‘zgarib ketadi - bunda kimyoviy yoki fizik kimyoviy aylanish (jarayon) ro‘y beradi, lekin metallurgiya, silikatlar ishlab chiqarish, biotexnologiya, o‘simlik va jonivorlar xomashyosini qayta ishlash «nokimyoviy» sanoat tarmoqlari hisoblansada, unga yondashuvni eslatib o‘tish zarur bo‘ladi.

    *1.2. KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING RIVOJLANISHI HAQIDAGI MA’LUMOT

    *Tabiat in’omlaridan hisoblangan suv, olov, minerallar, o‘simlik va hayvon xomashyosi qadimdan odamlar tomoiiidan qayta ishlanib, o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan narsalarga aylantirish jarayoni hozirgi kimyo deb ataluvchi fanning bazasi bo‘lib xizmat qildi. Nasldan-naslgao‘tib keladigan hunarmandchilik sirlari vujudga keldi, bu esa o‘z navbatida texnologiyaning yaratilishiga olib keldi. Dastlabki texnologiyalar hunarmandchilik - sanoat zanjirida tashkiliy shakllarda rivojlanib, asosiy komponentlar sifatida: xomashyo - energiya (issiqlik) - o‘zaro ta’sir - ajratish (tozalash) bo‘lib qoldi. Mazkur zanjirning sirli sinalmagan qismi jarayonni o‘tkazish hamda o‘zaro ta’sir mexanizmini bilish (ya’ni, kimyoviy reaksiya) bo‘lib qoldi.

    *Antik davr odamlari oltingugurt, soda, sirka, yondiruvchi aralashmalar, o‘simlik bo‘yoqlari va moylaridan foydalanganliklari bizga ma’lum. Qadimgi Xitoyda qog‘oz, bo‘yoqlar, shakar olish, finikiyaliklar purpur, hindular sharbatlarni bug‘latib mahsulotlar tayyorlashni bilganlar. Qadimiy hunarmandlar bugun ma’lum bo‘lgan gidravlik, mexanik, issiqlik, diffuzion, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlardan foydalanardilar. XIV asrda Evropada porox yaratildi.

    *Misr, xitoy, arab, yevropalik alkimyogarlar yangi mahsulotlar hisoblanmish sulfat kislota, nitrat kislota, arsenat kislota, sulema, novshadil spirt va boshqalar olishni yo‘lga qo‘yishdi. Ular qimmatbaho metallar va farmasevtik kimyo yo‘nalishlarini vujudga keltirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qadimiy hunarmandlarning ishlari ga asoslanib sintezlar qilish, ularni tartibga solish ishlari, vaqti kelib, kimyoning fan sifatida rivojlanishiga turtki berdi. Arab alkimyogari Abu ar-Roziy o‘zining «Sirlar kitobi»da (X asr) turli kimyoviy uskunalar va jarayonlarni tasvirladi, moddalarning tuproq minerali, o'simlik va hayvon xomashyolariga bo‘lingan klassifikatsiyasini yaratdi, kalsinasiyalash, erish, quyultirish, filtrlash, distillash va amalgamalash jarayonlarini tushuntirib berdi.


    Download 226,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 226,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    *1-mavzu. Kimyoviy ishlab chiqarish asoslari Reja *1 Kimyoviy texnologiya *2 Kimyoviy texnologiyaning rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot, *3 Kimyoviy ishlab chiqarish

    Download 226,33 Kb.