1-modul. Fanning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning mexanikasi, elektr yuritma tarkibidagi motorlarning tavsifi va elektr mexanik xususiyatlari. Maʻruza №1
1-modul. Fanning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning mexanikasi, elektr yuritma tarkibidagi
motorlarning tavsifi va elektr mexanik xususiyatlari.
Maʻruza №1
1- mavzu: Fan rivojlanish tarixi.
2- mavzu: Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning hisob sxemasi.
3- Elektr yuritmani xarakatlanishi.
4- Elektr yuritmaning turg„un harakati.
Tayanch so‘z va iboralar:
Ishchi mexanizm, ijro organi, yuritma, elektr yuritma (EYU), EYU afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari,
EYU tushunchasi elektr dvigatel, mexanik uzatish qurilmasi, o‘zgartiruvchi qurilma, boshqarish qurilmasi, EYU
vazifalari, EYUga qo‘yiladigan talablar, avtomatlashtirilgan elektr yuritma(AEY).
1.1.
Fan rivojlanish tarixi.
Elektr yuritma tarixi XIX asrning birinchi yarmidan boshlanadi. G.X. Ersted (1777-1851) tomonidan tokli
o„tkazgich va magnit maydonini mexanik o„zaro taosiri qonunini (1819 y), shuningdek M. Faradey tomonidan
(1791-1867) elektromagnit induksiya qonunini (1931 y) ochilishi amaliy elektrotexnikaning rivojlanishi uchun juda
kuchli turtki bo„lib xizmat qildi. 1834 yildayoq, rus akademigi B.S. YAkobi (1801-1874) akademik E.X. Lensning
(1804-1865) bevosita ishtirokida ushbu qonunlarga asoslangan aylanma „arakat elektr dvigatelini loyixalashtirdi va
1838 yilda birinchi o„zgarmas tok dvigatelini yaratdi. M.O. Dolivo-Dobrovolpskiy (1862-1919) tomonidan
o„zgaruvchan tokning uch fazali uzatish sistemasini, transformator va asinxron dvigatelni yaratilganligi (1888-1889
yillar) elektr yuritmani butunlay keyingi rivojlanishi uchun buyuk a‟amiyatga ega bo„ldi. XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida elektr yuritmalar sanoatga jadal joriy qilina boshlandi. O„sha davrda Buyuk Britaniya, Germaniya,
Fransiya va Rossiyaning elektrotexnik jurnallarida quyidagi masalalar keng yoritilgan: turli ko„rinishdagi
ko„taruvchi – transport mexanizmlar, prokat ishlab chiqarish, metall qirquvchi dastgoxlarning elektr jixozlari,
tekstil, sement, tegirmon va boshqa ko„rinishdagi ishlab chiqarishlarning elektr jixozlari va ularni elektrlashtirish.
Xuddi shu vaqtning o„zida yangi amaliy fan - elektr yuritma nazariyasi asoslari „am yaratila boshlandi. Elektr
mashinalarning qizish nazariyasi ishlab chiqildi (E. Oelshlager, A. Armstrong va boshqalar). Ushbu nazariya
dvigatel quvvatini tanlash usullarini yaratish uchun asos bo„ldi (1910-1920 yillar - X. Brotton, G. Foks, S. Pappe va
boshqalar). SHu yillarda, turli dvigatellarning tezligini parametrik rostlash va ishga tushirish uchun rezistorlarni
„isoblash bo„yicha ko„plab materiallar yiildi. Mexanik xarakteristikalarni „isoblash usullari va dvigatellarni tok va
e.y.k funksiyasida avtomatik ishga tushirish prinsiplari ishlab chiqildi.
XX asrning qirqinchi yillarigacha elektr yuritmalarning statik va dinamik xarakteristikalarini o„rganish, ularni
avtomatik boshqarish prinsiplarini yaratish, shuningdek yuritmalarning energetik ko„rsatkichlarini yaxshilash
masalalarini xal qilish amalga oshirildi.
