Fanning ahamiyati
“Qishloq xo'jalik mahsulotlari biokimyosi” fani umumiy o'simliklar va hayvonlar biokimyosi fanining bo’limidan iborat bo'lib, tarkibiga sut biokimyosini qo'shib o’rganiladi. O'quv qollanmada tirik organizmda boradigan biokimyoviy hamda sut va go'sht mahsulotlarida kechadigan fizikaviy-kimyoviy jarayonlarni o'rganishdan iborat bo'ladi. Qishloq xo'jaligining muhim sohalaridan bo’lgan, Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish, Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Agronomiya (anorchilik) yo’nalishi mutaxassisliklari talabalari uchun birinchi navbatda bu jarayonlarni nazariy asoslari va amaliyotda qo’llash usullarini bilish zarur bo’ladi. Ushbu fanni o'zlashtirish uchun organik kimyo, fizkolloid kimyo, o'simliklar va hayvonlar genetikasi, o'simliklar fiziologiyasi, hayvonlar morfologiyasi va fiziologiyasi fanlaridan ma’lum bilim va ko'nikmalarga ega bolishi kerak.
“Qishloq xo'jalik mahsulotlari biokimyosi” kursi quyidagi fanlarni o'qishda asos bolib xizmat qiladi: “Qishloq xo'jalik mahsulotlarini standartlash va sertifikatsiyalash”, “О‘simlikshunoslik mahsulotlari ishlab chiqarish” , “Go'sht mahsulotlari ishlab chiqarish”, “Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash”. Talaba “Qishloq xo'jalik mahsulotlari biokimyosi” fanini o'rgangandan so'ng, terminlarni o'zlashtirib, kimyoviy tarkibini baholash to‘g‘risida tushunchaga ega bo'lib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash to'g'risidagi bilimlarga ega bolishi kerak. Undan tashqari biokimyoviy ko'rsatkichlarni aniqlash va analitik o'lchovlar o'tkazish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
1.2 Fanning rivojlanish tarixi
XVIII asrda biokimyo rivojlanishi uchun M.V. Lomonosovning (1711-1765) “tabiatda materiya va harakatning saqlanishi” qonuni asos bo’lgan. XVIII asr oxirida Lavuaze tajribasi asosida “moddalar massasining saqlanish qonuni” kashf etilishi asosida nafas olishning mohiyati va bu jarayondagi kislorodning ro’li tushuntirildi. XIX asr boshlarida Djozef Pristli va K.Sheelelar CO2. NH3, va O2 o'simliklarni yashashiga bog’liq jarayonlarini ko’rsatib berdilar. Yu. Libix esa XIX asr oxirlarida o'simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini asoslab berdi. XIX asr o'rtalarida F. Vyoler (1800-1882) mochevinani sintezladi, u sun’iy yo’l bilan organizmdan tashqarida amalga oshirdi.
1861-yilda A.M.Butlerov organik moddalar tuzilish nazariyasini yaratdi. E.Fisher XIX asr oxirida XX asr boshlarida oqsillarni tuzilishini peptid nazariyasini yaratdi, aminokislotalarning strukturalari va xususiyatlarini ko'rsatib berdi.
Biokimyo fanining rivojlanishiga asos solgan rus va sovet olimlaridan Aleksey N. Bax (1870-1946), V.I. Engelgardt (1894- 1984), Boris Ilich Zbarskiy (1954) va boshqalardir. XX asr boshlarida I.Mechnikov va P.Erlix immunitetning hujayra va gumoral nazariyasini, M.S. Tsvet xloroffllning xromotografik bo’linish usulini ishlab chiqdilar. 1930-yilda V.A.Engelgardt fosforlanish jarayoni nafas olish bilan bog'liqligini ko'rsatib berdi. 1932- yilda X.Krebs va K.Xenzelayt omitin siklini ochishga muvaffaq boldilar. 1937-yilda X.Krebs uch karbon kislotalar siklini kashf etdi. 1938-yilda A.Braunshteyn va M.G.Iritsmanlar transaminlanish reaksiyasini ochib berdilar. 1941-yilda F.Lilman hujayradagi energiyani tashuvchi birikma ATF ekanligini ko'rsatdi. 1950-yilda E.Chargaf DNK strukturasidagi malum azot asoslarining teng miqdori bo’lishini aniqladi. L.Poling esa shu yilda oqsil strukturasida x-spiral borligini e’tirof etgan. 1953-yilda D.Uotson va F.Krik DNK ning qo‘sh spiralli modelini kashf etdilar.
