1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja




Download 450,5 Kb.
bet74/99
Sana27.05.2024
Hajmi450,5 Kb.
#255115
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Bog'liq
Jami ma\'ruza matni

44 Mavzu: Kompetentlik Tarbiyachi kompetentsiyasi

Reja:
1.Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rni.


2.Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to’g’risidagi fikrlari.
3.Tarbiyachi kompetentsiyasi
Maktabgacha yosh tug‘ilgandan boshlang‘ich ta’lim olishgacha bo‘lgan yosh davri, ya’ni 0 yoshdan 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirib, boshlang‘ich ta’limda muvaffaqiyatli o‘qishini davom ettirishga ko‘maklashadi.
Maktabgacha ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayondir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi zimmasiga bir qator vazifalar yuklatiladi:
- bolaning maktabgacha ta’lim olishini ta’minlash;
- bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlash;
- bolalar uchun qulay muhit yaratish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun zamonaviy inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olishini ta’minlash;
- bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, xalq an’analari va urf-odatlariga hurmat, o‘ziga va atrofdagilarga ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalash;
- bola shaxsini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
- boshlang‘ich ta’lim olishga tayyorlash, ijtimoiy moslashuvini ta’minlash;
- bolani har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash va ta’lim olishini ta’minlashda oilaga ko‘maklashadi va ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish.
Mamlakatimizda bolaning jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, ota-onasining xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim olishi kafolatlanadi.
Respublikamizda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘la qamrab olish va sifatli maktabgacha ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalar ham inklyuziv ta’lim olishi mumkin. Inklyuziv ta’lim deganda imkoniyati cheklangan bolalar bilan sog‘lom bolalarning birgalikda ta’lim va tarbiya olishi jarayoni tushuniladi.
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning ba’zilari bolalar bog‘chasiga boradi, ba’zilari esa bormaydi. Ular uyda tarbiyalanadilar. Lekin maktabga 1-sinfga kelganida bog‘chaga borgan bolalar bilan bog‘chaga bormagan bolalar birga o‘qitiladi. Ana shu paytda Prezident Shavkat Mirziyoev aytganlaridek: “Bog‘chaga borgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani o‘rtasida juda katta farq bor”ligi yaqqol bilinadi. Chunki, bog‘chaga borgan bola bilan bormagan bola o‘rtasidagi farq uning jismoniy rivojlanishida, intellektual salohiyatida, maktab ta’limiga moslashishida, ijtimoiylashuvida, o‘zini tutishi va o‘rtoqlariga munosabatida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun Davlatimiz rahbari hamma bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga borishi, maktabda o‘qishga tayyorlanishi zarur ekanligini ta’kidlab, “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz, - deb ishonch bildirdi2.
Chunki, uzoq vaqt mobaynida maktabgacha ta’lim muassasalarining holati yaxshi bo‘lmagan, bolalar bog‘chalariga yetarli e’tibor karatilmagan. Doimiy ishlaydigan va mavsumiy bog‘chalar bo‘lgan. Mavsumiy bog‘chalar dala shiyponlarida tashkil etilib, onalar qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarayotgan vaqtda enaga bolalariga qarab turgan.
Doimiy bog‘chalar ham ota-onalari ishga ketganda bolalarga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgan edi. Oxirgi 20 yil ichida respublikamizda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yangi binolar qurilmadi.
2016 yilning 29 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinib, maktabgacha ta’lim tizimini bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chikildi. Bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun sharoitlar yaratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mus’hkamlash, o‘quv-metodik ta’minotni yaxshilash, bolalarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, tarbiyachi-pedagoglarning mehnatini rag‘batlantirishning samarli mexanizmi ishlab chiqildi.

“Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik.
Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim.

Download 450,5 Kb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Download 450,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja

Download 450,5 Kb.