• Ota-onalar qo’mitasi.
  • Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashqil etish




    Download 450,5 Kb.
    bet72/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashqil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashqil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o’zgartirib turiladi.
    Pedagogik bilimlarni targ’ib qilish bo’yicha tashqil etiladigan ko’rgazmalar ko’pincha ota-onalar konferentsiyalari, majlislari, konsulьtatsiyalar oldidan tashqil etiladi. Unda xalq ta’lim to’g’risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o’sishini ko’rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bolalar xayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o’yinchoqlar, bolalarning ishlari o’rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko’rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga aloxida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to’g’risidagi filьmlar namoyish etiladi, bular ko’pincha ota-onalarni qiziqtiradigan baxslar boshlanishiga sababchi bo’ladi.
    Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashqil etilishi xam maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muxim o’rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg’ulotlari, mexnat, o’yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o’larining qanday tutushlari va shunga o’xshashlar ko’satiladi.
    Ota-onalar qo’mitasi. Ota-onalar qo’mitasi «Maktabgacha ta’lim tashkilotining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun to’ziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo’mitaga xar bir yosh gurux ota-onalaridan 1-2 vaqil saylanadi. Qo’mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii tashkilotining xo’jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo’mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o’tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko’maqlashishdir.
    Ota-onalar qo’mitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo’yicha ular bilan ish olib boradi. Qo’mita a’zolari xar ikki oyda bir marta yig’ilish o’tkazadi. Ota-onalar qo’mitasi mudiraning ish rejalari va ishning axvoli to’g’risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar xaqidagi ma’ro’za va xisobotni eshitishga xaqlidir.
    Ota-onalar qo’mitasining faoliyati xaqidagi xujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotida saqlanadi.

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashqil etish

    Download 450,5 Kb.