Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish
Tarbiyachi-pedagogning kreativ tafakkuri
Tafakkurning egiluvchanligi
Aqlning peshqadamligi
Tezlikda qaror qabul qilish
Istiqbolni ko‘rish
Qarorlarni qabul qilishdan cho‘chimaslik
Noan’anaviyligi
Nostandart qarorlar va yechimlar qabul qilishdan чўчимаслик
Prognoz qila olish kabi xususiyatlari
Ish vazifasi va sohasiga sodiqlik
Aqlning peshqadamligi-belgilangan muddatda ko‘pchilik o‘ylab ko‘rishga ulgurmaydigan muammolar bo‘yicha bir emas, balki bir necha yechimlarni ko‘rsata olish hamda ularning barchasining o‘ziga xos salbiy va ijobiy tomonlarini asoslab bera olish qobiliyati.
Tafakkurning egiluvchanligi – jamiyatda qabul qilingan va an’anaviy mavjud bo‘lgan, aslida to‘g‘ri deb o‘ylangan yo‘nalishlar va tamoyillarning zamonaviy taraqqiyot uchun javob bera olmay qolganligini anglash, yangi yo‘nalish va choralarni sezish, ularni tafakkur qila olish va shakllantira bilish, o‘z faoliyatini yangidan qura olish va masala yechimining yangi yo‘nalishlariga o‘zini safarbar eta olishdir.
Prognoz, bashorat qila olish esa - o‘z sohasi rivojidagi istiqbol o‘zgarishlar mohiyati, kelib chiqish sabablari va yuzaga kelish muddatlarini tafakkur tahlili orqali oldindan anglash tafakkuri hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligining ko‘tarilishi va pasayishi, konyuktura, yoki bozorning o‘zgarishi hamda mazkur o‘zgarishlarning sohaga bo‘lgan ta’siri, narxlarning ko‘tarilishi va pasayishi v.b.
Tarbiyachi pedagog doim mas’uliyatni his qilishi lozim. Uning kreativ tafakkuridagi aqlning peshqadamligi va egiluvchanligini maxsus abstrakt mashqlar va bilimlar asosida tarbiyalash mumkin . Kreativ tafakkur maqsadga yo‘naltirilgan, ammo shu vaqtgacha ma’lum bo‘lmagan va an’anaviy tarzda tajribaga kiritilmagan batamom yangi usul, yo‘l, vositalarning tanlanishi va ishlab chiqilishini anglatadi.
|