|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 78/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni1.4.Tarbiyachi kompetentsiyasi
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
«Kompetensiya» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo‘lgan» kabi ma’nolarni bildiradi. Demak, biror bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali faoliyat olib borish uchun mos bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi.
Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlar nazarda tutiladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli yondoshuvning paydo bo‘lishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» tushnchalari 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlarida paydo bo‘ldi va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.
Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq.
B.D.Elkoninning fikricha: “Kompetentlik-bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish demakdir. O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini ham har tomonlama chuqur bilish demakdir.
Kompetensiya o‘z xarakteriga ko‘ra uch turga bo‘linadi.
Kasbiy faoliyatni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
kompetentlikning asosiy elementlari Davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topgan. Rahbar va pedagog xodimlari bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatlarni, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi tilni o‘zlashtirish, jamoada ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishni bilishni o‘z ichiga oladi.
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965 yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma’nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «uquv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta’lim islohotlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuv e’tirof etildi.
|
| |