|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 96/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matni2.Inklyuziv ta’lim tamoyillari
UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
UNICEF Xalq ta’limi vazirligining defektolog va psixologlarning inklyuziv ta’limdagi roli to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashdi;
UNICEFning ko‘magi inklyuziv ta’lim bo‘yicha 5 yillik ish rejasi ta’lim sohasining umumiy rejasiga kiritilishini ta’minladi.
Istiqboldagi rejalar
anlab olingan mintaqalarda inklyuziv ta’lim uslublarini tajriba sifatida joriy etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga texnik yordam ko‘rsatish;
maktabga qatnamaydigan yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarga alohida e’tibor qaratadigan viloyat bolalar rivojlanish markazlarida tegishli o‘quv dasturlarini joriy etish;
o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan va imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda bilim olishlari mumkin bo‘lishiga qaratilgan alohida dasturlarni «Speshial Olimpiks» ko‘magida O‘zbekistonda tajriba sifatida joriy etish.
5-moddaga ko‘ra, “jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”. Galina Nam mazkur moddaga sog‘ligining imkoniyatlariga qaramasdan har kim ilm olish huquqiga ega bo‘lishi uchun nogironlikni ham kiritishni taklif qiladi:“Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, nogironlik holati, yoki aks holdagi holatidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquq kafolatlanadi va to‘siqsiz ta’lim olish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yaratiladi.”Nogironligi va rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning umumta’lim maktablarida tahsil olish huquqi qonun bilan belgilanishi lozim. Agar bola yoki uning ota-onasi bu huquqdan foydalanish istagini bildirsa, maktab zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.“Qonun loyihasida inklyuziv ta’lim “teng huquqli munosobatlarga qaratilgan"ligi ko‘rsatilgan — bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’rif, chunki inklyuziya teng huquq emas, balki teng imkoniyat to‘g‘risida so‘z yuritadi. Inklyuziya huquq to‘g‘risida emas, imkoniyatlar to‘g‘risidagi tushunchalarga asoslangan. Bu yerda katta farq mavjud. Haq-huquq hammadaku bir xil, biroq imkoniyatlarimiz bir xil emas. Inklyuziya hamma uchun teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishiga qaratilgan”, — deb ta’kidlaydi Oybek Isoqov.2009 yil O‘zbekiston imzolagan va bugungi kungacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 24-moddasi nogironligi bor insonlarning ta’lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqni kamsitishsiz hamda teng imkoniyatlar asosida hayotga tatbiq qilish uchun ishtirokchi davlatlarga barcha darajadagi inklyuziv ta’lim va hayoti davomida uzluksiz o‘qishni ta’minlash majburiyatini yuklatadi.Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim.“O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi”, — deya tushuntiradi Galina Nam.“Inklyuziv ta’lim olishning belgilangan huquqi yo‘qligi sababli ota-onalar faqatgina Konstitutsiya moddasidan foydalanishga majbur. Biz uzoq vaqt ish olib borgan ota-onalarga farzandlari oddiy maktabda o‘qishi uchun va ular faqat o‘zlarining huquqlarini bilishlari hamda sabr-toqat bilan qurollanishlari kerakligini qat’iy uqtirdik. “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririda esa aksincha, bizning huquqlarimizni qisqartirishdi, shunday qisqartirishdiki, “vakolatli organlar” siz uchun hammasini hal qildiInklyuziv ta’lim nafaqat nogironligi bor bolalarga, balki barcha yoshdagi nogironligi bo‘lgan insonlarga ham tegishli bo‘lishi kerak.“Qonun loyihasida faqat bolalar haqida so‘z boradi, biz esa kattalarning ham umri davomida uzluksiz ta’lim olish huquqi to‘g‘risida gapiryapmiz. Misol uchun, agar hozir men ham inklyuziv ta’lim olish istagini bildirsam, bu qonun men uchun ham o‘z kuchida qolishi kerak”, — dedi Oybek Isoqov.Inklyuziv ta’lim maktabgacha, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari va oliy ta’limdan keyingi barcha darajalarda sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga, shuningdek, ularning maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining turliligiga qaratilgan bo‘lishi zarur.Masalan, 2018 yilda I va II guruh nogironlari uchun ikki foizli kvota joriy qilinganidan so‘ng, inklyuziv oliy ta’lim masalasi negizida nogiron talabalar uchun universitetlarning o‘quv binolari va yotoqxonalari, eshitish qobiliyati cheklangan talabalar uchun imo-ishora tili tarjimonlari, mahsus Brayl yozuvidagi o‘quv qo‘llanmalarining yo‘qligi, ko‘rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun mahsus o‘quv qo‘llanmalar va boshqa oqilona qo‘layliklar yo‘qligi muammosi dolzarblik kasb qildi.
|
| |