|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 68/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniBolalarning ovqatlanishi. Bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirishga asosiy e’tibor karatiladi. Bolalar kun davomida bogchaning ish vaktidan kelib chikib 5 martagacha ovkatlantiriladi. Bolalarning ovkatlanish ratsioni rang-barang bo‘lishi kerak. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari sifatli bo‘lishi jiddiy nazorat qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tarbiyachi-pedagoglar kasb-xunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama tarbiyalash uchun malakali tarbiyachi-pedagoglar kerak. Afsuski, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan tarbiyachi-pedagoglarning katta qismi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Ularning 79 foizini o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori qabul qilindi.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish uchun esa, kelgusi 3 yilda 47 ming 300 dan ziyod oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlashga extiyoj mavjudligi aniklangan. Ulardan 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga bulgan extiyojlardir.
Shu bois, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan щrta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarni oliy ma’lumotli, yetuk mutaxassis sifatida tayyorlash uchun pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim tashkilotlarida maxsus sirtqi bo‘limlar ochildi. Maktabgacha ta’lim yunalishlarining kabul kvotalari oshirildi.
2018 yilda Toshkent shaxrida Koreya Respublikasining Puchon universiteti tashkil etildi. Universitetda boshka yunalishlar katorida maktabgacha ta’lim soxasi uchun malakali kadrlar tayyorlanishi belgilandi. Ta’lim-tarbiya jarayoni xalkaro standartlarga muvofik o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalari vositasida ochiq axborot-ta’lim muhitida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
|
| |