Tarbiyachi qanday tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur?




Download 450,5 Kb.
bet88/99
Sana27.05.2024
Hajmi450,5 Kb.
#255115
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Bog'liq
Jami ma\'ruza matni

Tarbiyachi qanday tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur?

G‘oyaviy-siyosiy bilim



Insonparvarlik

Tashkilotchilik



Yangiliklarni tez qabul qilish



Halollik

Keng dunyoqarash



Adolatlilik

Mehnatga ijodiy munosabat

Mukammal bilim



Tashabbuskorliк



Qobiliyat

Kasbiy refleksiya



Kreativ tafakkur

Kommunikativlilik

Yuqori imij

Ko’pgina pedagog-tarbiyachilar o’zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini etarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.


Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo’sh, ular o’zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o’rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o’zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo’lganingiz yoki bo’lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash ta’lim oluvchilardan o’quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda ta’lim oluvchi echimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri echimda to’xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “ta’lim oluvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.




Download 450,5 Kb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Download 450,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiyachi qanday tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur?

Download 450,5 Kb.