|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 86/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar
1 Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda qanday talablarga amal qilinadi?
2.Mashg’ulot turlari va tuzilishini izohlab bering?
3 Mashg’ulotning tuzilishida nimalarga ahamiyat beriladi?
4.Mashg'ulot so'ngida tarbiyachi bolalarning malaka va ko'nikmalarini, qanday baholaydi?
5.Bolalar hayotini tashkil etishda qanday talablar amalga oshiriladi?
46 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
REJA:
1.MTTda Innovatsiyon texnologiyalardan foydalanish
2.Mashg’ulorlarda “Pedagogik texnologiya”larni qo’llash
3.“Rolli o`yin” metodining qo’llanishi
Yangilik: g’oya, aniq bir shaxs uchun yangilik, vosita (yangi metod).
Innovatsiya: yangilanish, o’zgarish; biror-bir yangilikni kiritish; yangilikni o’zlashtirish jarayoni.Innovatsiya (inglizcha Innovation - yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritishMilliy ta’lim ravnaqini ta’lim-tarbiya amaliyotiga samarali va tejamli, yangi shakl, vositalarni qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi pedagogik texnologiyalar taminlaydi. Maktabgacha tarbiya yangi pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanish ta’limni tarbiyaga bog’lash, har ikkisini tuzilishi va mazmun jihatdan yaxlitlashtirishga, tarbiyalanuvchi faolyatini uyushtirishga, mustaqil fikrlashga yo’llash uchun qulay sharoit yaratadi. Demak, pedagogik innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalar, metodlar, texnik vositalar , usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim tarbiyachi yoki tarbiyachi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash tarbiyalanuvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Shuning ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga kattalar tomonidan ko’rsatilgan munosabat pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatidir.
Mashg’ulotlar orqali samarali natijaga erishish ilg’or innovatsion texnologiyalarni qo’llash bilan yuzaga keladi. Demak, pedagogik texnologiya ta’limga tizimli yondashuv asosida tadbiq etiladi.
Ushbu tizimda:
Tarbiyalanuvchining yoshi, ruhiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi va boshqalar etiborga olinadi.
Ta’lim-tarbiyaning maqasadi, yo’nalishi, mazmuni, shakllari usullari.
Ta’lim-tarbiya jarayoni.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta’riflarni va uning muham belgilari, xususiyatlarini quyida umumlashtirilgan holda keltiramiz.
Yunesko tashkiloti ma’qullagan ta’rif: “Pedagogik texnologiya”- bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o`zaro ta’sirini inobatga olib, o`qitish va bilim o`zlashtirishning barcha jarayonilarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodidir”.
Pedagogik texnologiya-ta’lim-tarbiyadan ko`zlangan maqsadga erishish uchun o`quv jarayonida qo`llanilanidigan usullar va vositalar majmuidir.
Pedagogik texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarining faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonnyng pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo`lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:
ta’lim-tarbiya berish;
axborotlarni avloddan-avlodga o`zatish;
mustaqil fikrlashga o`rgatish;
bilim, ko`nikma va malakalarni o`rgatish va o`zlashtirilishiga erishish;
turli metodikalarni qo`llash va takomillashtirish;
diagnostika, monitoring olib borish;
insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
bolaning tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigienik talablarni hisobga olish;
ta’lim menejmenti, marketingi talablari va xulosalarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.
“Rolli o`yin” metodining tuzilmasi
“Rolli o`yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ta’lim beruvchi mavzu bo`yicha o`yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o`yin stsenariysini ishlab chiqadi.
O`yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
O`yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.
Ta’lim oluvchilar o`z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni ko`zatib turadilar.
O`yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo`lgan ta’lim oluvchilar o`z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o`yinga xulosa qilinadi.
