• Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qanday tashkil etiladi.
  • Davlat xususiy-sherikchilik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi




    Download 450,5 Kb.
    bet67/99
    Sana27.05.2024
    Hajmi450,5 Kb.
    #255115
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
    Bog'liq
    Jami ma\'ruza matni

    Davlat xususiy-sherikchilik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
    1. Maktabgacha ta’lim nodavlat tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish.
    2. Maktabgacha ta’lim nodavlat tashkilotlari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish.
    3. Mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan maktabgacha ta’lim nodavlat tashkilotlari ob’ektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish.
    4. Konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish.
    5. Bo‘sh yotgan davlat mulki ob’ektlarini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini “nul” xarid qiymatida sotish.
    6. To‘liq butlanmay qolgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish.
    7. Xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan maktabgacha ta’lim nodavlat tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash.
    8. Oilaviy maktabgacha ta’lim nodavlat tashkilotlarini moddiy-texnik va metodik ta’minlash.
    9. Otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish.
    Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qanday tashkil etiladi. Bunday maktabgacha ta’lim tashkilotlarni tashkil etish tartibi kuyidagicha;
    1. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish istagini bildirgan xususiy sherik davlat sherigiga tegishli ariza beradi.
    2. Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
    yuridik shaxslar uchun - xususiy sherikning nomi va joylashgan yeri, jismoniy shaxslar uchun - shaxsiy ma’lumotlar va yashash manzili;
    loyihani amalga oshirish maqsadi;
    bitimning taxmin qilingan ob’ekti yoki yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    3. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelib tushgan ariza u kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida davlat sherigi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.

    Xususiy - davlat-xususiy sheriklik, mexanizmlarini rivojlantirish va amaliyotga joriy qilindi.

    4. Kelib tushgan ariza ko‘rib chiqilgach hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda Davlat raqobat qo‘mitasining ijobiy xulosalari olingach, davlat sherigi tanlovni e’lon qiladi. Tanlov yakunlari buyicha golib chikkan tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsi tashkil etiladi.


    Hududiy hokimliklar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi uch tomonlama bitimlar tuzilgan holda bo‘sh turgan yer uchastkalari va bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini bepul asosda tadbirkorlik sub’ektlariga beradi.
    Davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda eng muhim muammo – sarmoya topish hisoblanadi. Shuning uchun tijorat banklari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga har tomonlama ko‘maklashish maksadida kredit mablag‘lari ajratiladi.2018 yilda markaziy shaharlar va viloyatlar markazlarida tajriba tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etila boshlandi.
    Davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirishning dastlabki bosqichidayoq axborot-kommunikativ va zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida mashgulotlar olib boriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoniga samarli metodlarni tatbiq etish maqsadida xalqaro tashkilotlar va chet eldagi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik rivojlantiriladi.
    Ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan imtiyozlar berildi. Jumladan:

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tabdirkorlarga 5 yil davomida investitsiya shartlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda binolarning berilishi,

    • xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to‘lovning 50 foizi davlat byudjeti hisobidan to‘lanishi,

    • bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash uchun har bir maktabgacha ta’lim tashkilotsiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi,

    • bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasining tashkil etilishi;

    • “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi belgilandi.

    Natijada iqtidorli bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratildi, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an’anaviy ta’lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta’lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozori rivojlantirildi, ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha ta’lim sohasidagi samaradorlikka erishildi.
    Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar ham tashkil etiladi. Qisqa muddatli guruxlarda bolalar 3-4 soat davomida boshlang‘ich ta’lim olishga tayyorlanadi. Ota-onalarning hoxish va istaklaridan kelib chikib, bolalar bog‘chalarining ish vaqti turlicha belgilangan: 4,5 soatlik, 9 soatlik, 10,5 soatlik. Xar bir ota-ona farzandigini hoxlagan guruhga berishi mumkin.

    Download 450,5 Kb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




    Download 450,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat xususiy-sherikchilik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi

    Download 450,5 Kb.