|
1. mavzu: kirish. O‘simlik mahsulotlari biokimyosi reja
|
bet | 1/2 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 24,5 Kb. | | #148758 |
Bog'liq 1-maruza.KIRISH. O‘SIMLIK MAHSULOTLARI BIOKIMYOSI
1.MAVZU: KIRISH. O‘SIMLIK MAHSULOTLARI BIOKIMYOSI
REJA:
Kirish. Fanning ahamiyati.
Fanning rivojlanish tarixi
1.1 Kirish.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, istemolchilar talabini mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot, poliz, uzum, kartoshka, chorvachilik, parrandachilik va bo’liq mahsulotlari hisobiga tola qondirish borasida Respublikamiz mintaqalarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ularni ishlab chiqarishni ko'paytirish, qayta ishlash, eksport qilish, ichki bozorni to’ldirish bo'yicha ishlab chiqilgan qator loyihalarga muvofiq keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida oziq-ovqat sohasini rivojlantirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib mazkur sohaga investitsiya jalb etgan holda, zamonaviy texnologiyalarni meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarishga joriy qilinishi, ishlab chiqarish texnologik bazasini yangilanishi evaziga ichki bozorni sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati yaratilib, sanoatida mazkur tarmoq ulushining tobora oshishiga zamin yaratildi.
Malumki, O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish o'sish sur’ati yiliga o'rtacha 9-10% tashkil etmoqda. Shuningdek, mahsulotning eksport hajmi ham yildan-yilga ortmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinib, ularning ijrosi izchil taminlanmoqda. So'nggi 5 yilda mamlakatda oziq-ovqat sohasini jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash uning xomashyo bazasini kangaytirish va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini berdi. Jumladan, meva-sabzavot va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish 1,6 baravarga, go'sht mahsulotlari - 1,4 baravarga, un mahsulotlari - 1,4 baravarga oshdi. Bugungi kunda reapublikada 9760 dan ortiq oziq-ovqat korxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Yiliga o'rtacha 1,74 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega bolgan 270 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, shuningdek, 479 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash quvvatiga ega sovutish kameralari bilan jihozlangan 994 ta zamonaviy sig'imlar mavjud.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-martdagi PQ-2505-son qarori bilan tasdiqlangan “2016-2020-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari xomashyo bazasini, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish chora-tadbirlari to‘gtrisida”gi hamda 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2716-son “2017- 2018-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishni rivojlantirish bo’yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida”gi dasturlar doirasida 740,1 mln dollar qiymatga teng 434 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Shundan: 163 ta loyiha, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini respublikaning meva-sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarida tashkil etish; 39 ta go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini xomashyoga yaqin hududlarda tashkil etish; 159 ta loyiha, eksport qilish belgilangan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralari bilan jihozlangan sig'imlar tashkil etish; 36 ta loyiha, qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish; 37 ta loyiha bo'yicha qandolat, alkogolsiz ichimliklar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish shular jumlasidandir.
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi boyicha Harakatlar strategiyasining 3.3-bandi, ya’ni “Qishloq xo’jaligini modemizatsiya qilish va jadal rivojlantirish”ga muvofiq, Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish, bunda: 2017-yilda paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g'alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish, qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo'jaligi ekinlarini, jumladan, 8,1 ming gektarga kartoshka, 27,2 ming gektarga sabzavot, 5,9 ming gektarga intensiv bog‘, 2,9 ming gektarga tokzor, 10,9 ming gektarga ozuqa ekinlari va 4 ming gektarga moyli ekinlar Joylashtirish belgilangan. Dasturlarda oziq-ovqat mahsulotlari Xomashyo bazasini, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ichki iste’mol bozorini mahalliy mahsulotlar hisobiga to'ldirish va yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Natijada 2017-2021-yillarda qishloq xo'jaligida oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosini ishlab chiqarish o'rtacha 1,4 baravarga, jumladan meva-sabzavot va uzum - 1,4 baravarga, go'sht — 1,3 baravarga, sut - 1,5 baravarga ko'payadi. Mevaeabzavot mahsulotlari eksporti 2021-yilda 2016-yilga nisbatan 2,3 baravarga, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi esa 2 baravarga oshishi ta’minlanadi.
Yuqorida takidlanganidek, so'nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashga qaratilgan alohida e’tibor, , tarmoqni rivojlantirishda ilmiy asoslangan yondashuvning yo‘lga qo'yilishi oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash hajmini ko'paytirish va ahpli farovonligini ta’ininlashga imkon bermoqda. Ayniqsa, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojlarini to'liq ta’minlabgina qolmasdan, eksport ham qilinayotgani bu sohani rivojlantirishda llm-fan yutuqlarini qo'llash, ilmiy muassasalar faoliyatini kengaytirish, tadqiqotlar va izlanishlar samaradorligini ta’minlash, zamonaviy bilimlarga ega yetuk yosh mutaxassislar yetishtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuqori natijalar berayotganidan dalolatdir.
Bu o'rinda takidlash lozimki, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash mutaxassislarini yetishtirishda ularda birlamchi qishloq xo'jaligi xomashyolarining biokimyoviy tarkibi, mahsulotlarni qayta ishlashda tarkibidagi asosiy oziqa moddalarini miqdor hamda sifatiy o'zgarishlari va shu asosda xalqaro standartlarga javob beradigan eksportbop mahsulotlar tayyorlash bo'yicha bilim hamda ko'nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur “Qishloq xo'jalik mahsulotlari biokimyosi” fani bo‘yicha tuzilgan o‘quv qollanmada fermentlar va ularni qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi o'rni, g'alla ekinlari, don-dukkakli ekinlar, moyli ekinlar, kartoshka, ildizmevalar va yem-xashak ekinlari, sabzavot va poliz ekinlari, ho’l va rezavor mevalar hamda sut va sut mahsulotlari biokimyosi bo’yicha so'nggi zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan bolib, unda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining turli qismlaridagi biokimyoviy moddalarning taqsimlanishi, asosiy biokimyoviy moddalarning tarkibi va biologik qiymati, mahsulotlarni saqlash va yetilish davridagi biokimyoviy jarayonlar, biokimyoviy moddalarni to'planishi va sifatiga ta’sir etuvchi omillar, mahsulotlarni qayta ishlashda, xususan termik ishlov berish, bijg'itish, konservalashda sifatining o'zgarishi, turli qayta ishlash omillari omillar ta’sirida mahsulotlarning orgonoleptik xususiyatlarini shakllanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
O'quv qollanma qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni yetishtirib chiqarishda muhim ahamiyatga ega boladi, degan umiddamiz.
|
| |