|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 75/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniShavkat Mirziyoev
Maktabgacha ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi bilan uni boshqaruv mexanizmi ham takomillashtirildi. Ya’ni, respublikamizda 2017 yilgacha ta’lim tizimini boshkaruvchi 2 ta vazirlik, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida faoliyat olib borgan.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi3 va O‘zbekiston Respublikasi tarixida birinchi marta maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha mustaqil organ yaratildi. Bunday vazirlik dunyoning boshka biror mamlakatida mavjud emas. Quidagilar vazirlikning vakolatlari etib belgilandi:
maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga turli imtiyozlar berish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning muqobil shakllarini amaliyotga joriy etish;
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, nodavlat sektoriga joriy etish;
milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshirish;
maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash;
Mazkur vazifalarni bajarishda ta’lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash talab etiladi.
|
| |