|
Nodavlat asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsi qanday tashkil etiladi?
|
bet | 69/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar
1 Nodavlat asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsi qanday tashkil etiladi? 2.Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsi qanday tashkil etiladi? 3.MTTlarda bolalarning ovqatlanishi qanday tashkil etiladi? 4.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qanday turlari mavjud?
42 Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta ekologik tarbiya berish mazmuni
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ekologik tarbiya berish maqsad vazifalari
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhida ekologik tarbiya berish mazmuni
3.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini tashkil etish
Mamalakatimizda Davlat mustaqilligi sharoitida maktabgacha ta’limi tizimiga yagona kampleks sifatida qarash talab etilmoqda. Bu esa bolalarning maktabgacha ta’lim olishini, prafessional tayyorgarlikga, ega bo’lgan yoshlarning shaxs sifatida ma’naviy va axloqiy kamol topishini ta’minlaydi. Demak, maktabgacha ta’lim muomalarini yangicha nuqtai nazardan ko’rib chiqishga ehtiyoj tug’ilmoqda. Hozirgi kunda, milliy istiqlolga erishish munosabati bilan o’quv -tarbiya jarayonida juda ko’p o’zgarishlar yuz bermoqda, yangisini ishlab chiqish va keng ko’lamda maktabgacha ta’limda qo’llash bosh omil bo’lib qolmoqda. Xususan maktabgacha ta’limtizimida olib borilayotgan o’quv- tarbiya masalalari ham muhim o’rinni egallaydi degan xulosaga kelamiz. Bola uchun dastlabki yosh davrda osmonda uchib yurgan kapalak ham, katakdagi kapalak ham, rasmda tasvirlangan jonsiz kapalak tasviri hamma-
hammasi bir xil tuyuladi. Bola ularni faqat «kapalak» sifatida qabul qiladi. Bunda hali bola «jonli», «jonsiz», «erkin», «ozod» yoki «tutqun» degan tushunchalarni anglamaydi. Lekin jonsiz kapalakka, jonli qushga nisbatan boshqacha qiziqish bilan qaraydi. Biroq buning sirini ham anglab yetmaydi. Shunda kattalar bolaga mana shu farqni, sirni tushuntirib berishlari juda muhim. Shu orqali bola tirik tabiatga nisbatan boshqacha qiziqish bilan qarab, uning e’tibor va mehriga muhtojligini his qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi me’yoriy xususidagi xujjatdir. Ushbu talablarda ko’rsatilgan me’yor va talablar maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologiyadan ta’lim sifatini baholash uchun o’lchovdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologiyadan ta’lim-tarbiya berish maqsadi:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatni sevadigan, uni asrab avaylovchi, odobli, erkin fikrlovchi, milliy g’urur egasi, barkamol sog’lom avlodni tabiyalashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologiyadan ta’lim-tarbiya vazifalari:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki ekologik tushunchalarni shakllantirish;
- Bolalarning tabiatni asrab-avaylashga unga mehr-muhabbatli, munosabatlarini, qiziqishlarini tarbiyalash.
Tabiatda har xil vositalar bo’lib turadi, shu tufayli ham ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Tabiatdagi barcha mavjudodlarning barchasidan turmushda foydalaniladi, hayotda keraksiz narsa yo’q, mavjud barcha narsalar hayotning yagona tizimida bo’lib, tizimning bittasi buzilsa, qolganlari ham shu yo’nalishda buzilib ketishi mumkin.Shuning uchun tabiatdagi hamma narsalarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni bolalar ongiga MTTyoshidan boshlab singdirib borishni hayot taqozo etadi.Bolalarga beriladigan ekologik ta’lim, unga yaqin, tanish bo’lgan joylar, o’z uyi, ko’chasi, bolalar bog’chasi, MTThovlisidagi narsalar bilan tanishtirishdan iborat.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologiyadan ta’lim-tarbiya o’zbek xalq ijodiyoti, sharq allomalari, yozuvchilar tomonidan yaratilgan ertaklar, xikoyalar tasvirlangan tabiat manzaralari haqida ularga tushunchalar berib,maqollar yod oldiriladi. Bu ishlarning hammasi bolalarni yoshlikdan boshlab tabiatni sevib asrashga, unga muhabbat hissini uyg’otishga yordam beradi.Maktabgacha ta'lim tashkilotilarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi. Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi. Mashg'ulotlarning ba’zilarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar.Mashg'ulotlar kichik va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada l martadan o'tkaziladi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha guruhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi. Mashg'ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog'liqdir. Tarbiyachi mashg'ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo'yicha tabiatshunoslik bilimlarini to'ldirishi, so'ng mashg'ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim.Bunda tarbiyachi «Ilk qadam» dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg'ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o'rni (mashg'ulotda boshlang'ich bilimlarni shakllantirish jarayoni sodir bo'lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo'llash mashq qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o'rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo'llaydi. Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, bir birini to'ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad — o'rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to'g'ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Mashg'ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g'amxo'rona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo'llanadi. Mashg'ulotga tayyorlanish hamda uni o'tkazishda uning tuzilishini to'g'ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta'limiy vazifalar xarakteri, tabiiy ob’yektning xususiyatlari hamda bolalarning yoshiga bog'liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko'rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o'simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma'qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg'ulotlarida kuzatish, o'yin metodlaridan foydalaniladi. Og'zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda foydalaniladi. Tanlangan metod dastur vazifasining to'liq bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatini ta'minlashi lozim.
Tarbiyachi mashg'ulot o'tkazishdan oldin bir qancha ko'rgazmali qurollar, yani jonli va jonsiz tabiat jismlari (gerbariylar yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar, foydali hasharotlar, o'simliklar va ularning qismlari va boshqalar)ni tayyorlab qo'yadi. Chunki ko'rgazmali qurol bolalarga o'rganilayotgan narsani bir necha sezgi a'zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya'ni ular narsani ko'ribgina qolmasdan, uning xususiyatini (masalan, tirnab ko'rish, bolg'acha bilan urib ko'rish orqali narsaning mo'rtligini, egish bilan qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar.
Mashg'ulot, asosan, quyidagi tartibda olib boriladi:
- ish maqsadini e'lon qilish;
- tarbiyachining yo'1yo'riqlar berishi;
- topshiriqni tushuntirish;
- ko'rgazmali qurollar ustida ishlash;
- kuzatish;
- o'tkazilgan ish natijalarini tushuntirish - suhbat;
- xulosa chiqarish;
- rasmlar chizish.
Mashg'ulot so'ngida tarbiyachi bolalarning malaka va ko'nikmalarini, ularning mashg'ulotga munosabatlarini, qiziqishlarini pedagogik jihatdan baholaydi.
|
| |