Ushbu metodni qo`llash uchun senariy ta’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham senariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Senariy maxsus fan bo`yicha o`tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yo`z beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o`yin kurinishidan so`ng o`z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.Innovatsion pedagogik texnologiyalarni yaratish va o`zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo`li bilan ilm-fanning ta'lim amaliyoti bilan integratsiyasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.Tarbiyachining bu jarayon tashkilotchisi, rahbari, ijodkor sifatidagi faolyati asosini uning bilimi va mahoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolalarning qiziqish va intiluvchanligiga ta’sir ko’rsatish, bolani eng ko’p darajada faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo’llab, kafolatlangan samaralarga erishish qobilyatini tashkil etadi.Innovatsion texnologiyalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida -o’yin, mashg’ulot, sayr davomida qo’llash yaxshi samara beradi.Biz hozir innovatsion texnologiyalarni o’yin va mashg’ulot davomida qo’llash usulini ko’rib chiqamiz.Ma’lumki, o’yin faolyati bolalar faollyatining mazmunini tashkil etish bilan birga, ularni atrofni, qolaversa , barcha yaqinlarini ko’rishga yordam beradi, kelgusi o’quv faolyatiga ruhan, aqlan tayyorlab boradi.Ayni paytda, o’yin bola uchun ermak, quvonch manbayi hamdir. Bolaning diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini hamda dunyoqarashini shakllantirishga, o’stirishga xizmat qiladigan vositadir. Bu jihatlar bolaning hayotida muhim o’rin tutadi. Kichkintoylarda o’yinga o’lgan qiziqish shu darajadaki, ba’zi bolalar faqat o’yin bilan band bo’lgisi keladi. Keling birga o’ynaylik “Dadajon, onajon o’yinchoq olib bering” kabi iltijolarni ko’p eshitamiz. Hamma ishimizni bir daqiqa nariga surib, charchog’imiz tashvishlarimizga qaramay: “ Bo’pti qaysi o’yinni o’ynaymiz” desak bormi, bir onda biz yo’lovchi, xaydovchi, o’quvchi, ochko’z bo’ri, qo’rqoq quyon, ukolli doktor va boshqa personajlarga aylanib ularning quvonchlariga sabab bo’lamiz. Bola bilan o’ynab kelar ekanmiz, biz ham oldimizga maqsad qo’yib olishimiz kerak. O’yin davomida biz ularning xohishi istagi bo’yicha harakat qilishimiz, bizning shu paytdagi asosiy ishimiz bolaning aytganlarini bajarib, uni xushnud qilish, vaqtini chog’lash va shu asosda muayyam ko’zlagan maqsadimizni amalga oshirish, bolani ma’lum maqsadga yo’naltirishdir. Masalan, biz bola idrokini rivojlantirishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’yishimiz mumkin. Idrokni o’stirishga qaratilgan o’yinlar bolalarga narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko’ra tahlil qilish malakasini shakllantiradi. Shunday qilib bolalar bilan quvnoq o’yin –musobaqa uyushtiriladi. Kim o’z qo’lidagi shaklni pol yoki stolga o’rnatilgan o’yinchoq darvozadan tezroq dumalatib o’tkaza oladi. Dumalatish uchun sharcha yoki kubni taklif etamiz. Avvaliga bolalar uchun darvozaga nimani dumalatib kiritishni farqi bo’lmas, lekin bir necha urunishdan so’ng u sharchani ushlagan odam yutayotganligini tushunib yetadi. Shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi.Xuddi shu paytda:
-Nega aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisan deb so’araymiz. Unga hatti-harakatlarini asoslashga, xulosa chiqarishga yordamlashamiz. Sharcha dumalaydi, kubik dumalamay to’xtab qoladi.Bola etiborini kubikdagi o’tkir qirralarga qaratamiz.Sharning tekisligini, qirralari yo’qligini ko’rsatamiz.Rasmda oddiygina doira va to’rtburchak shakl namoyon bo’ladi. Bolalarga shar, kubik rasmini chizishga taklif etamiz.Xulosa qilib aytish mumkinki, bu o’yinlar orqali bolalarga mantiqiy fikirlashni, diqqatni jamlshni, sezgini, bir narsani tezda idrok etishni, umumlashtirishni, chaqqonlikni rivohlantirish mumkin. Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun davlat talablari asosida tarbiyachilar, tarbiyachilar shaxsini har tomonlama mukammal bo’lishini talab etadi.Yangilanayotgan maktabgacha ta’limda davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talab ta’lim sohasi bo’yicha o’zaro muvofiqlik va muttanosiblik to’la taminlash lozim. Shu jihatdan maktabgacha ta’lim davlat talablarini belgilashda shuni hisobga olish lozim.
|
| |