Undan tashqari oxirgi yillarda dunyo olimlari genetik kodning tarkibini topishgan. Oqsil biosintezi mexanizmlari ochilgan, RNK va ribosomalar strukturalari o‘rganilgan. Biogen molekulalaraing biosintezi va parchalanishi amaliyotda aniqlangan.
Oxirgi yillardagi ilmiy izlanishlar enzimologiya, biokinetika, immunologiya, molekulyar biologiya, genetika, biotexnologiya va boshqa fanlar haqidagi bilimlarimiz kengayib bormoqda. Ushbu bilimlarni qo’lagan holda, ya’ni bionanotexnologiya, gen injeneriyasi, hujayra texnologiyalari, bioinformatika kabi yangi ilmiy yo‘nalishlar tashkil topayapti. Biokimyo fanidan yuqori bilimga ega bo'lish uchun genetik, hujayra, molekulyar, fermentative muhandislik kabi usullardan foydalanib yangi innovatsion ishlanmalarni tayyorlash zarur boladi.
Biokimyo fanini o'zlashtirishda talaba biogen molekulalar tuzilishi haqida bilimlarga ega bolib, moddalar almashinuvi jarayonlarida boradigan o‘zgarishlar va fermentlar ishtirokida o'rganib boradi. Undan tashqari biogen molekulalar tarkibi o'rganilib, ularni saqlash davomida va qayta ishlashda to'qimalarda kechadigan jarayonlarni amaliyotga tatbiq qilish ko'zda tutiladi. Kelib chiqishi umumiy bolgan eukariotik hujayralar tirik organizmning o‘zaro bog’liqligini ko'rsatadi, ular tuzilishining asosi kichik molekulali biogen molekulalar dir. Tuzilishidagi bir xillik axborotni uzatish DNK — RNK — oqsil shaklida boradi.
Axborotning bir xilligi umumiy axborot bazasini tashkil etsada, uni yig‘ib har bir organizmda individual borishi e’tirof etiladi. Tirik organizmlarning axborotliligi nafaqat nuklein kislota axborot hajmi bilan, balki, organizmdagi umumiy biogen molekulalarmng spektrlari bilan belgilanadi.
Tirik organizmning funksional faoliyati asosini kimyoviy reaksiyalar kо‘rsatadi. Ularni boshqaruvchi hujayra strukturalarida asosiy ta’sir etuvchi element bo'lib funksional oqsil xizmat qiladi. Hamma oqsillar haqidagi axborot DNK da saqlanadi, uning elementar birligi bo'lib gen xizmat qiladi. Gen apparati faoliyati tufayli oqsillarning tanlab sintezlanishi boshqarilsa, uning ta’sirida hujayra va organizmlarning ishlashi uning izmida bo’ladi. Metabolik jarayonlarni tartibga solish energetik va plastik resurslar hisobiga amalga oshadi.
Energiyaning asosiy manbalari bo'lib uglevodlar, lipidlar hisoblanib, ularning oksidlanishi natijasida rezerv energiya sifatida maxsus biogen energiya zaxira qiluvchi molekulalar (ATF, GTF, UTF, ts-AMF va boshqalar)da to'planadi. Ushbu molekulalar miqdori o'simlik va hayvon organizmining faolligi va hayotchanligini belgilaydi.
O'simliklar va hayvonlar yuqori rivojlangan funksional tizim qatoriga kirib, ularda keng miqdorda moddalar sintezlanadi va ular o'simliklar, hayvonlar va insonlar uchun juda zarur hisoblanadi. O'simliklar faoliyati natijasida quyosh energiyasi yordamida xilma-hil organik moddalar sintezini amalga oshiradilar. Undan tashqari o'simliklar biologik faol moddalarni sintezlab, ular hujayraga maxsus ta’sir etishi bilan ajralib turadi hamda inson va hayvon organizmiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Yuqorida qayd etilgan holatlar, yer yuzidagi tirik organizmlarning o'zaro bog'liqligi va bir-birini to'ldirishini anglatadi. O'simliklar atmosfera azotini o'zlashtira olmaydi, shuning uchun tabiatda azot bilan ta’minlovchi bakteriyalar dukkakli o'simliklar ildizida (soya, beda, no’xat, mosh va boshqalar) faoliyat ko'rsatadi. Bu simbioz o'simliklarni azot bilan ta’minlaydi, bakteriyalar esa o'simliklarning zaxira energetik va plastik moddalar, o'simlik hujayralarining modda almashinuvi jarayonida hosil boladiganlari asosida amalga oshadi.
Nazorat savollari:
Qishloq xo'jalik mahsulotlari biokimyosi fanning ahamiyati nimadan iborat?
Qishloq xo'jalik mahsulotlari biokimyosi fanning rivojlanish tarixi qanday?
|