40-50 yillardagi avtomatikaning elektr mashinali va elektr magnitli sistemalarining juda tez rivojlanishi, nafaqat
elektr yuritmalarning ishonchliligini ortishi, balki ular „arakatini boshqarishning yanada murakkabroq qonunlarini
shakllantirish imkonini „am yaratdi. SHuning uchun, bu yillarda elektr yuritma nazariyasining muxim muammolari
sifatida turli ko„rinishdagi yopiq boshqarish tizimlaridan foydalanish natijasida elektr yuritmalarning ratsional
dinamik rejimlarini o„rganish va shakllantirish masalalari ko„rib chiqildi. Elektr yuritmalarni boshqarish elementlari,
elektr mashinali va magnitli kuchaytirgichlarni turli korreksiyalovchi qurilmalarni amalga oshirish usullarini, elektr
yuritma tizimini tadqiqot qilish va loyixalashtirishda avtomatik boshqarish nazariyasi usullaridan foydalanishni
o„rganishga qiziqish ortdi.
60-70 yillarda, sanoat elektronikasi va kuchli tokli yarim o„tkazgichlar texnikasining taraqqiyoti sababli, elektr
yuritmalarning texnikaviy bazasini tubdan o„zgartirishi boshlandi. Unda faqat elektromexanik energiya
o„zgartirgichi sifatida elektr dvigatel saqlab qolindi. YUritmaning kuchli tokli qismida turli statik o„zgartirgichlarni
qo„llash, elektromexanik tizimning tezkorligini keskin orttirdi. Bunga elektron yarim o„tkazgichli boshqaruv
tizimlaridan foydalanish ham sabab bo„ldi. T.A. Glazenko - Leningradda, YU.N. Konev, V. A. Labunsov va YU.G.
Tolstov - Moskvada, G.V. Grabovetsskiy - Novosibirskda, O„zbekistonda esa M.Z. Xomudxonov tomonidan kuchli
tokli o„zgartkichlar texnikasining etakchi ilmiy maktablariga asos solindi.
70-80 yillar, elektr yuritma nazariyasida bir qancha yangi muammolarni ilgari surdi, bular quyidagi sabablar
bilan izo„lanadi: turli noanoanaviy elektromexanik o„zgartkichlardan foydalanish, elektr yuritmani boshqarish
sistemalarida va uning boshqa funksiyalarini avtomatlashtirishda „isoblash texnikasi vositalarini keng qo„llanilishi;
elektr yuritmalarida avtomatlashtirilgan loyi‟alashtirish sistemalarini (ALS-SAPR) yaratishga intilish. Birinchi
muammo - elektromexanik o„zgartirgichlarni yangi tuzilmalarining xossalarini mufassal o„rganish (dvigatellarni
elektromagnitli, ppezo, keramikli va boshqa tiplarini). Ikkinchi muammo - yuritma tizimining dinamikasini tadqiqot
qilishning yangi usullarini, baozida esa butun elektromexanik tizimni, uni elementlarini diagnostika qilish tizimini
yaratishni o„z ichiga olgan xolda tuzishni yangi prinsiplarini ishlab chiqishning zarurligi. Uchinchi muammo -
yuritmaning va uning elementlari xarakteristikalarini xisoblashning ko„p ishlatiladigan anoanaviy usullaridan voz
kechish xamda yangi usullarni va ularni dasturiy taominlashni ishlab chiqishning zarurligi.
80-90 yillarda mikroprotsessor orqali boshqarish sistemalari bo„lgan komplekt elektr yuritmalar tarkibini
shakllantirish asosan tugallandi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr yuritma - bu yuqori ishonchlili va tejamli
elektromexanik sistema bo„lib, u „ar qanday texnologik jarayonni avtomatlashtirishni to„la taominlash, o„z ishida
yuqori tezkorlik va aniqlikga erishish, xizmat ko„rsatuvchi xodimlarning me‟nat shart-sharoitlarini yaxshilash
imkoniyatiga egadir.
|