|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 90/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMultimedia mahsulotlari – o’zida AKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o’quv materialini tinglovchilarga etkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar
Audio va video vizual materiallar – o’quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta’minlovchi materallar
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo’g’irchoq yoki o’yinchoqli ob’ekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo bo’yicha o’quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog’ozlari (oddiy yoki vatman qog’ozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi.
4.2. Pedagog-tarbiyachining ijodkorlik sifatlari. Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi.
Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs.
Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni echishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Ijod –ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi
|
| |