Bola huquqlarining himoya qilinishi, uning rivojlanish tendensiyalari va huquqiy asoslarining mustahkamlanishi




Download 450,5 Kb.
bet93/99
Sana27.05.2024
Hajmi450,5 Kb.
#255115
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Bog'liq
Jami ma\'ruza matni

Bola huquqlarining himoya qilinishi, uning rivojlanish tendensiyalari va huquqiy asoslarining mustahkamlanishi
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiya­viy nazoratni kuchaytirishimiz zarur. Bu esa, pirovard natijada, inson hu­quq va erkinliklarini, uning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulkining daxl­siz­ligini saqlash, fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim olish, tibbiy yor­damdan foydalanish kabi eng asosiy huquqlarini to‘la ta’minlash imkonini beradi.
Inson huquqlari tushunchasi konstitutsiyaviy va xalqaro huquqda o‘z ifo­dasini topgan bo‘lib, uning maqsadi davlat organlari tomonidan hokimiyatning suiste’mol qilinishiga qarshi kurashish, inson huquqlarini hi­moya qilish, shu bilan birga, shaxsning har tomonlama rivojlanishiga insti­tutsiyaviy vositalar bilan ko‘maklashishdan iborat.
Inson huquqlari:
universal bo‘lib, har qanday holatda barchaga tegishlidir;
tabiiy bo‘lib, tug‘ilganidanoq inson bo‘lgani uchun ularga tegishlidir;
ajralmas bo‘lib, bu huquqlardan o‘zboshimchalik bilan mahrum qilish mumkin emas8.
“Bola huquqlarini himoya qilish” tushunchasi turli vaziyatlarda turli tashkilotlar tomonidan har xil ma’noda qo‘llaniladi. Bola huquqlarini himoya qilishning eng sodda ko‘rinishi har bir bolaning o‘ziga yetkaziladigan ziyondan himoya qilinish huquqiga aloqador masalalarni atroflicha muhokama qilishdan iboratdir. Bola huquqlarini himoya qilish ularning salomat­li­gini saqlash, rivojlanishi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.Bola huquqlarini himoya qilish keng qamrovli bo‘lib, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Ular orasida maktablarda kuzatiladigan zo‘ravonlik ham alohida e’tiborni jalb qiladi. Zero, bola huquqlarining buzilishi inson huquqlarining buzilishi bo‘lib, bolalarning salomatligi va rivojlanishiga qarshi qaratilgan har qanday holat­larga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda bola huquqlari va erkinliklarining ta’­minlanishida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida ilk marotaba “bola (bolalar)” tushunchasiga ta’rif beril­di: “Bo­la (bolalar) – o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar)dir”. Bolaga berilgan ushbu ta’rif juda muhim, chunki “Bola hu­quq­lari kafolati to‘g‘risida”gi Qonun kimlarni himoya qilishga qaratil­gan­ligini aniq belgilab beradi9. [49; 24–26] Bu xalqaro hujjatlar bilan mu­vo­fiq bo‘lib, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘­ra, “18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llani­ladi­gan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi” [50;14].
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvo­fiq har bir bolaning inson hamda fuqarolik huquqlari va erkinliklariga tegishli bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi



Download 450,5 Kb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Download 450,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bola huquqlarining himoya qilinishi, uning rivojlanish tendensiyalari va huquqiy asoslarining mustahkamlanishi

Download 450,5 Kb.