Elektr yuritmaning aylantirish moment va tezligi.
Mexanik uzatmadagi momentlar va kuchlar ishqalanish kuchlari
bilan birgalikda statik yuklamani (momentni
M
s
va kuchni
F
c
) xosil qiladi. Statik momentlar aktiv va reaktivga bo„linadi.
Aktiv statik moment (
M
sa
, yoki aktiv yuklama) harakatga boliqmas ravishda paydo bo„lib, o„zga mexanik
energiya manbai tomonidan barpo qilinadi. Unga misol tariqasida yuk ko„tarish, shamol kuchi, elastik jismlarning
qisilishi va shu kabilardan xosil bo„lgan momentlarni olish mumkin. Bu moment xar qachon bir tomonga yo„nalgan
bo„ladi, shuning uchun, yuritmaning harakat yo„nalishi o„zgarishi bilan aktiv momentning taosir yo„nalishi
saqlanib
qolinadi. Shu sababli, kran orqali yukni ko„tarishda aktiv statik moment to„xtatuvchi bo„lsa, yuk tushirishda esa
xuddi shu momentining o„zi harakatlantiruvchi bo„lib qoladi.