• Mavzu yuzasidan savollar
  • Axoli o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib qilish




    Download 450,5 Kb.
    bet73/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Axoli o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib qilish.Pedagogik bilimlarni targ’ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalash printsiplarini ongli ravishda anglab oldilar.
    Korxonalarda, xo’jaliklarda, jamoa joylarida, maxallalarda oilada bola tarbiyasi to’g’risida ma’ro’zalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik targ’ibot ishining keng vositalaridandir. SHuningdek, bu targ’ibot vaqtli matbuot: «Maktabgacha ta’lim», «Halq ta’limi», «Pedagogik ta’lim», jurnallari, ko’p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali xam amalga oshiriladi.
    Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to’g’risida ma’ro’zalar o’qish, bolalar tarbiyasi to’g’risida kinofilьm va spektaqllar namoyish qilish.
    Bu mashg’ulotlarni xar xil soxalar bo’yicha yuqori malakali o’qituvchi, aktyor, ruxshunos mutaxassislar olib boradilar.
    Pedagogik targ’ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:
    1. pedagogik targ’ib xayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog’lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ’ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni xar tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo’llari, ilmiy asoslangan usullari bo’yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
    2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo’l qo’yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo’llari to’g’risida targ’ibot ishlarini olib boriladi.
    3. Pedagogik targ’ibotga Tayyorlashda ota-onalar xar xil saviyada ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko’rgazmali va ularning xis tuyg’usiga ta’sir ko’rsatadigan bo’lishi kerak.
    SHunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan xamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o’rtasidagi birlik o’rnatilishi mumkin.
    Mavzu yuzasidan savollar

    1. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni nimalardan iborat?


    2.Axoli o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib qilishning ahamiyati ?
    3.Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etish tartiblari nimlardan iborat?
    4. Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashkil etish ishlari qanday amalga oshiriladi?.
    5.Ota-onalar majlisi qachon o’tqiziladi va qanday masalalar ko’riladi?



    Download 450,5 Kb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axoli o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib qilish

    Download 450,5 Kb.